ZUNNUNOV ASQAR
ZUNNUNOV ASQAR (1915.17.1, Toshkent) — pedagog-metodist olim, pedagogika fanlari Doktori (1975), professor (1978). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi (1968). Toshkent kechki pedagogika institutining Filologiya fakultetini tugatgan (1943). 1933 yildan Toshkent shahri, Toshkent va Farg’ona viloyatlari maktablarida o’qituvchi, ilmiy mudir, direktor, Shahrisabz tuman xalq maorifi bo’limi mudiri. 1961 yildan O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, bo’lim mudiri, ilmiy kotib, director o’rinbosari, direktor, 1994 yildan bo’lim mudiri. Zunnunov maktablarda o’zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi, milliy pedagogika tarixini o’rganishga doir 30 dan ortiq darslik hamda qo’llanmalar muallifi. “Pedagogika tarixi” dareligi hammuallifi. “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (1998).