25 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌐 “Linux” operatsion tizimining tug’ilgan kuni.
🌏 Konserva bankasi tug’ilgan kun.

🔷 MILLIY BAYRAMLAR:

🇫🇷 Fransiya — Parij ozod etilgan kun.
🇵🇪 Peru ‐ Qahva kuni.
🇵🇭 Filippin ‐ Milliy texnologik-kasbiy ta’lim kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy bog’ xizmati asoschilari kuni.
🇧🇷 Braziliya — Askarlar kuni.
🇰🇵 Shimoliy Koreya — Songun kuni
🇺🇾 Urugvay — Mustaqillik kuni.
🇲🇳 Mo‘g‘uliston — Yoshlar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 357 — Rim qo’shinlari Alemanlarni Strasburgda mag’lub etib, ularni ortiga, Reynning u qirg‘og‘iga quvib yuborishda.
  • 1388 — Deffingen jangida Vyurtemberg grafi Eberxard II ning Shvabiya ittifoqi ustidan g’alaba qozonishi.
  • 1580 — Ispanlar Lissabonni egallab, Portugaliyani Ispaniyaga qo’shib olishdi.
  • 1609 — Galileo Galiley yangi uskuna — teleskopni namoyish etdi.
  • 1793 — Fransuz inqilobiy qo’shinlari Marselni egallashdi.
  • 1810 — Angliyalik Piter Durand metal qutilarda ovqatni saqlash jarayonini patentladi.
  • 1825 — Urugvay Braziliyadan o’z mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1906 — Rossiya hukumati rahbari P. Stolipinga suiqasd uyushtirildi
  • 1912 — Xitoyda Gomindan partiyasi tashkil etildi.
  • 1915 — Nemis qo’shinlari Brest-Litovskni egallab olishdi.
  • 1921 — AQSh Germaniya bilan tinchlik shartnomasini imzoladi.
  • 1928 — Albaniya qirollik deb e’lon qilindi.
  • 1941 — Sovet va ingliz qo’shinlari Eronni bosib oldilar.
  • 1944 — Parij nemislardan ozod qilindi.
  • 1960 — Rimda XVII Olimpiya o’yinlari boshlandi.
  • 1968 — Moskvada Sovet Ittifoqining Chexoslovakiyadagi intervensiyasiga qarshi namoyishlar boʻldi.
  • 1969 — Arab davlatlari ligasining Qohiradagi yig’ilishida arablarning Isroilga qarshi muqaddas urushi rejasi qabul qilindi.
  • 1991 — Belarus o’z mustaqillik deklaratsiyasiga konstitutsiyaviy qonun maqomini berdi.
  • 1991 — OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi ixtiyoriga oʻtdi.
  • 1991 — «Linux» operatsion tizimi yaratildi.
  • 1992 — Qirg’izlarning Butunjahon birinchi s’ezdi boʻldi.
  • 2001 — Toshkentdagi Yapon bog’i tashkil topgan kun.
    -2007 — Samarqand shahrining 2750 yil­lik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim oʻtkazildi.
  • 2021 — Moskvada trolleybuslar harakati to‘xtatildi (muzey marshruti Tdan tashqari).

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1530 — Ivan IV Vasilyevich Grozniy (1584) — birinchi rus podshosi (1547-1575 va 1576 yildan).
  • 1767 — Lui Antuan Sen-Jyust (1794)- Buyuk Fransuz inqilobining yetakchilaridan.
  • 1819 — Alan Pinkerton (1884) — Amerikalik izquvar, dunyodagi birinchi detektiv agentlikning asoschisi.
  • 1841 — Emil Teodor Koxer (1917) — Shveysariyalik jarroh, Nobel mukofoti sohibi (1909).
  • 1870 — Sharl Rishe (1935) — Fransuz immunologi va fiziologi, Nobel mukofoti sohibi (1913).
  • 1900 — Xans Adolf Krebs (1981) — Nemis va ingliz biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1953).
  • 1912 — Erix Xonekker (1994) — GDRning so’nggi rahbari (1971-1989).
  • 1916 — Frederik Chapmen Robbins (2003) — Amerikalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi (1972).
  • 1923 — Mamadaliev Fattohxon — Xonanda va sozanda.
  • 1928 — Gerbert Kryomer — nemis fizigi, Nobel mukofoti sohibi (2000).
  • 1930 — Shon Konneri (2020) — Buyuk Britaniyalik aktyor va prodyuser.
  • 1934 — Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy — Eronlik siyosiy va diniy arbob, Eron Prezidenti (1989 -1997).
  • 1946 — Otanazar Matyoqubov — musiqashunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1988), Qoraqalpogiston sanʼat arbobi (2001).
  • 1955 — Hojiboy (Hojimurod) Tojiboyev (2008) — taniqli oʻzbek kino va teatr aktyori, soʻz ustasi, qiziqchi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
    — 1962 — Moʻtabar Tojiboyeva — oʻzbekistonlik mustaqil jurnalist va taniqli huquq himoyachisi,„Oʻtyuraklar klubi“ inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti asoschisi. 
  • 1970 — Klaudiya Shiffer — nemis top modeli, aktrisa, jamoat arbobi.
  • 1987 — Bleyk Layvli — amerikalik aktrisa va model.
  • 1992 — Anjelika Mendi — britaniyalik kinoaktrisa.