ZULFIN
ZULFIN — zanjirli ilmoq; darvoza, eshik, sandiq kabilarda qulf osish uchun mo’ljallangan halqasimon moslama. Temir va misdan kallakli va dumli qilib ishlanadi. Dumi kesakiga qoqiladi. Eshik, darvoza, sandiqni qulflashda Zulfin kallagiga zanjir ilinib, ustidan qulf uriladi.