Zonal hudud
Zonal hudud – tabiiy geografik rayonlashtirishdagi taksonomik birlik. Zonal hudud geografik zonaning o`lka doirasidagi qismini o`z ichiga oladi. Chunonchi, shimoliy mintaqaning tayga zonasi, Rossiya tekisligi taygasi, G`arbiy Sibir taygasi, O`rta Sibir taygasi, Shimoli- Sharqiy Sibir taygasi kabi zonal hududlarga bo`linishi mumkin.