20 fevral kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT — Butunjahon ijtimoiy adolat kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh — Milliy olcha pirogi kuni.
🇺🇸 AQSh — Musulmon, arab va janubiy osiyolik muhojirlar bilan milliy birdamlik kuni.
🇮🇳 Hindiston — Arunachal-Pradesh va Mizoram shtatlari kuni.
🇦🇷 Argentina — Salta jangi kuni.
🇺🇦 Ukraina — Osmon Yuzligi qahramonlari kuni.
🇪🇨 Venesuela — Federatsiya kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 197 — Lugdun jangi tugadi, Klodiy Albin rim qo‘shinidan mag‘lubiyatga uchradi.
  • 395 — Vifleyemda birinchi ayollar monastiriga asos solindi.
  • 1017 — Xorazmshoh Ma‘mun ibn Ma‘mun fitna qurboni bo‘ldi.
  • 1819 — Sankt-Peterburg davlat universiteti tashkil etildi.
  • 1831 — Polshada 1830-1831 yillardagi qo’zg’olon paytida Vavr jangi tugadi.
  • 1864 — Olast jangi.
  • 1872 — Nyu Yorkda Metropoliten muzeyi ochildi.
  • 1922 — Seym Vilnyusni Polshaga qoʻshish haqida qaror qildi.
  • 1927  — “Krasny Putilovets” zavodi Leningrad uchun yangi tramvay vagonlarining birinchi partiyasini ishlab chiqardi.
  • 1940 — Sevimli «Tom and Jerry» multfilimi ilk bor dunyo yuzini ko’rdi.
  • 1942 — Bugenvilda havo jangi.
    -1943 — Meksikadagi dehqon dalasida Parikutin vulqoni otildi.
  • 1945 — Uraldan Moskvaga Orujeynaya palata xazinasi qaytarib keltirildi.
  • 1962 — Yer atrofida uch marta aylanganib, Jon Glenn birinchi Amerika orbital kosmik parvozini amalga oshirdi.
    -1986 — Orbitaga „Mir“ orbital stansiyasi chiqarildi.
    -1992 — Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
  • 2014 — Yevromaydandagi otib o‘ldirishning boshlanishi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1729 — Fyodor Volkov (1763) — aktyor, teatr arbobi, rus teatri asoschisi.
  • 1844 — Lyudvig Boltsman (1906) — avstriyalik fizik, statik fizika va kinetik fizika asoschisi.
    -1878 — Rajabov Boltaboy (1960) — O‘zbekiston xalq hofizi (1939),
    tiniq va mayin ovoz sohibi.
  • 1889 — Lev Revutskiy (1977) — ukrain kompozitori, pedagog, zamonaviy ukrain musiqasi asolaridan.
  • 1904 — Chustiy (1983) — mumtoz adabiyotimiz  an’analarini davom ettirgan shoirlardan. 
  • 1918 — Hamroxon Omonova (1996) — aktrisa, Oʻzbekiston xalq artista (1981).
  • 1920 — Karl Hans Albrext (2014) — Germaniyalik milliarder, ukasi Teo Albrext bilan birga “Aldi” supermarketlar tarmogʻiga asos solgan.
  • 1920 — Yevgeniy Dragunov (1991) — sovet o‘qotar qurol konstruktori.
  • 1931 — Jon Uillard Milnor — amerikalik matematik.
  • 1932 — Suyima Gʻaniyeva (2018) — Sovet-oʻzbek adabiyotshunos olimi, Oʻzbekiston Qahramoni. 
  • 1941 — Farmonov Shokir — matematik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000). 
  • 1947 — Xolmatov Niyozali — miniaturachi rassom, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi (1997).
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1948 — Matnazar Abdulhakim
    (2010) — shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
  • 1951 — Gordon Braun — Buyuk Britaniyaning 74-bosh vaziri (2007-2010).
  • 1956 — Mirzo Kenjabek — Shoir, adib tarjimon, yozuvchi, Islom olimi, Naqshbandiya Shayxi
  • 1959 — Ilgizar Sobirov — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi (2006-2015), Xorazm viloyati hokimi (2017-2018)
  • 1963 — Olim Odilov — oʻzbek musavviri. 1990-yillarning boshidan beri Vengriyada istiqomat qiladi.
  • 1988 — Robyn Rianna Fenty — barbadiyalik qoʻshiqchi, aktrisa va tadbirkor ayol.
  • 1990 — Ciro Immobile — italiyalik futbolchi, Yevropa chempioni (2020)
  • 1997  — Sturla Xolm Legreyd — norvegiyalik biatlonchi, ko’p karra jahon chempioni.