23 may kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro sport kurashi kuni.
? Butunjahon toshbaqalar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Tojikiston — Yoshlar kuni.
?? Meksika — Talabalar kuni.
?? Ukraina — Qahramonlar kuni.
?? Ukraina — Dengiz piyoda askarlari kuni.
?? Ozarbayjon — Atrof-muhit va tabiiy resurslar vazirligi kuni.
?? Yamayka — Mehnat kuni.

? VOQEALAR:

  • 1592 — Venetsiyada inkvizitsiya tomonidan italyan faylasufi Jordano Bruno xudosizlikda aylanib qamoqqa olindi.
  • 1618 — O‘n uch yillik urish boshlanishining rasmiy sanasi.
  • 1829 — Vena shahrida Kiril Demyan o‘zining musiqa asbobi — akkordeonni patentladi.
  • 1862 — Front-Royal jangi.
  • 1877 — Rumin qirolligining  Turkiyadan batamom mustaqilligi e’lon qilindi.
  • 1879 — Ivan Turgenev Oksford universitetining fuqaroviy huquqlar doktori unvoniga  sazovar bo‘ldi. Bu sharafga erishgan dunyodagi birinchi yozuvchidir.
  • 1904 — Venada yunon-rum kurashi bo‘yicha birinchi jahon chempionati boshlandi.
  • 1915 — Italiya Avstriya-Vengriyaga urush e’lon qildi va I jahon urushiga kirdi.
  • 1922 — Uolt Disney (Walter Elias Disney) «Laf-o-Gram Filmz» kinokompaniyasiga asos soldi. 
  • 1925 — Gruziyada radioeshittirishlar boshlandi.
  • 1930 — «Komsomolskaya Pravda» gazetasi o’zining birinchi Lenin ordeni bilan mukofotlandi.
  • 1931 — Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li Moskvaning Butirka turmasida otib o‘ldirilgan edi.
  • 1949 — GFR Asosiy qonuni (konstitutsiya) kuchga kirdi.
  • 1984 — Stiven Spilbergning «Indiana Jons-2” filmi premerasi bo‘lib o‘tdi.
  • 1992 — MDH davlatlarining strategik hujum qurollarini cheklash haqidagi Lissabon protokoli imzolandi.
  • 1992 — Namanganda Boborahim Mashrab muzeyi va haykalining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
  • 1996 — Germaniyaning Bonn shahrida ingliz, nemis va rus tilida chop etilgan “Islom Karimov—yangi O‘zbekiston Prezidenti” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
  • 2004 — Sharl de Goll xalqaro aeroportidagi (Parij) E2 terminalining tomi qulab tushdi. 4 kishi halok bo’ldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1052 — Filipp I (1108)- Fransiya qiroli (1060-1108).
  • 1707 — Karl Linney (1778) — Shved tabiatshunosi, o‘simliklar va hayvonot dunyosi tasnifi jadvalini tuzgan olim.
  • 1729 — Juzeppe Parini (1799) — Italyan publitsisti va satirik yozuvchisi.
  • 1844 — Abdul Baho (1921) — eronlik din arbobi, Bahoiylik e’tiqodining asoschilaridan biri.
  • 1891 — Per Fabian Lagerkvist (1939) — shved yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1951).
  • 1908 — Jon Bardin (1991) — amerikalik fizik, tranzistorni yaratgan, ikki marta Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan yagona olim (1956, 1972).
  • 1921 — Anna Morozova (1944) — sovet razvedkachisi, maxfiy josus, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
  • 1921 — Grigoriy Chuxray (2001) — sovet kinorejissyori va ssenariy muallifi, SSSR xalq artisti.
  • 1925 — Joshua Lederberg (2008) — amerikalik genetik olim,  Nobel mukofoti sohibi (1958).
  • 1936 — Toshxo’ja Akromov — kinorejissyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi.
  • 1945 — Mixail Bagdasarov — sirk ijrochisi, hayvon o‘rgatuvchi, Armaniston SSRda xizmat ko’rsatgan artist, RF xalq artisti.
  • 1951 — Anatoliy Karpov — taniqli shaxmat ustasi,12-jahon chemioni, xalqaro grossmeyster.
  • 1959 — Larisa Guzeyeva — teatr va kino aktrisasi, teleboshlovchi, RF xizmat ko’rsatgan artisti.
  • 1972 — Rubens Barrikello  —
    Formula-1  musobaqalarining yetakchi  poygachilaridan biri.
  • 1974 — Manuela Shvesig — nemis siyosiy arbobi.