ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI
ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI — O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofotlaridan biri. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida” 1999 yil 10 iyundagi farmoniga binoan ta’sis qilingan. Maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida a’lo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida iste’dodini namoyon qilib ta’lim olayotgan, istiqlol g’oyalarini amalga oshirish yo’lida astoydil mehnat qilayotgan 25 yoshgacha bo’lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi alohida yutuklari uchun beriladi. Mukofot Qoraqalpog’i-ston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bittadan vakillariga jami 14 ta beriladi. Mukofotning har biri eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida tayinlangan. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari bo’lgan maktab, litsey, kollej o’quvchilari tanlagan yo’nalishlari bo’yicha oliy o’quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi, ularga ko’krak nishoni va diplomi topshiriladi. Mukofot O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mitasining raisi rahbarlik qiladigan komissiya xulosalari asosida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan har yili 8 mart — xotin-qizlar kuni bayrami arafasida beriladi. Zulfiqor (Arabcha — teshib o’tuvchi, o’tkir) — Muhammad (as) ning ikki uchli qilichi. Badr jangida qo’lga tushirgan. Arabistonda mashhur qilich bo’lgan. U Muhammad (as) dan oldin makkalik Munabbih ibn Hajjojga tegishli edi. Muhammad (as) vafotidan keyin hazrat Aliga, so’ngra esa xalifalarga o’tgan. Islom an’anasida Zulfiya sehrli deb hisoblanadi. Xususan u uzayishi yoki qisqarishi mumkin edi.