15 fevral kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon antropologiya kuni.
🌏 Butunjahon Begemot kuni.
🌏 Xalqaro muxlislar kuni.
🌏 Global axborotni boshqarish kuni.
🌏 ENIAC kuni (birinchi kompyuter kuni)
🌏 Xalqaro bolalar saratoni kuni.
🌏 Xalqaro Angelman kuni.
🌏 Galileo Galiley kuni.
🇪🇺 Yevropa Ittifoqida operatsiya hamshirasi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh — Syuzen Entoni kuni.
🇸🇬 Singapur — Ommaviy mudofaa kuni.
🇨🇦 Kanada — Bayroq kuni.
🇺🇦 Ukraina, 🇷🇺 Rossiya, 🇧🇾 Belarus — Baynalmilalchilarni xotirlash kuni.
🇻🇺 Vanuatu — Jon Frum kuni.
🇷🇸 Serbiya — Milliy kun.
🇦🇫 Afg‘oniston — Ozodlik kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 438 — Rim imperiyasida birinchi rasmiy qonunlar to‘plami — Feodosiy kodeksi qabul qilindi.
  • 590 — Xusrav II Fors davlati taxtiga o’tirdi.
  • 1045 — Rossiyada Sofiya ibodatxonasi qurilishi boshlandi.
  • 1565 — Rossiyada oprichnina joriy qilinishi e’lon qilindi.
  • 1786 — Uilyam Gershel “Mushuk ko‘zi” sayyoralar tumanligini kashf qildi.
  • 1798 — Napoleonning generali Lui-Aleksandr Bertyer Rim shahriga bostirib kirishi natijasida Rim respublikasi e’lon qilindi.
  • 1804 — Serbiya inqilobi boshlanadi.
  • 1820 — Elektrning magnit ta’siri borligi kashf etildi.
  • 1835 — Zamonaviy Serbiyada birinchi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.
  • 1895 — Moskvada “Gnesinlar musiqa bilim yurti” nomli Rossiyadagi birinchi bolalar musiqa maktabi ochildi.
  • 1919 — Petrogradda Katta Drama teatri ochildi.
  • 1922 — Gaagada Xalqaro sudning birinchi majlisi ochildi.
  • 1923 — Gretsiya Grigorian taqvimini qabul qilgan so’nggi Yevropa davlati bo’ldi.
  • 1933 — Mayamida Franklin Ruzveltga muvaffaqiyatsiz suiqasd uyushtirildi.
    -1942 — Yaponiya Singapurni bosib oldi.
  • 1965 — Kanada bayrog‘i tasdiqlandi.
  • 1969 — Kembridjda odamning notabiiy koʻpayish amaliyoti oʻtkazildi.
  • 1973 — Quyosh portlashlarini tadqiq qilish uchun “Prognoz-3” yo‘ldoshi uchirildi.
  • 1976 — Kubaning 1976-yilgi Konstitutsiyasi umumxalq referendumi bilan qabul qilindi.
  • 1989 — SSSR armiyasini Afgʻonistondan olib chiqish nihoyasiga yetdi.
  • 1994 — Rossiyada prezident hokimiyatining timsoli — RF prezidenti Shtandarti rasman joriy qilindi.
  • 2013 — Chelyabinskda (Rossiya) yerga meteorit tushdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1368 — Sigismund I (1437) — Vengriya va Xorvatiya qiroli (1387-yildan), Germaniya qiroli (1410-yildan), Chexiya qiroli (1419-yildan), Muqaddas Rim imperiyasi imperatori (1433-yildan)..
  • 1472 — Pero II di Lorenso de Medichi (1503) —  1492-1494 — yillarda Florensiyaning amaldagi hukmdori.
  • 1564 — Galiley Galileo (1642) — italyan fizigi, astronomi va mexanigi, eksperimental fizika asoschisi. 
  • 1710 — Lyudovik XV (1774) — Fransiya qiroli (1715-yildan), Burbonlar sulolasi vakili.
  • 1797 — Genrix Shtaynveg (1871) — fortepiano yasovchi avstriyalik va amerikalik usta, Steinway&Sons firmasi asoschisi.
  • 1820 — Syuzen Entoni (1906) — amerikalik ayollar huquqlari uchun kurashchi.
  • 1845 — Eliu Rut (1937) — amerikalik huquqshunos, Nobel mukofoti sohibi (1912).
  • 1861 — Sharl Eduar Giyom (1938) — fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1920).
  • 1862 — Savva Morozov (1905) — rossiyalik sanoatchi, homiy.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1902 — G‘ayratiy (Abdurahim Abdullayev) (1976) — o‘zbek yozuvchisi, O’zbеkiston xalq shoiri (1972).
  • 1906 — Musa Jalil (1944) — tatar sovet shoiri, Sovet Ittifoqi qahramoni.
  • 1926 — Zunnunova Saida (1977) — shoira, yozuvchi Said Ahmadning rafiqasi.
  • 1926 — Franko Fabritsi (1995) — italiyalik teatr va kino aktyori.
  • 1934 — Niklaus Virt — shveysariyalik olim, bir qancha dasturlash tillarini ishlab chiqqan.
  • 1934 — Toʻra Sulaymon — Oʻzbekiston xalq shoiri.
  • 1954 — Jaloliddin Mirtojiyev — haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi (2003).
  • 1965 — Luqmon Bo‘rixon — o‘zbek yozuvchisi.
  • 1972 — Yaromir Yagr — chex xokkeychisi, olimpiya chempioni (1998).
  • 1988 — Ruy Patrisiu — portugaliyalik futbol davozaboni, Yevropa chempioni (2016).