ZOND

ZOND (Fransuzcha zonde — sezish asbobi) — odamning tabiiy yoki patologik kanallariga va gavda bo’shliqlariga diagnostika hamda davolash maqsadida kiritiladigan tibbiy asbob. Po’lat, kumush, rezina va boshqalardan yasaladi. Nima maqsadda qo’llanishiga qarab me’da zondi, duodenal Zond, ko’z Zondi, tish Zondi, bachadon Zondi, ichak Zondi bo’ladi.

“ZOND” — kosmik fazoni o’rganish va uzoq komsik masofalarga parvoz qilish texnikasini takomillashtirish maqsadida uchirilgan sayyoralararo avtomatik stansiyalar (sas) nomi. Astroorientatsiya tizimi va korrektsiya (tuzatish kiritish) dvigatel qurilmasi bilan ta’minlangan. Bort apparatlari Quyosh energiyasi yordamida ishlaydi. Kema ichida temperatura va bosim avtomatik tarzda bir xil ushlab turiladi. Og’irligi 960 kilogrammcha. 1966 yil 2 apreldan 1970 yil 20 oktabrgacha 8 “Zond” uchirilgan. “Zond” larni uchirish natijasida yer — Mars orasidagi kosmik fazo o’rganildi, sifatli fotosuratlar yordamida oyning teskari tomoni relefi o’rganildi, uning to’liq xaritasini tuzish va oy globusini yasashga imkon tug’ildi. Yerga qo’ndirish sistemasi sinaldi, oy va yerning fotosuratlari olindi va hokazolar.