12 avgust kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro yoshlar kuni.
? Butunjahon fillar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Ukraina ‐ Yoshlar kuni.
?? Filippin ‐ Milliy politsiya xizmati kuni.
?? Qirg’iziston — Jazoni ijro etish tizimi xodimlari kuni.
?? Rossiya — Harbiy havo kuchlari kuni.
?? Tailand — Qirolicha onaning tug’ilgan kuni va Onalar kuni.
?? Hindiston — Kutubxonalar kuni.

? VOQEALAR:

  • 1121 — Didgor jangi, Gruziya qirolligi qo’shinlari va saljuqiy-turk qo‘shinlari o’rtasida.
  • 1323 — Novgorod va Shvetsiya o’rtasidagi o’ttiz yillik urushdan so’ng, ular o’rtasida Orexov tinchlik sulhi tuzildi.
  • 1399 — Vorsla jangi.
  • 1499 — Zonkio jangi .
  • 1759 — Kunersdorf jangi bo’lib o’tdi.
  • 1851 — Eyzek Zinger tikuv mashinasi uchun patent oldi.
  • 1865 — Ingliz shifokori Jozef Lister birinchi marta jarrohlik asboblari va qo’llarini dezinfektsiya qilish uchun fenolni ishlatdi. Keyinchalik, bunday muolajalar natijasida operatsiyadan keyingi o’lim uch baravar kamaydi.
  • 1973 — Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasida Gandimiyon shartnomasi imzolandi.
  • 1877 — Mars yoʻldoshi — Demos kashf qilindi.
  • 1883 — Amsterdamdagi zooparkda dunyodagi oxirgi kvagga oʻlib qoldi.
  • 1898 — Gavayi orollari AQSh tomonidan anneksiya qilindi.
  • 1912 — Kanadaga qora tanlilarning immigratsiyasi bir yilga taqiqlandi.
  • 1952 — Moskvada qatl qilingan shoirlar kechasi.
  • 1953 — Semipalatinsk poligonida dunyodagi birinchi vodorod bombasi muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi.
  • 1960 — Seylonda matbuot senzurasi joriy etildi.
  • 1978 — Yaponiya va Xitoy tinchlik va do’stlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.
  • 1981 — IBM firmasi shaxsiy kompyuter ishlab chiqara boshladi.
  • 1992 — O‘zbekiston Respublikasi Janubiy Afrika Respublikasi bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi.
  • 2000 — Barens dengizida «Kursk» suvosti kemasi halokatga uchradi.
  • 2018 — NASA quyosh shamolini o’rganish uchun Quyoshning atmosferasiga Parker Quyosh zondini uchirdi.
  • 2026 — Rossiya hududida kuzatilishi mumkin bo’lgan to’liq quyosh tutilishi sodir bo’ladi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1681 — Vitus Bering (1741) — kelib chiqishi daniyalik rus dengiz sayyohi, qutb tadqiqotchichi, Bering bo’g’ozini ochgan.
  • 1801 — Jon Kedberi (1889) — ingliz tadbirkori, shokolad ishlab chiqaruvchi, Kadberi kompaniyasining asoschisi.
  • 1822 — Geynrix Lui d’Arre (1875) — Nemis astronomi, Neptun sayyorasini kashf etuvchilardan biri.
  • 1866 — Xasinto Benavente — i — Martines (1954) — Ispan dramaturgi, Nobel mukofoti sovrindori (1922).
  • 1887 — Ervin Shreddinger (1961) — avstriyalik fizik, kvant mexanikasining asoschisi, mikrozarralar harakati nazariyasini ishlab chiqqani uchun Nobel mukofoti sohibii (1933).
  • 1903 — Muhiddin Rahimov (1985) — kulol, sanʼatshunos. Oʻzbekiston xalq rassomi (1944).
  • 1924 — Muhammad Ziyo- ul-Haq (1988) — pokistonlik siyosatchi, general, Pokiston prezidenti (1978-1988).
  • 1924 — Bo‘riboy Ahmedov (2002) — manbashunos-olim, tarixchi-sharqshunos, tarix fanlari doktori  (2002).
  • 1935 — Yoʻldosh Sulaymon — bolalar shoiri, yozuvchi.
  • 1938 — Nosir Otaboyev — rejissyor, Oʻzbekiston (1983) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1999) sanʼat arbobi.
     — 1940 — Fozilbekov Adhambek (2012) — Oʻzbekiston davlat arbobi, Toshkent shahar hokimi (1990—1994).
  • 1954 — Matlyuba Alimova — sovet va o’zbek kino aktrisasi.
  • 1954 — Fransua Olland — fransuz siyosatchisi va davlat arbobi, Fransiya prezidenti (2012-2017).
  • 1971 — Pit Sampras — amerikalik tennischi, «Katta dubulg’a» ning 14 karra g’olibi.
  • 1979 — Raʼno Shodiyeva — oʻzbek kinoaktrisasi.
  • 1980 — Dominik Sueyn — «Lolita» filmida bosh rolni ijro etgan amerikalik aktrisa (1997).
  • 1983 — Meryem Uzerli — turk-nemis aktrisasi.
  • 1990 — Mario Balotelli — italiyalik futbolchi, Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori (2012).
  • 1992 — Kara Deleven — britaniyalik supermodel va kino aktrisasi.
  • 1994 — Nurxon Qurbonova — paralimpiyachi, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining kumush va bronza medali sohibi.