18 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Geliy kashf qilingan kun.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇩 Indoneziya ‐ Konstitutsiya kuni.
🇦🇺 Avstraliya — Vyetnam faxriylari kuni.
🇹🇭 Tailand — Ilm-fan kuni.
🇵🇰 Pokiston — Daraxt ekish kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy mustaqil ishchilar kuni.
🇹🇯 Tojikiston — Sog’liqni saqlash xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya — Geograflar kuni.
🇰🇿 Qozog’iston, 🇦🇿 Ozarbayjon — Chegarachilar kuni.
🇲🇰 Shimoliy Makedoniya — Armiya kuni.

👉 VOQEALAR:

  • mil. av. 293 — Rimda ma’buda Venera sharafiga eng qadimgi (ma’lum bo’lgan) ibodatxona qurilgan.
  • 1227 — Chingizxon vafot etdi.
  • 1304 — Filipp Chiroyli armiyasi va Flamandiya isyonchilari o’rtasida Mons-an-Pevel jangi bo’lib o’tdi.
  • 1743 — Rossiya va Shvetsiya o’rtasida Abo tinchlik shartnomasi tuzildi.
  • 1782 — Sankt -Peterburgda Pyotr I ga atab “Mis chavandoz” haykali ochildi.
  • 1791 — Usmoniy-Rus urushiga barham bergan Kalas sulh bitimi imzolandi.
  • 1826 — Aleksandr Gordon Leing Tombuktuga yetib bordi.
  • 1845 — Rossiya Geografiya Jamiyati tashkil etildi.
  • 1868 — fransuz astronomi Pyer Yanssen quyosh spektrida yangi element — geliyni kashf qildi.
  • 1877 — Asaf Xoll Marsning yoʻldoshi — Fobosni kashf etdi.
  • 1877 — Fridrix fon Rixtgofen Buyuk ipak yoʻli atamasini ilk bor qoʻlladi.
  • 1917 — Saloniki shahrida yirik yongʻin sodir boʻldi.
  • 1920 — AQSh Konstitutsiyasiga ayollarga ovoz berish huquqini beruvchi 19 -tuzatish tasdiqlandi.
  • 1924 — Usmon mushafi Ufadan Toshkentga olib kelindi.
  • 1945 — Samarqandda T. Jalilov nomidagi musiqa bilim yurti ochildi.
  • 1968 — Varshava shartnomasi davlatlari rahbariyati Chexoslovakiyaga qo’shin kiritishni ma’qulladi.
  • 1980 — Toshkent metropoliteni birinchi (“Chilonzor”) yo’lining ikkinchi uchastkasi (3 bekat) foydalanishga topshirildi.
  • 1984 — Moskvada «Drujba -84» musobaqalari ochildi.
  • 1991 — Mixail Gorbachyov Foros (Qrim) da uy qamogʻiga olindi.
  • 2009 — iyul oyi oxirida Boltiq dengizida qaroqchilar tomonidan qo’lga olingan «Arktik Si» quruq yuk kemasi Rossiya dengiz floti tomonidan ozod qilindi.
  • 2018 — Kipr tinchlik rejasi bilan tanilgan “Nobel” tinchlik mukofoti sovrindori, BMT bosh kotibi Kofi Annan Shveysariyada vafot etdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1685 — Bruk Teylor (1731) — Ingliz matematiki, uning sharafiga Teylor qatori berilgan.
  • 1750 — Antonio Salyeri (1825) — Avstriyalik italiyan bastakori, dirijyor, pedagog.
  • 1824 — Pyer Marten (1915) — fransuz metallurgi, ochiq o’choq (Marten) jarayonini ixtiro qilgan.
  • 1830 — Frans Iosif I (1916) — Avstriya Imperatori (1848-1916) va Vengriya Qiroli (1867-1916), I Jahon urushini boshlab bergan.
  • 1869 — Vasiliy Vyatkin — arxeolog, Samarqand o’lkani o’rganish muzeyining tashkilotchisi.
  • 1912 — Chingiz Ahmarov — Monomentalist, rassom.
  • 1912 — Ertugʻrul Usmon (2009) — Usmonli imperiyasining shahzodasi va Usmonli imperatorlik uyining 43-imperatori edi.
  • 1917 — Jo‘raxon Rahmonov (1977) — sovet teatr va kino aktyori, O’zSSRda xizmat ko’rsatgan artist. 
  • 1933 — Shavkat Akmalxonov — zootexnik  olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. 
  • 1938 — Marks Jumaniyozov (2012) — oʻzbek davlat arbobi, Xorazm viloyatining birinchi hokimi (1992-96).
  • 1957 — Karol Buke — fransuz aktrisasi («Nemo», «Bingo Bongo»), “Chanel” parfyumi reklamasi modeli.
  • 1971 — Avstraliya va Yangi Zelandiya Vyetnam urushidan qo’shinini chiqarishga qaror qildi.
  • 1980 — Esteban Matias Kambiasso Delo — argentinalik futbolchi, Argentina yarim himoyachisi.
  • 1983 — Magomed Ibragimov — rus va oʻzbek erkin kurashchisi, Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori (2004), Osiyo chempionati chempioni va sovrindori.
  • 1997 — Jozefin Lengford — avstraliyalik aktrisa.