21 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? (https://t.me/Kun_tarixi_TV24) Butunjahon basketbol kuni.
? Qishki quyosh turishi kuni (Winter Solstice).
? Butunjahon Sari kuni.
? Krossvordning tug‘ilgan kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Eron — Yaldo kechasi.
?? AQSH — Milliy uysizlarni xotirlash kuni.
?? AQSH — Chayqash va muzlatish kuni.
?? Turkmaniston — Birinchi prezident(Saparmurod Niyozov) xotirasi kuni.
?? Filippin — Qurolli kuchlar kuni.
?? AQSH — Milliy kivi kuni.
?? San-Tome va Prinsipi — San-Tome kuni.

? VOQEALAR:

  • 1140 — Konrad III Vaynsbergni qamal qilishni boshladi.
  • 1192 — Richard I Sheryurak Vena yaqinida gersog Leopold V tomonidan asirga olindi.
  • 1361 — Ispaniya salibchilari Linues jangida musulmonlarni mag’lub etishdi.
  • 1526 — Boburga suiqasd: Ibrohim Lo‘diyning onasi uning ovqatiga zahar qo‘shtiradi.
  • 1891 — AQSHdagi Springfild kolleji talabalari tarixda birinchi basketbol o‘yinini o‘tkazishdi.
  • 1898 — Pyer va Mari Kyuri radiyni kashf qilishdi.
  • 1898 — AQSh Filippinda harbiy boshqaruv o’rnatdi.
  • 1913 — «New York World» gazetasida tarixda birinchi marta krossvord chop etildi.
  • 1937 — Uolt Disneyning birinchi to‘liq metrajli «Oppog‘oy va yetti gnom» multfilmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
  • 1945 — Amir Temur qabrini ochgan ekspeditsiya o‘z ishini nihoyasiga yetkazdi.
  • 1957 — Gonduras konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1958 — Sharl de Gol Fransiya Prezidenti etib saylandi.
  • 1966 — SSSR sayyoralararo “Luna-13” stansiyasini uchirdi.
  • 1988 — Shotlandiyada Boeing 747 halokati.
  • 1991 — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH 1991-yil 8-dekabrda Minskda tuzilgan) tashkilotiga a’zo bo‘ldi.
  • 1991 — Syerra-Leone Respublikasi O’zbekiston suvereniteti tan oldi.
  • 2007 — Litva, Latviya, Estoniya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Sloveniya, Vengriya va Malta “Shengen kelishuvi”ga qo‘shilishdi.
  • 2012 — Tarixda ilk bor “YouTube” va internetda bitta videoklip bir milliard marta ko‘rildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1773 — Robert Broun (1858) — britaniyalik botanik, Broun harakatini kashf qilgan.
  • 1805 — Tomas Grem (1869) — shotland kimyogari, kolloid kimyo asoschilaridan biri.
  • 1890 — German Jozef Myuller (1967) — amerikalik genetik, Nobel mukofoti sohibi (1946).
  • 1896 — Konstantin Rokossovskiy (1968) — sovet harbiy qo‘mondoni, Sovet Ittifoqi Marshali, ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni.
  • 1913 — Mansurov Rustam (1996) — aktyor, O’zbekiston xalq artisti.
  • 1914 — Rahmonov Mamajon — O’zbekistonda xizmat ko’rsattgan fan arbobi (1972), filologiya fanlari doktori (1961), professor (1965). 
  • 1917 — Genrix Byol (1985) — nemis yozuvchisi, tarjimon, ssenariynavis, Nobel mukofoti sohibi (1972).
  • 1937 — Jeyn Fonda — amerikalik film aktrisasi, siyosiy faol va sobiq moda modeli.
  • 1944 — Ibrohimov Lekim — O’zbekiston xalq rassomi (2001), O’zbekiston Badiiy Akademiya akademigi (1999).
  • 1963 — Govinda Ahuja — Hind aktyori.
  • 1967 — Mixail Saakashvili — gruzin va ukrain siyosatchisi, Gruziya prezidenti (2004-2007, 2008- 2013).
  • 1968 — Julie Delpy — Fransiyalik va amerikalik aktrisa, film rejissyori va ssenariychi.
  • 1975 — Charlz Iv Jan Jislen Mishel — Belgiyalik siyosatchi, 2019-yildan Yevropa Kengashi prezidenti.
  • 1977 — Emmanuel Makron — fransuz siyosatchisi, Fransiyaning 25-prezidenti (2017-yildan).
  • 1977 — Anfisa Chexova — rossiyalik tele va radio boshlovchisi, qo’shiqchi, aktrisa.
  • 1989 — Jorin ter Mors — gollandiyalik sportchi, konkida uchish bo’yicha uch karra Olimpiya chempioni, short-trek bo’yicha Olimpiya o’yinlari sovrindori.
  • 1996 — Keytlin Diver — amerikalik aktrisa.