10 fevral kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT — Butunjahon dukkakli ekinlar kuni.
🇺🇳 Xalqaro Arab Leopardi kuni.
🌏 Butunjahon kino kuni.
🌏 Dazmolning tug‘ilgan kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh — Milliy soyabon kuni.
🇪🇷 Eritreya — Fenkil kuni.
🇷🇺 Rossiya — Aleksandr Pushkin xotirasi kuni.
🇨🇳 Xitoy — Xitoy yangi yili.
🇮🇶 Iroq — Kurd yozuvchilari kuni.
🇮🇹 Italiya — Foyba qurbonlari xotirasi kuni.
🇩🇪 Germaniya — Bolalar hospisi kuni.
🇹🇭 Tailand — Ko‘ngillilar mudofaa korpusi kuni.
🇷🇺 Rossiya — Diplomatik xodimlar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 754 — Ieri cherkov ierarxlari sobori (ikonoklastik) ochildi.
  • 1074 — Devonu Lug’atut Turk Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan tamomlandi.
  • 1258 — Xuloku boshchiligidagi moʻgʻullar Bagʻdodni bosib olib, Abbosiylar saltanatiga chek qo‘yishdi.
  • 1354 — Avliyo Sxolastika kuni talabalar va aholi o‘rtasidagi to‘qnashuv.
  • 1636 — Dazmolning tug‘ilgan kuni.
  • 1763 — Fransiya va Ispaniya o’rtasida Yetti yillik urushni nihoyasiga yetkazgan Parij shartnomasi tuzildi.
  • 1772 — Frans Jozef I fon Lixtenshteyn Lixtenshteyn knyaziga aylandi.
  • 1784 — Yekaterina II ning farmoniga binoan Qrimdagi port va qal’a Sevastopol nomini oldi.
  • 1828 — To’rtta ingliz cho’poni Tasmaniya shimolidagi Keyp Grimda 30 dan ortiq Tasmaniyalik tinch aholini o’ldirishdi.
  • 1841 — Napoleonning Olti kunlik urushi: rus qo‘shinlari korpusi tor-mor qilindi.
  • 1837 — Duelda olgan og‘ir jarohati oqibatida Pushkin vafot etdi. 
  • 1841 — “Britaniya Shimoliy Amerikasi to‘g‘risidagi Akt” rasman e’lon qilindi. Yagona Kanada provinsiyasi tuzildi.
  • 1846 — Birinchi ingliz-sikx urushi boshlandi.
  • 1906 — «Dreadnought» («Qo’rqmas») ingliz jangovar kemasi suvga tushirildi. O’z davrining eng yaxshi kemasi edi.
  • 1918 — Usmoniy podshohi sulton Abdulhamid 76 yoshda olamdan o’tdi.
  • 1920 — Putskda Polshani dengiz bilan tutashtirish marosimi boʻldi.
  • 1931 — Dehli Hindistonning poytaxtiga aylandi.
  • 1939 — Sirdaryo viloyatidagi Sirdaryo, Farg’ona viloyatidagi Dang’ara tumanlari tashkil etildi.
  • 1939 — Ispaniyada fuqarolar urushi: General Franko qo’shinlari Kataloniyani egallab, Respublikachilar Ispaniyadan Fransiya chegarasiga chiqishdan mahrum bo‘ldilar.
  • 1940 — „Tom va Jerri“ multfilmi ekranga chiqdi.
  • 1943 – umumxalq hashari yo‘li bilan Farhod GES qurilishi boshlangan.
  • 1945 — S-13 suvosti kemasi „General fon Shtoyben“ kemasini choʻktirib yubordi.
  • 1947 — Parijda Ikkinchi jahon urushida g’olib bo’lgan davlatlar va fashistlar Germaniyasining sobiq ittifoqchilari Italiya, Ruminiya, Vengriya, Bolgariya va Finlyandiya o’rtasida tinchlik shartnomalari imzolandi (1947-yil 15-sentyabrda kuchga kirgan).
  • 1962 — Sovet razvedkasi zobiti Rudolf Abelning amerikalik uchuvchi Frensis Pauer bilan almashishi.
  • 1986 — Palermoda Sitsiliya mafiyasi ustidan yirik sud jarayoni boshlandi.
  • 1992 — AQSh Harbiy havo kuchlari MDH mamlakatlariga Amerika gumanitar yordamini yetkazib berishni boshladi (“Umid ulashish” operatsiyasi).
  • 1994 — Braziliya kosmik agentligi tashkil etildi.
  • 1995 — Olmaotada MDHning oʻnta davlati MDHning havo hujumidan mudofaa qoʻshma tizimini yaratish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.
  • 1996 — Garri Kasparov va IBMDeep Blue superkompyuteri o‘rtasida birinchi shaxmat o‘yini boshlandi.
  • 1997 — “Hamshira” jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 1998 — Ozarbayjonda o‘lim jazosi bekor qilinib, umrbod qamoq jazosiga almashtirildi.
  • 1998 — Bosniya va Gersegovinaning madhiyasi qabul qilindi.
  • 2005 — KXDR Tashqi ishlar vazirligi birinchi marta mamlakatda yadro quroli yaratilganini ochiq e’lon qildi.
  • 2006 — Shohlar vodiysida sarkofagi topildi
  • 2006 — Turin shahrida (Italiya) XX qishki Olimpiya o’yinlari ochildi.
  • 2009 — Yer orbitasida butun kosmanavtika tarixida birinchi marta ikkita sun’iy yo‘ldosh to‘qnashib ketdi.
  • 2013 — Monakoda parlament saylovlari.
  • 2015 — Chapel Hillda (AQSh) talabalarning o‘ldirilishi.
  • 2015 — Donbassdagi urush paytida Kramatorskning o’qqa tutilishi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1585 — Anjelo Karoselli (1652) — italyan barokko rassomi.
  • 1696 — Iogann Melchior Molter (1765) — nemis bastakori, barokko va ilk klassik davrlarning skripkachisi.
  • 1775 — Charlz Lamb (1834) — ingliz shoiri va adabiyotshunosi, esselar ustasi.
  • 1808 — Georg Veber (1888) — nemis tarixchisi va filologi.
  • 1835 — Viktor Genzen (1924) — nemis zoologi, plankron atamasini fanga kiritgan.
  • 1869 — Jalil Mammadqulizoda (1932) — ozarbayjon yozuvchisi, dramaturgi, jurnalisti va ijtimoiy xodimi. 
  • 1881- Boris Zaytsev (1972) — rus yozuvchisi, tanqidchi va adabiyotshunos.
  • 1890 — Boris Pasternak — rus va sovet shoiri va yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1958).
  • 1897 — Jon Franklin Enders (1985) — amerikalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi (1954).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1897 — Shamsiyev Porso (1972) — navoiyshunos va matnshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1972).
  • 1898 — Brext Bertold ( 1956) — nemis yozuvchisi, rejissyor.
  • 1899 — Javdot Sunoy (1982) — Turkiyaning 1966 — 1973-yillardagi prezidenti.
  • 1902 — Uolter Bratteyn (1987) — amerikalik fizik, tranzistorni yaratganlardan biri, Nobel mukofoti sohibi (1956).
  • 1908 — Boris Zeydman (1981) — bastakor, O‘zbekiston xalq artisti.
  • 1922 — Jalilov Ikrom — huquqshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990).
  • 1923 — Chang Che — xitoylik ssenariynavis va rejissyor.
  • 1928 — Normuhammad Xudoyberdiyev (2011) — OʻzSSR Ministrlarsoveti raisi (1971-1984).
  • 1933 — Husniddin Sharipov — O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. 
  • 1938 — Jorj Vayner — sovet yozuvchisi va jurnalisti, taniqli detektivlarning muallifi.
  • 1947 — Sultonov Mo‘min — ganchkor usta, O‘zbekiston xalq ustasi (2000).
  • 1952 — Erkin Usmon — o‘zbek yozuvchisi, tarjimon.
  • 1952 — Mo‘minov Qobul — usta chilangar, O‘zbekiston qahramoni (2001). 
  • 1960 — Shayx Abdurahmon As-Sudays — Makka shahridagi Masjidul-Haromning imom xatibi, dunyodagi eng mashhur qoriylardan biri.
  • 1962 — Klifford Li Burton — amerikalik musiqachi, “Metallika” guruhining asoschilaridan.
  • 1967 — Laura Dern — amerikalik kinoaktrisa. 
  • 1974 — Elizabeth Irene Banks — amerikalik aktrisa, rejissor va produser. 
  • 1991 — Emma Rose Roberts — amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi.
  • 1997 — Xloya Greys Morets — amerikalik aktrisa va model.