ZOOSPORALAR
ZOOSPORALAR (Zoo… va Yunoncha spora — urug’) — ko’pchilik suv o’tlari va tuban zamburug’larning jinssiz ko’payishi va tarqalishi vazifasini bajaruvchi harakatchan hujayrasi. Zoosporalar xivchinlar yordamida harakatlanadi. Xivchinlar soni har xil turlarda turlicha (ko’pincha 2, ba’zan 4 yoki ko’proq) bo’ladi. Zoosporalarda tsellyuloza qobig’i bo’lmaydi. Ko’pchilik suv o’tlari Zoosporalarsining ko’zchasi, qisqaruvchi vakuoli va ko’gtincha xromatoforlari bo’ladi. Zoosporalar ona hujayradan bo’linish orqali ko’payadi. Ona hujayra po’sti yorilgach, tashqariga chiqadi va suzib yuradi. Bir ozdan so’ng Zoosporalar harakatdan to’xtaydi; xivchinini tashlab, yangi o’simlik yoki zamburug’ga aylanadi.