22-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

2101. Kapitan Vrungelning dengiz haqidagi izohli lug‘atida ta’kidlanadiki birinchi va ikkinchini adashtirish kerak emas, lekin shtorm bo‘layotganda kema ham, butun ekipaj ham “raqs tushishiga” to‘g‘ri keladi. Birinchi va ikkinchini ayting?
Javob: Bal va bal

2102. Viktor Alimasov o‘zining “Falsafa yoxud fikrlash lazzati” kitobida shunday yozadi: “Birinchi menga qadrni o‘rgatdi, Ikkinchi – mehrni, Uchinchi esa – jabrni. Hayratlanarlisi shundaki, jabrni o‘rgatgani men uchun azizroq”. Birinchi, ikkinchi va uchinchini toping?
Javob: onasi xotini qizi

2103. Bu mudhish hikoya ishtirokchilarining to‘rttasini ismi quyidagicha bo‘lgan: Piroya Eoya, Flegona, Etona. Savol: O‘z nomini harakat vositasiga bergan beshinchi ishtirokchi nomini ayting?
Javob: Faeton 
Izox. Gelios xudosining aravasini tortadigan beshta tulpor laqabi haqida gap ketmoqda

2104. «Mag‘lub etilmaganlar” nomli hikoya voqealari Amerikada XIX asrning birinchi yarmida sodir bo‘ladi. Unda quldor o‘z quliga bir turdagi bellashuvni taklif qiladi. Agar qul BU ISHNI amalga oshira olsa, ozod etiladi. Quldor bu bellashuvda, o‘zining quliga nisbatan ustunlikka ega ekanligini hisobga olgan holda aytingchi, BU ISH deganda biz nimani nazarda tutdik? 
Javob. Shaxmatda qora donalar bilan yutish

2105. Sharq klassik adabiyotida ma’shuqa og’zini kichraytirib tasvirlash hodisasi kuchlidir. Xususan, og’izni pistaga, mim harfiga, nuqtaga o’xshatishadi. Fuzuli bunda pista va g’unchaga qiyoslasa hazrat Navoiy Laylini tasvirlar ekan yuqoridagilar bilan cheklanmay hatto nuqtadan ham kichik holda og’izni tasvirlashga qoyolmaqon tarzda erishadi.
Savol: Hazrat Navoiy Layli og’zini qanday tasvirlaydi?

Javob. Og’zi yo’q edi deb

2106. Braziliyaning mayda chaqalari — sentavosining avers qismida janubiy xoch yulduzi tasvirlangan. Revers qismlaridagi tasvirlar esa nominaliga qarab o‘zgarib boradi. 50 sentavolik tangada Braziliyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Joze Marii da Silvы Paranyus Juniora tasvirlangan. 25 sentavolik tangada esa Braziliyaning birinchi prezidenti feldmarshal Manuela Deodoru da Fonseka tasvirlangan. Shuningdek 10 sentavoligida imperator Pedru I, 5 sentavolik tangada Braziliya mustaqilligi uchun kurashgan Juakina da Silvы Shavyerani tasvirini ko‘rish mumkin. Savol: 1 sentavolik tangada kim tasvirlanganligini toping?
Javob: Pedro Kabral.

2107. Mashhur angliyalik yozuvchi Grem Grin dunyoning eng yaxshi turistik tashkiloti deya nimani nomlagandi?
Javob: MI-6 Britaniya razvedka xizmatinini nomlashgan.

2108. Nikolay Lobachevskiy, Konstantin Siolkovskiy, Lev Tolstoy, Bulat Okudjava, Aleksandr Soljenitsin, Yuliy Kim, Stiven King. Ularni qanday qilib hamkasb deb atashimiz mumkin?
Javob: Ular maktab o’qituvchisi bo’lishgan

2109. Qadimgi hindlar tillani raso deyishgan. Savol: Hindlarda Rasoyana deb atalgan fanni biz qanday ataymiz?
Javob: Alkimyo

2110. 100 yillar ilgari . Turkiston hududida koʻp uylar loydan boʻlgan. Loy tomni noqulayliklari koʻp boʻlgan. Birinchidan har yili Bahorda suvash kerak suv oʻtmasligi uchun suvoq qilinayotgan loyga tuz sepib keyin suvoq qilishgan. Diqqat: Nima uchun tuz sepib suyoq qilishgan?
Javob. O’t-o’lan o’sib chiqmasligi uchun

2111. Ertalab inidan chiqqan. Tulki bir kerishib olib Magʻrurlanibdi. Ux nonushtaga tuya boʻlsa yutvoraman debdi. Keyin Tushgalikka borib Sichqon ham boʻlsaxam boʻlaverardi deb fikrini oʻzgartiribdi.
Diqqat savol: Aytingchi xurmatli bilimdonlar har ikkila holatda nima uni bu fikrlarga undagan?

Javob: Soyasi qarab aytgan.
Izoh. Ertalab inidan chiqgach soyasiga qarab ehhee juda katta ekanmanku tuya bo’sa ham yutib yuborardim degan tushga borib soyasini kichrayishida o’ziga keb qoladi va soyasiga ishonib katta gapirganidan uyalib sichqon bo’sa ham bo’laverardi degan.

2112. Tolstoyning «Tirilish» romani qahramoni Dmitriy Ivanovich Nexlyudov Missiga uylanishni yoqlaydigan va uylanishga qarshi bo‘lgan dalillarni sanab o’tadi. Dalillar baravar, ya’ni teng kuchli edi. Shu sababdan Nexlyudov o’zini UNGA o‘xshatgan. Savol: UNI ikkita so‘z bilan yozib bering?
Javob: Bo’ridan eshagi
Izoh: Bo’ridan eshagi iborasi o‘zida tanlov erkinligi muammosi paradoksini aks ettiradi.

2113. Oʻzbekiston hududida ular dastlab odamlarning qish kunlarida.Turar joyi sifatida vujudga kelgan.Hozirda esa u yerlarda hamma Odamlar 4 ta faslda yashab keladilar.
Diqqat savol:Qayerda?

Javob: Qishloq

2114. Germaniyada birinchi bor qon topshirgan kishiga an’ana bo’yicha kinoga bilet beriladi.
Qaysi filmga?

Javob: Drakula

2115. 85 yoshdagi Akademik uylanmoqda. U o’z to’yida qadah so’zi aytmoqda. Sevgi
misoli ummon. Men uningsiz yasholmayman. Uni sevdim va bundan uyalmayman. Bu kimning
to’yi edi?

Javob: Jak Iv Kusto

2116. 2006 yilda Angliyada maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomada Kimni Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo’lishini xoxlaysiz degan savolga eng ko’p javob manchester Yunayted jamoasi xujumchisi Ueyn Rooney beriladi. 2 o’rinni olgan inson real shaxs bo’lmasada u kim.?
Javob: Garri Potter

2117. «Alpomish» dostonida Alpomishning yoyi o‘n to‘rt botmon birichdan deb ta’rif
beriladi. Botmon og‘irlik o‘lchov birligi ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Birich nima?

Javob: Bronza

2118. Bir karikaturada uning qabri ustiga 1930-2006 deb yozib qo’yilganini ko’rishimiz mumkin. Aslida u o’lmagan. Faqat safdan chiqqan xolos kim?
Javob: Pluton

2119. O’tgan asrning 70-yillar oxirida U o’zining bo’lg’usi eri bilan ovda tanishadi. 20 yil o’tib esa o’zi ov qurboniga aylanadi?
Javob: Malika Diana

2120. Rossiyada fuqarolar urushi davrida
uzoq sharq va sibir aholisi o’z
Qishloqlarida oq gvardiya va qizillar
armiyasi askarlaridan himoyalanish
uchun ayiq yog’idan foydalanishgan ekan.
Savol ayiq yog’idan qanday usulda
foydalanishgan?

Javob: Ayiq yogʻini darvoza eshiklarga surtib chiqishgan otlar bu xiddan choʻchib qishloqqa kirishmagan.

2121. Uning pastki qismi ona yer, ustki qismi osmon gumbazi, yer bilan osmon o’rtasida esa quyosh doimo porlaydi. Xohlaganda maydalab yulduzchalar gosil qilish mumkin» savol: Misrning qadimgi Kalevali kitobida bu ta’rif nimaga berilgan?
Javob: Tuxum

2122. Enshteyinni fikricha odam ularsiz qirilb ketarkan.
Odam uyqusiz-4 kun,
Suvsiz-3 kun,
Ularsiz-4 yil yashay olarkan. Savol ular-?

Javob. Asalari

2123. Biz bilamizki dunyoda birinchi telefon apparatini Aleksandr Bell ixtiro qilgan. Bugungi kunga kelib bu ixtironing turli xil variantlari chiqib ketdi. Savol shundan iborat: Aleksandr Bell o’zi telefon ixtiro qila turib uyida bu apparatni o’rnatmagan. Nima sababdan?
Javob: Onasi Xotini kar soqov boʻlgan

2124. Yaponiyada abiturientlar orasida quyidagicha irimlar bor ekan. Agarda 4 soat bo’lsa kirasan 5 soat bo’lsa yiqilasan. Ushbu irimdagi vaqtlar nimani manoni bildiradi?
Javob: 1-aprel
Jurnalistlar hazillashgan.

2125. Samarqand shahridagi reklama plakatlaridan birida mahsulot uzini ishonchli sifatli ekanligi to’g’risida ma’lumot berib turibdi. Diqqat savol.Siz menga ushbu reklamadagi yozuvda alohida ajralib turgan harflarni ayting?
Javob: MAN.
Izoh bu reklama plakati MAN zavodiga atalgan va unda ishonchliMAN , sifatliMAN degan yozuvlar bor edi.

2126. Tarixda juda koʻp qotilliklar bo’lib o’tganidan xabardorsiz!
Bu voqea Amerikaning Nyu York va Vashington shaharlarida sentabr-oktabr oylarida bo’lib o’tdi
Unda mashhur davlat amaldorlari 20 dan oshiq Bir usulga yoʻq qilindi
Bu fojea qurbonlari na otildi na suiqasd va na zahar.
Diqqat savol. Terroristlar qanday usuldan foydalanishgan?

Javob: Kuydirgi yuqtirishgan,maktublar orqali.

2127. Bir doktor har kecha uyquga yotishda oldin sham yoqib uni ko’tarib honasini bir aylanib chiqar ekan. Diqqat Savol.U nima uchun bunday qilgan?
Javob: U sham yordamida eshik va deraza romlarining oraliqlaridan kirayotgan havoni aniqlagan va ularni berkitib yotgan.

2128. XI asrda yashagan Norvegiya qiroli Makmus har safar urushdan g’alaba qozonib qaytganida xalq uni olqishlar bilan kutib olar edi. Biroq bir mamlakatni bosib olib yurtiga qaytqanda xalq uni ustidan kuladi. Xalq Makmusga Qirol bizga X larni yengip maqtanmay qo’yoqolsin deydi. Diqqat savol Makmus qaysi mamlakatni bosib olgan va X ni toping?
Javob: Shotlandiya X esa Ayollar edi.
Chunki yupka kiygan erkaklarni ko’rgach shunday fikrga kelgan

2129. XVIII asrda Evropada ko’chada mushtlashgan insonlar ko‘pincha o‘zi bilan oddiy rezina olib U yerga borishgan deyishadi. U yerda rezinani kimga berishgan?
Javob: Tish shifokoriga

2130. F. Kirkorov yaxshi kiyinib, sochlarini tarab to’rtta telefonni to’rtta cho’ntagiga bez zvuk qilib joylab oldi. Endi uni o’ylashicha bu reja amalga oshadi. Savol: Kirkorovni rejasi amalga oshsa nima bo’lar edi?
Javob: Millioner bo’ladi.
Izoh: U Kто хочет стат миллионером ko’rsatuviga 4 ta telefonini har xil cho’ntagiga solib borgan edi. Qaysi variant to’g’ri bo’lsa, yordamchilari o’sha kelishilgan cho’ntagidagi telefonga vibratsiya berishi kerak edi.

2131. Jahon urushlarida ayrim joylarda yuqori tempda diniy qo’shiqlar kuylangan. Savol. U qo’shiqlar qayerda va nima uchun kuylangan.?
Javob. Jang maydonlarida doktorlar jarrohlik amaliyoti vaqtida qo’rqib ketmasliklari uchun.

2132. Jek Londonning Qish haqidagi afsona asarida eskimoslarda qadimdan yoshi so’ralganida shunday bir qo’shimcha qo’shishganki bu faqat shimolliklarga hos bo’lgan. Bizdan yoshimiz so’ralganida 20 yoshdaman, 20 bahorni ko’rdim deymiz. Savol: eskimoslar bu savolga qanday qo’shimcha bilan javob berishgan?
Javob. Yoshim 20 da 20 Quyoshni ko’rdim deydi

2133. Kaykovus 12 yoshga to’lganida ot minish qilich chopish nayza urish kamon otish hullas barcha yumushlarni o’rganib otasiga namoish qilibdi. Otasini muallimlardan ko’ngli to’lmabdi. Sizlar o’rgatgan hunarlarni zarur vaqtda o’g’lim uchun boshqa kishi uning orniga qila olmaydigan hunarni orgatmabsizlar deb e’tiroz bildiribdi. Savol: Kaykovus qaysi hunarni o’rganishga ulgurmagandi?
Javob: Suzishni

2134. Bundan 100 yilcha oldin, Rossiyada Lev Tolstoyning Urush va Tinchlik asari qayta nashr qilinadi. Qizig’i shundaki, bu nashr oldingi nashrga nisbatan 30 varaq kam sahifaga ega edi.Savol bunga nima sabab boʻlgan?
Javob. Rus tilida o’tkazilgan islohotlar.
Izoh: o’sha davrlarda ortiqcha belgi va harflar yangi alifboga kiritilmagan. Urush va tinchlik esa eski rus tilida yozilgan.

2135. Navoiyning Farhod va Shirin dostonida Ularning xizmatini Vatan Himoyachilari hizmatiga tenglashtirgan. Savol: Navoiy bu qadar sharaflagan kasbdagi kishilar kimlar?
Javob: Savdogarlar

2136. XVIII asrda Angliyada nimaga quyidagicha ta’rif berilgan: ikkita pistolet va bitta kofe?
Javob: Duel

2137. Meksikada notinch hududda joylashgan cherkov rohibi aholini turli xil voqealardan: otishma, begona odam mashina yoki hammayoqda tinchlik kabi vaziyatlar haqida xabar berishni antiqa yo’lini o’ylab topdi. Bunga yechim keltirilganda qaysi qurilma tilga olinishini ayting?
Javob. Svetafor
Izoh: Maxsus xizmatlar asosan qizil, sariq va yashil ranglaridan foydalaniladi. U rohib cherkovga kelgan odamlarni otishmadan, okrugdagi shubhali odam yoki mashinadan, tinchlik ekanligidan xabardor qilish maqsadida svetofor o’rnatgan ekan.

2138. Inglizlarda bir hazil gap bor ekan: o’qituvchi o’zining sobiq o’quvchisini ko’rib qolibdi, biroz suhbatdan so’ng o’quvchisidan hozir nima ishlar bilan shug’ullanayotganini so’rabdi. O’quvchisining javobidan so’ng essiz yoshligingda sen juda rostgo’y bola eding. Bu soha senga unchalik to’g’ri kelmabdi degan ekan. savol.o’quvchi qaysi soha bilan shug’ullanayotgan?
Javob. Ob-havo ma’lumotlari

2139. Kalamushlar bilasiz har doim insonga zarar yetkazib kelgan. Lekin yaqinda
Tanzaniyada ushbu hayvonlarga yangi bir vazifani o’rgatishdi va ular o’z ishlarini juda yaxshi
bajara olishlari mumkinligini isbotlashmoqda va inson kasbdoshlaridan farqli o’laroq hattoki bir
marta ham xato qilishmayapti. Ularni qaysi kasbga o’rgatishgan?

Javob. Sapyor

2140. Diqqatni jamlaydigan savol. Leonardo Da Vinchi chizgan Florensiyalik bir savdogarning xotinini suratida u ayol chap qo’lida nimani ushlab turibdi?
Javob: o’ng qo’lini. Mona Liza haqida edi

2141. Buyuk kimyogar Lavuaze Germaniya safaridan qaytishda 10 ta shisha idishni og’zini berkitib Germaniya havosidan olib qaytadi. Diqqat Savol. 10 bonka german havosini nima qilmoqchi bo’lgan?
Javob. Unga German havosi emas aksincha shisha idishlari kerak bo’lgan. U paytda shisha idish olib o’tish uchun katta pul to’langan. U esa shu hiylani o’ylab topgan.

2142. Yevropada ilgari qo’l oyog’i singan kishilarni shunday atashgan. Bizda siniqchi yoki soluvchi deyilgan bo’lsa, Yevropada bir nom bilan atashgan. Bu savolni javobini Xl asrdan qidiring. Albatta O’zbekiston hududidan.Diqqat savol. Yevropaliklar siniqchini qanday atashgan?
Javob. Algebristlar

2143. Sergey Petrovich Botkin tibbiyotga ularni ilk bor jalb etgan. Aniqrog’i ularning jamiyatini tashkil etgan. Shundan bo’lsa kerak, Professor Botnik nomi ular uchun qadrli. Savol.Kimlar uchun?
Javob. Hamshiralar
Sanitar hamshiralar jamiyatini tashkil etgan.

2144. U II — Jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alaba sharafiga yodgorlik sifatida barpo etilgan. Uning asosini A. Ayzenshteyn Sharqiy Prussiyaning Allenshteyn shahridan keltirib o‘rnatgan. U nima?
Javob: Toshkent kurantlari

2145. «Zichi Ko‘ragoniy» asarida odatdagi matematik formulalar ham, tenglamalar ham, yulduzlar nomi ham yo‘q, hatto ushbu asarda ulardan birortasini uchratmaysiz. Ular o‘sha paytlarda harflar bilan ifodalangan. Ular nimalar?
Javob: Raqamlar

2146. Bu so‘z ingliz tilida dehqon uyi degan ma’noni bildiradi. Asosan XVI asr oxiri XVII asr boshlarida Angliyada qurila boshlagan, keyinchalik Skandinaviya, AQSh va boshqa joylarda tarqalgan. Bu dehqon uyini biz qanday ataymiz?
Javob: Kottej

2147. Abu Ali ibn Sino Tib qonunlari asarida unga shunday ta’rif beradilar. U gul va boshqa narsalarning ustiga tushadigan, ko‘zga ko‘rinmas shudringdir, u shunday bir bug‘ki, yuqoriga ko‘tarilib, havoda yetiladi va kechasi quyuqlashib pastga tushadi. U nima?
Javob: Asal

2148. U namlik yerni yoqtiradi. Tagim ko‘l bo‘lsin, tanam cho‘l bo‘lsin degan maqol ham borki, buni bog‘bonlar uning tilidan aytishgan. U nima?
Javob: Anjir

2149. Madagaskarda biror jonivor uchalik e’zoz ko‘rmagan. Orolning shimoli-g‘arbida yashovchi Tsimixeti elati uni kuch-qudrat timsoli sifatida etirof etishadi. Uni o‘ldirish juda behosiyat ish hisoblangan. Chunki uni o‘ldirish ajdodlar ruhini ham halok qilishni bildiradi. U qaysi hayvon?
Javob: Timsox

2150. Antik zamonlarda Hind va Ganga daryolari faunalari o’rganilgach Nil daryosining
manbasi Hindistondan boshlanadi degan fikrga kelishgan. Nimalar bu fikrni vujudga kelishiga
sabab bo’lgan?

Javob: Timsox

2151. Uning qulog‘i chinoq bo‘lmasin, oyog‘i oqsoq yo kasal bo‘lmasin salimul a’zosi benuqson bo‘lsin degan shartlari bor. Bu shartlar nimaga nisbatan aytilgan?
Javob: Qurbonlikka so’yiladigan qo’y

2152. Rim huquqiga tartib va to‘plam beruvchi mashhur Yustinian kodeksida ularning sud jarayonidagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida farmon bor. Unda shunday deyiladi Ular guvoh emaslar, ular guvohlardan ham, hatto sudyalardan ham yuqoridirlar Ular kimlar?
Javob: Tabiblar

2153. Yaponiyada ularni dasturxonda ko‘rishsa hech kim ajablanmaydi. Ushbu kunchiqar mamlakatda uni taom sifatida iste’mol qiladilar. Ularni qaynatib, ustiga uksus sepib, ozgina shakar ham solishadi. Shundan keyin qarabsizki shirin va mazali taom tayyor. Umuman, Yaponiyada ular uchun yuzlab retseptlar bor. U nima?
Javob. Xrizantema guli

2154. Rivoyat qilishlaricha, mashhur qadimgi yunon shoiri Iliada va Odisseya dostonlarining muallifi bo’lgan Gomer dengizchilar bergan topishmoqni topa olmaganiga chidolmay o’zini osgan ekan. Uzoq safar oldidan dengizchilar shunday deyishar ekan.
Topsam – daf etaman
Topmasam o’zim bilan olib ketaman.
Dengizchilar nimani nazarda tutishgan?

Javob. Bit burga

2155. Rossiyadagi uy muzeylarining birida 1910 yili temir yo’l vrachining tibbiy hulosasi yozilgan varaqa saqlanadi. Unda passajirning ismi sharfi bilan 12-poezdning passajiri edi deb yozib qo’yilgan. Diqqat savol Passajir kim edi?
Javob: Lev Tolstoy

2156. Mo’jiza daraxti bog’bon 25 ta olma va 30 ta nok yetishtirdi. Har kuni u 2 ta meva uzadi va shu zahoti daraxtning qaysidur shoxida bitta meva paydo bo’ladi. Agar bir xil meva uzilgan bo’lsa, olma paydo bo’ladi. Agar har xil meva uzilgan bo’lsa nok paydo bo’ladi. Diqqat savol oxirida daraxtda qanday meva qoladi. Izoh bilan aytib bering?
Javob: olma
Izoh: har xil qilib uzilganida oxrida nok qoladi va noklar uzilganidan so’ng olma paydo bo’ladi

2157. Amir Temur qo’shinlari asosan otliq qo’shindan iborat bo’lgan va otliq jangchilar aksariyat janglarda hal qiluvchi kuch hisoblanishgan. Shu bois qo’shinda otlarga qarash borasida katta tajriba toplangan. Jumladan ular bir tadbirni bajarish orqali otlar yurak qismida sanchiq turib tezda safdan chiqishidan saqlab qolishgan. Bu qanday tadbir edi?
Javob. Otlarni suvga qondirib sug’orishmagan

2158. Avstriya Alp tog’lari chang’ida uchish uchun eng yaxshi joylardan hisoblanadi. Lekin har yili 150 mingga yaqin odam qo’l va oyoqlarini sindirib oladi. Bunday holatlarni kamaytirish maqsadida muttasaddilar bir qaror chiqarishadi va ma’lum darajada turistlarni qo’l va oyoqlari sinishini oldini olishdi. Diqqat savol. Mutasaddilar qanday antiqa qaror chiqarishgan?
Javob: Gipsga soliq solishgan

2159. Sendvich bu yegulikni yengiltabiat ingliz Lord Sendvich nomi bilan bog’lashadi. U ertayu kech qimorxonalarda qolib ketib, qorni ochganida bir bo’lak non ustiga go’sht qo’ydirib olib kelib, yeb kun o’tgazgan. So’ngra go’sht ustidan yana bir bo’lak non qo’yishga majbur bo’lgan. Non qo’yishga kim uni majbur qilgan?
Javob: Sheriklari. Kartani yog’ qilib tashagani uchun.

2160. Bu inson 1646 yili tug’ilgan. U diplomat, tarixchi, faylasuf, kimyogar, tibbiyotchi, mexanik va lingvist bo’lgan. U matematikada differensial hisoblash taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan. Norbert Viner u haqda yozarkan, agar kibernetikaning otasi kim deb atash mumkin bo’lsa, aynan uni shunday atash kerak degan. Savol bu kim?
Javob: Vilgelim Leybnits

2161. Tasavvur qiling, XIX asr oxirlari o’zbek xonadonidasiz. Negadir deraza oldilariga va eshik oldida katta-kichik suv to’ldirilgan ko’zalar terib qo’yilgan. Bundan ikkita maqsad ko’zda tutilgan.
Birinchisi: erkaklarga bu xonada qizlar yig’ilib, g’azalxonlik qilayotganlarini bildirib qo’yish bo’lgan va buni ko’rgan erkaklar u xonadan uzoq yurganlar.
Savol: ikkinchi maqsad nima bo’lgan?

Javob: Ichkaridagi ovozni iloji boricha tashqariga eshitilmasligi uchun.
Izoh: Suv ovozni yutish xususiyatiga ega ekanligini o’sha paytda ham ajdodlarimiz juda yaxshi bilishgan.

2162. XX asrning birinchi yarmida faoliyat yuritgan mashhur botanik, biolog olim Michurinning bir iborasini eshitgan bo’lsangiz kerak: «Biz tabiatdan in’om kutib o’tira olmaymiz, biz uni tabiatdan tortib olamiz!»
Diqqat savol: Michurinning sohasidan kelib chiqib aytingchi, u bu ibora bilan nimani nazarda tutgan?

Javob. O‘simliklarni payvandlash

2163. Sharren ismli odamning rus adabiyotiga umuman aloqasi yo’q, lekin shunday bo’lsada, ko’pchilik uni rus adabiyotiga bog’laydi.
Savol: Sharrenning familiyasini xoh o’zini, xoh tarjimasini ayting?

Javob: Peace.
Izoh: Warren Peace.
Eshitilishi Tolstoyning «Urush va tinchlik» (War and Peace) asariga o’xshaydi

2164. Bundan yuz yillar oldin, bir kasbning haqiqiy ustalari o’z «asarlar» ining sifatli chiqishida mushuklar yordamidan foydalanishgan. Mushuklar o’rnini hozirgi kunda bir qurilma egallagan.
Diqqat Savol: Bu kasb egalarini aytling?

Javob. Fotograflar

2165. Mustaqillik bayram payti, Bolinas hamda Stinson Bichni ajratib turadigan kanal ikki chetida, BU to kimdur kanalga tushmagunicha davom etadi. Galitsiyaliklar BUNI «cable de guerra» deb atashadi. Endi savol.
Endi siz menga uning o’zbekchasini ayting?

Javob: Arqon tortish

2166. Ba’zi Tailandliklar o’z xonadonlarini yilning mart oyidan avgust oyigacha ma’lum bir katta miqdordagi pul ishlab olish ilinjida «ijaraga» beradilar.
Savol. Bu «ijarachi»larning qaysi xizmati Tailandlik uy egalariga daromad keltiradi?

Javob. Qaldirg’ochlar in qurishadi.
Izoh: Ijarachilar-qaldirg’ochlar bo’lib, ularning qurgan inlaridan tansiq taom sho’rva tayyorlaydilar. Inning bir kilosi salkam 1,5 dollarda narxlanadi.

2167. Sharq donishmandligiga ko’ra, insonlar bahslashishsa, ularning qalblari uzoqlashib, oralarida ulkan masofa paydo bo’lar ekan. Shu sababdan ham bu masofani bartaraf qilish uchun ular bu ishni qilishar ekan.
Savol.Bu ishni qilishganini toping?

Javob: Baqirish.
Izoh. Bahs janjalga aylangach, bir-birlariga baqirib gapirishlari nazarda tutilgan.

2168. Ularga bo’lgan talab Rus armiyasida 1808-yilda Finlyandiyaga qarshi harbiy harakatlar boshlangan davrda paydo bo’ldi. Ularni asosan uchinchi chorakda ishlatishadi.
Gap nima haqida bormoqda?

Javob: Chang’i

2169. 1989-yili Yaponiyada turistlar oqimi keskin pasayib ketdi. Bunga sabab Yaponiya imperatorining vafoti edi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra shu yili yana bir ko’rsatkich ancha kamayib ketdi. Bunga sabab ham imperator vafoti edi.
Savol.Imperatorning o’limi yana nimalarning sonini kamaytirdi?

Javob: To’ylar soni kamaygan

2170. A. Mironenkoning yozishicha, urushdan keyingi davrlarda ko‘p o‘quvchilarda daftar, siyoh bo‘lmagan. Ular sifatsiz qog‘ozga ko‘mir eritmasi bilan yozishgan. Yozuv yaltirashi uchun eritmaga nimadir qo‘shishgan. Qo‘shimcha miqdori oshib ketishi bu varaqni ishdan chiqargan. O‘quvchilar ko‘mir eritmasiga nima qo‘shishgan?
Javob: Shakar

2171. “Ehtimol, Tangri Uni yaratganda, odam daraxtlarga kulib, xursand bo‘lib qarasin degandir”. Ikkinchi bir hazilomuz fikrda esa uni Alloh emas, insonlar yaratgan deyiladi. Savol Uni toping?
Javob: Sahro

2172. Yevropa davlatlarining birida sug’urta kompaniyasining reklamasida: sug’urta plani barcha sug’urtalarni o’z ichiga olgan edi, ya’ni hayot, sog’lik, uy va avtomashinani. Reklama plakatida esa barcha sug’urtalar ULAR qiyofasida tasvirlangan bo’lib, biri shifokor halatida, boshqasi yonida bolasi bor ayol ko’rinishida va hokazo holatda tasvirlangan edi.
Savol.Ularni toping?

Javob. Matryoshkalar
sug’urta plani matryoshkalarga o’xshab, o’z ichiga barcha narsalarni olgan edi.

2173. Hind afsonasida yozilishicha Shivaning uchinchi ko’zi uning xotini Parvatining bir yoqimli odati tufayli paydo bo’lgan ekan. U bu ishni qilishi bilan Shivaning peshonasida uchunchi ko’zi paydo bo’lgan.
Savol.Parvatining yoqimli odati nima edi?

Javob: Ko’zini qo’llari bilan berkitgan

2174. XX asrni boshlarida tug’ilgan olim Fred Xoyl yoshligida judayam ko’p maktabdan qolgan. O’qishni esa u X lardan o’rgangan ekan. Ba’zida X lar musiqiy notalardan ham iborat bo’lgan.
Savol. X ni bitta so’z bilan ayting?

Javob: Subtitr

2175. Hazrati Umar xalifa bo‘lganlarida bir sodiq insonlarini yonlariga chaqirib shunday deydilar: Men senga har kun bir tilla tangadan berib boraman evaziga esa sen har kuni yonimga kelib, “o‘lim bor Umar” deb aytib ketasan. U inson rozi bo‘ldi va bu ishni Hazrati Umar aytganlaridek qilib bajardi. Kunlardan bir kun esa Hazrati Umar bu ishni qilishni to‘xtatishni aytdilar. Bunga nima sabab bo‘lgan?
Javob: Sochlariga birinchi oq tushgan !

2176. U ilk bor Germaniyada XVI asrda paydo bo’ldi. Hozirgi davrda deyarli butun mamlakatlarda juda mashhur hisoblanadi. U hech qanday foyda keltirmasada juda qadrlanadi. Unga bag’ishlab juda ko’plab she’rlar, qo’shiqlar yaratilgan. Eng qiziq ma’lumot esa 2001-yilda U Braziliyada 80 metrgacha yetib rekord natijani ko’rsatib Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Diqqat savol: Uni toping?

Javob: Yangi yil archasi

2177. Parijda o’ziga xos stressni oladigan do’kon mavjud. Shuni ta’kidlash joizki, do’kon kirish eshigi oldida quyidagicha e’lon bor: «Sotib olish mumkin, olib ketish taqiqlanadi!».
Endi savol. Bu yerda nima sotiladi?

Javob: chinni va sopol idishlarni sotib olib sindirish uchun

2178. Odatda ular el orasida obro’ e’tiborli , tag – tugli , oqilu fozil kishilardan tanlab olingan. Chunki ularning vazifasi og’ir , ma’suliyatli, gap so’zlari mantiqli , ishonarli , tosh bosadigan , zalvorli bo’lmog’i lozim.Ular ishiga ko’ra ikkita hayvon nomidan foydalanishadi. Ular kimlar ?
Javob: Sovchilar
Izoh: Sovchilik natijasiga ko’ra bo’ri yoki tulki deb qaytishadi

2179. Mashhur rus adiblari Ilf va Petrov AQSH bo‘ylab sayohat davomida shu gaplarni yozib qoldirgan: “Ularning ba’zilari qo‘lini osmonga ko‘tarib ibodat qilishardi, ba’zilari quchoqlashardi, ba’zilari bola boqishardi, ba’zilari esa mag‘rur turishardi. Ular hindu qabilalari kabi yashaydi, biri bor joyda ikkinchisi mavjud bo‘la olmaydi.” Savol.Ilf va Petrov nimalarga shunday ta’rif bergan?
Javob: Kaktuslar

2180. Dunyoda shunday joy borki u joyda bir yilda bir bora oy shulasining nuri tushadi va u joyda hayot jonlanadi u qaysi joy?
Javob: Makkayu Madina

2181. Ushbu shotlandiyalik yozuvchining eng mashhur asari 1883 yilda nashrdan chiqqandan so‘ng, u mushtariylardan juda ko‘plab xatlar qabul qiladi. Bu xatlarning aksariyatida bir yerning joylashgan joyi so‘ralgan edi. Diqqat savol, qayerning?
Javob: Xazinalar orolining

2182. XV asrda ingliz ayollarida shunday irim bo‘lgan: Agar non orqasi bilan ag‘darilib qolsa, uni zudlikda o‘nggiga o‘girib qo‘yish kerak. Diqqat savol, bu ayollarning erlari kimlar bo‘lishgan?
Javob: Dengizchilar

2183. “101 dalmatin” filmi o‘zining raqamlari bilan hayratga soladi. Uch yil davomida 300 nafar rassom 1 218 750 qalamdan foydalanishgan. 1 000 dan ortiq ranglardan foydalanilgan. Erinmagan statistiklar X larni ham sanashgan. Jami X larning soni 6 469 952. Savol: X ni ayting.?
Javob: Itlardagi dog’lar

2184. 2011-yili AVD Arena joylashgan ko‘chaning nomi uning nomiga o‘tkazildi. Albatta mahalliy muhlislar bu ishdan juda xursand bo‘lishdi. Sababi ularning sevimli qahramonlari doimo birinchi bo‘lishga harakat qilardi. Afsuski, u ko‘p vaqtini ikkinchi yoki uchinchi bo‘lib o‘tkazgan, shu sababli ham unga bu narsa juda kuchli ta’sir qilgan, ruhiy jihatdan u sinib qolgan.
Diqqat Savol. Kim u?

Javob: Robert Enke

2185. <<Deyli telegraf» gazetasining 1976 yil 29 iyul sonida «Qanday qilib omadsiz bo‘lib, xech narsa qilmaganlik uchun pul olinadi?» sarlavxasi ostida material chop etilgan. Bu maqola kimlar xaqida edi?
Javob: Tilanchilar haqida.

2186. Bilamiz Haj safariga ketish oldidan 2-3 marta masjidda domla nutq so’zlaydilar . Ketish oldidan bo’lgan so’nggi yig’ilishda domla Safar o’g’ir bo’lishini , u yerlar juda issiqligini aytdi va iloji boricha cho’ntaklaringga IKS dan ko’p solib olinglar dedilar. Domla IKS deb nimani aytgan ?
Javob : SABR
Izoh : Tabiiyki yo’l ham uzoq , 50-60 gradus issiqda amallarni bajarish uchun esa kuchli sabr talab qilinadi !

2187. Bir rivoyatga ko’ra, xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar, shunda …. nechta hayvon suvdan o‘tdi va ular nimani atab berishdi?
Javob: Muchal, 12 ta hayvon suvdan o’tgan.

2188. 1921 yilgacha ishonchli bo‘lgan shahar birdaniga nomini o‘zgartiradi. 1997 yilga kelib o‘z o‘rnini oq qabrga bo‘shatib berdi. Bu voqealarning barchasi qaysi davlatda sodir bo‘ldi?
Javob: Qozog‘iston

2189. Turli asarlarda gulob ichimligi to’g’risida gap boradi uni hatto Navoiyning sevgilisi gulob ichimligiga zahar qo’shganda vafot etgan deyishadi.Diqqat savol gulob ichimligi qaysi o’simlikdan tayyorlanadi?
Javob: Jaydari oq atirguldan tayyorlanadi

2190. Etnograf G.P.Snesarev Xorazm vohasining o‘tmishi haqida yozarkan, bu hususda shunday deydi: «Hamma informatorlar bu kasb egalarini «gunohkor» ekanliklarini tushuntiradilar.Qachonlardir ularni el-yurtdan ajratib,yakkalab qo‘yish,ular o‘lganda esa umumiy mozordan chekka joyga qo‘yish odati mavjud bo‘lganligini ma’lum qiluvchi dalillar ko‘p…».Bunchalik xalq nafratiga duchor bo‘lgan kasb vaillarini ayting?
Javob: Zargarlar

2191. U 13 yoshligida skripkada Bax, Motsart kabi atoqli kompozitorlarning asarlarini mahorat bilan chalardi. Hamma uni «mohir skripkachi bo’lib yetishadi» deb o’ylardi. Ammo u umuman boshqa sohada tanildi. Diqqat savol: U kim edi?
Javob: Albert Eynshteyn

2192. «Ramayana» ni o’qiganmisiz ? Bu eposning davomi borligini bilasizmi ? Unga ko’ra RAM SITA ning xali ham pokligini isbotlashni talab qiladi . Shunda bundan jaxli chiqqan SITA : Ey ona yer , men shuncha yil erimga vafodor va nomusimni saqlagan bo’lsam , meni o’z bag’ringga ol deydi . Yer yorilib SITAni o’z bag’riga tortib ketayotganida RAM uni ushlab qolishga urinadi, biroq eplay olmaydi, SITA qo’lidan chiqib ketadi. Buning natijasida odamlarda «ULAR» paydo bo’lgan deyishadi. Diqqat savol : Ularni ikki so’z bilan ayting ?
Javob : Kaftdagi chiziqlar
Izoh : RAM SITAning sochlaridan tutib qolishga intiladi. Shu darajada ushlaydiki sochlari kaftida iz qoldiradi )

2193. Ertaklarga ishonasizmi ? Shaxsan men «BU» voqeadan so’ng ishonadigan bo’ldim ! Ertak qaxramonlari «9» va «26» ! Asosiy qahramon esa «ITALIYA» , Diqqat savol: meni ertaklarga ishonishga undagan bu qahramonlar kim va Ertak nomini ayting ?
Javob : 9- Jeymi Vardy , 26-Riyod Mahrez , Asosiy qaxramon esa : Caludio Ranieri )) ?
Izoh : Outsayder jamoa Leicter kutilmaganda chempion bo’lishi ! Bu «Ertak» deb nomlangandi )

2194. Xonliklar davrida sotqin va xoinlar ko’payib ketgan davr bo’lgan.Chet ellik razvedkachilarni tanib olishlari qiyin bo’lgan.Bir kuni saroyda ziyofat bo’layotgan payt xonning bir aqilli vaziri oralarida chet ellik razvetkachi borligini va kim ekanligini aytadi.savol qanday qilib bilib qoladi?Yordam sifatida shuni aytamanki uni chet ellik ekanligini musiqa eshitayotganliklarida bilib qoladi?
Javob: O’rta Osiyoliklar xususan O’zbeklar musiqani chayqalib eshitishadi. Chet elliklar esa oyog’ini qimirlatib musiqa tinglashadi.Aqilli vazir ana shundan tanib qoladi

2195. Ular jami 4 ta. Shundan birinchisida 20 ta bo‘lsa ham u bosiq, ikkinchisida bor yo‘g‘i 9 ta, lekin u osmonni boshiga ko‘taradi, uchinchisida bor-yo‘g‘i 5 ta va u sharqona kamtarinlikni namoyon qiladi, to‘rtinchisida 10 ta va u eng yuqorida turadi. Siz menga ushbu to‘rtlikni emas, ularda nima shunchadan ekanligini ayting?
Javob: Dengizlar.
Izoh: Gap okeanlar haqida ketmoqda: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy muz okeanlari.

2196. Yuliya Rada degan bir yozuvchining «Yotoqxona. Loliti va gumberti» nomli asardagi qahramon barcha mushkul vaziyatlarni pul b.n hal qilishga o’rganib qolgan b.di. Avtorning aytishicha bu qahramonning 3 ta obro’si bor ekan. 1-si «Boy ota(dada)».. 2-si va 3-si??
Javob: 2-Boy ota(dada) 3-Boy ota(dada)

2197. Qadimgi Rimda agar bemor operatsiya paytida vafot etsa, shifokorlarga bir jazo qoʻllanilgan ekan.
Savol: Qanday jazo?

Javob: Qo’llari kesilgan

2198. 000 yil ilgari Yunoniston, hozirgi Ruminga, Ispanya hududlarida qumlik vodiylar bo’lgan. Glаdiatorlar janglari o’tkazila boshlagandan so’ng juda ko’p jangoxlar bunyod etilgan. Ularni maydonlari uchun qumni faqat Yunon dashtlaridan olib kelingan. Diqqat Savol: Jangoxlarga nega aynan Yunoniston qumlari sepilgan?
Javob: Qumlarining rangi qizil bo’lgan va qon rangi sezilmasligi uchun!

2199. Tarixdan ma’lumki, XV asr oxiriga kelib Buyuk geografik kashfiyotlar davri boshlandi. Aynan mana shu hodisa bir kasb egalarining obro’si har qachongidan ham oshib ketishiga zamin yaratdi. Hattoki okean va dengiz osha savdo qiluvchi yirik savdogarlar ham nufuz va boylik jihatidan bu kasb egalaridan ortda qola boshladi. Diqqat Savol: Qaysi kasb egalari so’ralmoqda?
Javob: Konchilar oltin kumush qazuvchilar!

2200. Afinada 1896 yili o’tkazilgan birinchi zamonaviy olimpiada o’yinlarida birinchi o’rinni egallagan atletlar lavr bargi va kumush medallar bilan taqdirlanganlar. Qizig’i, ikkinchi o’rin egalariga bronza medallari topshirilgan. Endi Diqqat savol 3 oʻrin egalariga nima sovrin topshirilgan?
Javob: Hech qanday sovrin berilmagan