? BAYRAMLAR:
? Butunjahon kitlar kuni.
? Batareya kuni.
? Pluton sayyorasi kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Iroq — Kurd talabalari ittifoqi kuni.
?? Turkmaniston — Diplomatik xizmat xodimlari kuni.
?? Syerra-Leone — Qurolli kuchlar kuni.
?? Gambiya — Mustaqillik kuni.
?? Nepal — Demokratiya kuni.
? VOQEALAR:
- 1268 — Rakovor jangi, bunda Tevton ordeni Durba jangidan keyingi eng katta mag’lubiyatga uchradi.
- 1405 — Amir Temur Xitoyga yurishi vaqtida O’tror shahrida vafot etdi.
- 1762 — Pyotr III qiynoqlarni bekor qildi.
- 1814 — Montro jangi.
- 1861 — Viktor Emmanuil II Italiya qiroli boʻldi.
- 1861 — Jefferson Devisning Amerika Konfederativ shtatlari prezidenti sifatida inauguratsiyasi.
- 1885 — Mark Tvenning «Gekelberi Fin sarguzashtlari» asari nashr etildi.
- 1911 — Pomirda koʻl hosil boʻldi.
- 1911 — Hindistonda tarixda birinchi aviapochta parvozi amalga oshirildi.
- 1913 — Frederik Soddi “izotop“ atamasini taklif qildi.
-1918 — Moskvada Kiyev vokzali ishga tushdi. - 1921 — Armanistonda qoʻzgʻolon koʻtarilib, Sovet hukumati agʻdarib, muvaqqat hukumat tuzildi.
- 1923 — “Mushtum”ning 1-soni (“Turkiston” gazetasiga ilova) 3 ming nusxada chop etilgan.
- 1929 — “Oskar” mukofoti birinchi sohiblariga topshirildi.
- 1930 — Klayd Tombo Quyosh sistemasidagi 9-sayyora — Plutonni kashf qildi.
- 1960 — Skvo-Vellida VIII qishki Olimpiya o’yinlari ochildi.
- 1965 — Gambiya mustaqillikka erishdi.
- 1978 — Triatlon bo’yicha birinchi musobaqa bo’lib o’tdi, keyinchalik u Ironmanga aylandi.
- 1979 — Sahroi Kabirda qor yogʻdi.
- 1992 — Oʻzbekiston va Birlashgan Qirollik o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi.
- 1995 — Toshkentda Oʻzbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining birinchi taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Partiyaning Nizom va dasturi tasdiqlandi.
- 2003 — Janubiy Koreyaning Tegu shahrida yongʻin sodir boʻldi.
- 2004 — Nishopur (Eron) yaqinida xavfli yuklar bo’lgan poezdning portlashi. 300 ga yaqin odam halok bo’ldi, besh yuzga yaqin odam yaralandi.
- 2014 — Kiyevdagi Nezalejnost Maydonidagi vaziyatning keskin yomonlashishi, bu uch kun ichida 80 ga yaqin odamning o’limiga olib keldi.
- 2015 — Debaltseve uchun janglarning tugashi, shahar ustidan DXRning nazorati o’rnatilishi.
? TAVALLUDLAR:
- 1201 — Nasir ad-Din Tusiy (1274) — fors matematigi va astronomi.
- 1404 — Leon Battista Alberti (1472) — italiyalik gumanist, yozuvchi, olim.
- 1745 — Alessandro Volta (1827) — italyan fizigi va fiziologi, elektr asboblari (elektrofor, elektrometr, kondensator, elektroskop va b.)ni ixtiro qilgan.
- 1838 — Ernst Max (Mach) (1916) — avstriyalik faylasuf, fizik va mexanik.
- 1898 — Enzo Ferrari — italiyalik konstruktor, avtomobil kompaniyasining asoschisi
- 1921 — Oskar Feltsman (2013) — sovet va rus bastakori, Rossiya xalq artisti.
- 1932 — Toni Morrison (2019) — amerikalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1993).
- 1933 — Yoko Ono Lennon — yaponiyalik va amerikalik rassom, qo’shiqchi, Jon Lennonning bevasi.
- 1938 — Ishtvan Sabo — vengriyalik kinorejissyor, ssenariynavis va yozuvchi.
- 1940 — Husan Amirqulov — O‘zbekiston xalq artisti (1997), Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti laureati (1993).
- 1950 — Mirmahmud Rahmatov — ganchkor usta, Oʻzbekiston xalq ustasi (2002).
- 1952 — Aleksandr Barikin — sovet va rus qo’shiqchisi, bastakor, gitarachi.
- 1953 — Arkadiy Ukupnik — rus bastakori, pop qo’shiqchisi va prodyuseri, Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist.
- 1954 — Jon Travolta — amerikalik aktyor, raqqos va qo’shiqchi.
- 1970 — Yosir ibn Usmon al-Rumayyan — Saudiyalik boʻlgan tadbirkor, Suveren investitsiya fondi (SIF) boshqaruvchisi, Nyukasl Yunayted futbol klubi (Angliya) va Saudiya Aramco kompaniyasi raisi.
- 1974 — Yevgeniy Kafelnikov — rossiyalik tennischi, olimpiya chempioni (2000).
- 1975 — Igor Dodon — moldaviyalik siyosiy arbob, Moldaviya prezidenti (2016-2020).
- 1993 — Daniel Yul — shveytsariyalik tog’ chang’isichi, Olimpiya va jahon chempioni.