21 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT — Butunjahon ijod va innovatsiyalar kuni.
? Butunjahon Katta uzunburun kuni.
? Xalqaro kanop kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh — Milliy bolalar bog’chasi kuni.
?? Italiya — Rimga asos solingan kun.
?? Buyuk Britaniya — Milliy choy kuni.
?? Vyetnam — Kitob kuni.
?? Filippin — Kalamba shahri kuni.
?? KXDR — Kan Pan Sokning tug‘ilgan kuni.
?? Rossiya — Mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari kuni.
?? Keniya — Daraxt ekish kuni.
?? Meksika — Verakrusning qahramonlik mudofaasi.
?? Tojikiston — Ilm-fan kuni.
?? Hindiston — Davlat xizmati kuni.
?? Qozogʻiston — Davlat xavfsizlik xizmati kuni.
?? Braziliya — Tiradentes kuni.  1792-yili portugallar Braziliya mustaqilligi uchun kurashgan Tiradentesni qatl etishgan.

? VOQEALAR:

  • mil. av. 753 — Shu kuni Romul Rimga asos solgan deb hisoblashadi.
  • 1408 — Amir Temurning o‘g‘li, g‘arbda katolik dinining homiysi sifatida nom qozongan Mironshoh halok bo‘ldi.
  • 1519 — Ispan konkistadori Ernan Kortes kemasi Meksika qirg‘og‘iga langar tashladi.
  • 1526 — Panipatdagi birinchi jang. Bobur qo‘shini Ibrohim Lo‘diy qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi.
  • 1782 — Qirol Buddxa Yodfa Chulalok Siam (Tayland)ning yangi poytaxtiga asos soldi. U bizga Bangkok nomi bilan tanish.
  • 1809 — Landsxut jangi. Napoleon Bonapart boshchiligidagi 77 ming kishilik fransuz qo‘shini 36 ming askarga ega Avstriya armiyasini tor-mor etgan.
  • 1863 — London metrosi ochildi.
  • 1898 — Ispaniya-Amerika urushi boshlandi. AQSh floti Kuba portlarini qamal qilishni boshladi.
  • 1918 — Sovet hukumati Ichki Rossiya va Sibir musulmonlari milliy parlamentini (Milliy majlis) tarqatib yubordi.
  • 1926 — Qirg’iziston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topidi.
  • 1938 — Musulmon ligasi prezidenti, shoir Muhammad Iqbol olamdan o‘tgan. Iqbol Pokistonning ma’naviy otasi sanaladi.
  • 1944 — Fransiyada ayollar saylovda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
  • 1960 — Brazilia Braziliyaning yangi poytaxtiga aylandi. Bungacha Rio-de-Janeyro poytaxt edi.
  • 1964 — Britaniyaning «BBC 2» televizion kanali translyasiyasi boshlandi.
  • 1967 — Gretsiyada qora polkovniklar davlat toʻntarishi uyushtirdilar.
  • 1975 — Vetnam urushi: Janubiy Vetnam prezidenti Nguyen Van Txiyeu poytaxt Saygondan qochib jon saqlaydi. Shimoliy Vetnam armiyasi Janubiy Vetnam poytaxtini egallash yo‘lidagi so‘nggi istehkomni egalladi.
  • 1983 — Buyuk Britaniyada bir funtli banknotalar bir funtli tangalarga almashtirildi. 
  • 1989 — Pekinda Tyananmen maydonida Xitoy hukumati rahbari Xu Yaobang o‘limiga aloqadorlikda ayblangan 100 mingga yaqin talabalar yig‘ilishdi.
  • 1992 — Toshkentda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi tashkil topdi.
  • 1996 — Rossiya televideniyesida ilk bor “Zerkalo” axborot-tahliliy dasturi efirga uzatila boshladi.
  • 2000 — Rossiya Davlat dumasi yadroviy sinovlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi.
  • 2019 — Shri-Lankada bir qator teraktlar.

? TAVALLUDLAR:

  • 1619 — Yan van Ribek (1677) — Keyptaunga asos solgan golland dengizchisi.
  • 1782 — Fridrix Fryobel (1852) — nemis pedagogi, «bolalar bog‘chasi» ga asos solgan.
  • 1816 — Sharlotta Bronte (1855) — ingliz yozuvchisi va shoirasi.
  • 1830 — Jeyms Starli (1881) — angliyalik velosiped ixtirochisi.
  • 1837 — Fredrik Bayer (1922) — daniyalik siyosatchi, Tinchlik byurosi asoschisi, Nobel tinchlik mukofoti sohibi.
  • 1843 — Valter Flemming (1905) — nemis anatomi, sitogenetika asoschisi.
  • 1864 — Maks Veber (1920) — nemis sotsiologi, zamonaviy sotsiologiya asoschilaridan biri.
  • 1882 — Persi Uilyams Bridjman (1961) — amerikalik fizik va faylasuf, Nobel mukofoti sohibi (1946).
  • 1889 — Karrer Paul (1971) — shveysar organik kimyogari va biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1937).
  • 1915 — Entoni Kuinn (2001) — amerikalik aktyor, ikki karra «Oskar» sohibi.
  • 1926 — Yelizaveta II — Buyuk Britaniya qirolichasi (1952-yildan).
  • 1939 — Maryam Ixtiyorova — aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1997).
  • 1951 — Maykl Fridman — amerikalik matematik.
  • 1959 — Abdulla Yamin — Maldiv Respublikasi prezidenti (2013-2018).
  • 1985 — Anzur Ismoilov — oʻzbek futbolchisi, ampluasi himoyachi va yarimhimoyachi.
  • 1990 — Nadejda Dorofeyeva — ukrainalik qo’shiqchi, dizayner va videobloger.