22 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro Ona Yer kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Buyuk Britaniya — Stiven Lourens kuni.
?? AQSh — Konfederatsiyani xotirlash kuni.
?? Serbiya — Xolokost qurbonlari xotirasi kuni.
?? Braziliya — Braziliya kashf etilgan kun.
?? Rossiya — Norasmiy dasturchilar kuni.
?? Braziliya — Qiruvchi aviatsiya kuni.

? VOQEALAR:

  • 1370 — Bastiliyaning qurilishi boshlandi.
  • 1500 — Pedru Alvaresh Kabral boshchiligidagi portugal eskadrasi bo‘lg‘usi Braziliya yerlariga kelib tushishdi.
  • 1509 — Otasining o‘limidan so‘ng Genrix VII taxtga o‘tirdi.
  • 1529 — Ispaniya va Portugaliya Saragos bitimini imzolashdi.
  • 1662 — Karl II Angliyaning muhim ilmiy markaziga aylangan London Qirollik Jamiyati ustavini  tasdiqladi.
  • 1793 — Jorj Vashington Yevropa davlatlarining inqilobiy Fransiyaga qarshi urushida AQSh ning neyteraliteti haqidagi Deklaratsiyani e’lon qildi.
  • 1794 — Kostyushko qo’zg’oloni: Vilena qo’zg’oloni boshlandi.
  • 1832 — Nikolay I ning farmoniga ko‘ra Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tashkil qilindi.
  • 1834 — Janubiy Atlantikadagi Muqaddas Yelena oroli Britaniya qirollik mustamlakasi deb e’lon qilindi.
  • 1838 — Angliyaning “Siruis” yo‘lovchi paraxodi yelkanlarsiz birinchi marta Atlantika okeanidan suzib o‘tib Nyu-Yorkka yetib keldi.
  • 1863 — Moskva shahar dumasining birinchi majlisi bo’lib o’tdi.
  • 1864 — AQSh Kongressi  qaroriga ko‘ra barcha banknotlarda “In God We Trust” yozuvi qo‘llanila boshladi.
  • 1889 — AQSh prezidenti Benjamin Franklin oq tanlilarning Oklaxomada o‘rnashishi uchun ruxsat berdi.
  • 1898 — Ispaniya — amerika urushi arafasida AQSh floti Kubani qamal qilishni boshladi.
  • 1915 — Birinchi jahon urushi: Germaniya Ipr shahridagi Angliya-Fransiya qo‘shinlariga qarshi xlor yordamida toksin moddalarni ishlatishni kengaytirdi.
  • 1918 — Turkiya tazyiqi ostida Rossiyadan mustaqil Zakavkazye Federativ Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
  • 1930 — Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSh birgalikda “London dengiz bitimi”ni imzoladilar.
  • 1939 — Jefri Stefenson Slingsbining “Gall” planyorida  La-Mansh bo‘g‘ozi ustudan birinchi parvozni amalga oshirdi.
  • 1943 — Albert Hofmann LSD ning gallyutsinogen xususiyatlari haqida birinchi hisobotni taqdim etdi.
  • 1945 — “Berlin operatsiyasi” vaqtida Qizil Armiyaning ilg‘or qismlari III reyxning poytaxtiga kirishdi va Berlinni shturm qilishni boshlashdi.
  • 1952 — 35 million amerikalik Nevada shahrida yadro bombasi sinovining guvohi bo‘lishdi.
  • 1964 — Tanganika va Zanbizar o‘zlarining yagona Tanzaniya davlatiga birlashganini e’lon qilishdi.
  • 1969 — Xyustonda ilk bor inson ko‘zini ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi.
  • 1970 — Atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida AQSh jamoatchiligi tashabbusi bilan birinchi aksiya o’tkazildi, keyinchalik bu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xalqaro Ona Yer kuni sifatida belgilandi.
  • 1980 — Kanada Moskva Olimpiya o’yinlariga boykot e’lon qildi.
  • 1983 — “Shtern” nemis jurnali Gitlerning kundaliklarini chop eta boshladi (keyinchalik bu soxta ekanligi ayon bo‘ldi).
  • 1993 — Mosais veb-brauzerining birinchi versiyasi chiqarildi.
  • 2004 — Xitoyda ikki poyezd to‘qnashuvida kamida 150 odam halok bo‘ldi.
  • 2005 — Xitoyning Chunsin shahri chekkasida kimyoviy zavoddagi portlash natijasida uchta bino vayron bo’ldi, 19 kishi bedarak yo’qoldi.
  • 2010 — AQSh qirg’oqlari yaqinidagi Meksika ko’rfazida neft platformasi yong’in tufayli yakson qilindi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1451 — Izabella Kastilskaya (1504) — Kastiliya va Leon qirolichasi (1474-1504).
  • 1518 — Antuan de Burbon (1562) — Navarra qiroli, Fransiya taxtidagi Burbonlarning birinchi vakili Genrix IV ning otasi.
  • 1592 — Vilgelm Shikkard (1635) — nemis astronomi, matematigi va sharqshunosi, birinchi arifmometr (qoʻshish mashinasi) ni yaratgan.
  • 1724 — Immanuil Kant (1804) — nemis faylasufi.
  • 1766 — Anna Luiza Jermena de Stal (1817) — fransuz yozuvchisi, adabiyot nazariyotchisi, publitsist.
  • 1834 — Gaston Plante (1889) — fransuz fizigi, qoʻrgʻoshinli akkumulyator ixtirochisi.
  • 1839 — Avgust Vilgelm Eyxler (1887) — oʻsimliklarning keng qoʻllaniladigan birinchi tasnifini yaratgan nemis botanigi.
  • 1853 — Alfons Bertilyon (1914) — fransuz kriminologi, antropologi, sud-tibbiy identifikatsiya tizimini ishlab chiqqan.
  • 1870 — Vladimir Lenin (1924) — Rossiyalik inqilobchi, sovet siyosiy va davlat arbobi, “jahon inqilobining dohiysi”.
  • 1876 — Róbert Bárány (1936) — avstriyalik otorinolaringolog, Nobel mukofoti sohibi (1914).
  • 1899 — Vladimir Nabokov (1977) — rus va amerika yozuvchisi, shoir, tarjimon, adabiyotshunos va entomolog-olim.
  • 1902 — Gʻabit Musrepov (1985) — qozoq adibi va jamoat arbobi.
  • 1904 — Robert Oppengeymer (1967) — amerika fizigi, atom bombasining yaratuvchisi.
  • 1912 — Malik Qayumov (2010) — kinorejissyor, kinooperator, Oʻzbekiston xalq artisti (1948). SSSR Xalq artisti (1967).
  • 1919 — Donald Kram (2001) — amerikalik bioximik, Nobel mukofoti sovrindori.
  • 1925 — Mamatxon Ubaydullayev (2010) — aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1982).
  • 1929 — Maykl Frensis Atiya (2019) — britaniyalik matematik.
  • 1937 —  John Joseph „Jack“ Nicholson — amerikalik aktyor, rejissor, kinodramaturg va produser. Nicholson kino tarixidagi eng buyuk aktyorlardan biri hisoblanadi. 
  • 1942 — Oydin Hojieva — O’zbekiston xalq shoirasi.
  • 1944 — Yormuhammad Muborakov (1999) — mexanik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1994).
  • 1957 — Donald Tusk — Polsha premyer ministri (2007-2014).
  • 1964 — Igor Danilov — Rossiyalik dasturchi, Dr. Web antivirusining yaratuvchisi.
  • 1965 — Fikret Kushkan — turkiyalik aktyor.
  • 1974 — Vasiliy Virastyuk — Ukrainada xizmat ko’rsatgan sport ustasi, «Jahonning eng kuchli odami» unvoni sohibi.
  • 1975 — Hosila Rahimova — xonanda, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist.
  • 1982 — Kaka — Braziliya futbolchisi, jahon chempioni (2002).
  • 1986 — Ember Lora Herd — amerikalik kino va televideniye aktrisasi.
  • 1989 — Yasper Sillessen — gollandiyalik futbolchi, darvozabon.
  • 1990 — Eve Myurxed — shotlandiyalik kyorlingchi, Olimpiya chempioni.
  • 1999 — Maryana Naumova — rossiyalik sportchi, pauerlifting bo’yicha jahon rekordchisi va chempioni, jamoat arbobi.