ZULKIFL
ZULKIFL — Qur’onda nomi zikr etilgan payg’ambarlardan biri. Asl ismi Bishr. Ayyub (as) ning o’g’li. Qaysi qavmga payg’ambar etib yuborilgani haqida Qur’onda aniq oyat yo’q. Lekin ba’zi rivoyatlarda rumliklar iymon keltirib unga ergashganliklari naql etiladi. Bu qavm Zulkifldan uzoq umr ko’rishni Allohdan so’rashni iltimos qilgan, Parvardigor Zulkiflning duosini qabul etib, ular “o’zlari hohlamaguncha o’lmaslar, bunga sen ham kafil bo’lgin” degan vahiy keladi. Bishr o’z qavmiga bu bashoratni yetkazdi. Iloxiy vahiyga o’zi kafil bo’ldi. Shu sababli uni Zulkifl (kafolat sohibi) deb atay boshlaganlar. Iroqda al-xilla yaqinida odamlar Zulkiflning qabri deb hisoblaydigan ziyoratgoh bor. Boshqa joylarda ham Zulkifl maqbarasi mavjudligi, jumladan u Termiz yaqinida dafn etilganligi haqida rivoyat qiladilar.