ZOVUR

ZOVUR — yer osti va sizot suvlari sathini pasaytirish, to’qayzor va zax yerlarni quritish maqsadlarida zax suvlarni chiqarib tashlash uchun kazilgan ariq yoki kanal. Kollektor va drenajning melioratsiya inshootlari bilan jihozlanmagan ibtidoiy shakli. O’rta Osiyo dehqonchiligida Zovur miloddan avvalgi 2—1-ming yilliklarda qurila boshlangan.