25 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro «Salomatlik, baxt va gipnoz» kuni.
? Xalqaro qizil poyabzal kuni.
? Butunjahon cho’kishning oldini olish kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Tojikiston — Avtomobil transporti xodimlari kuni.
?? Filippin ‐ Milliy kampus matbuot erkinligi kuni.
?? Belarus — Yong’in xizmati kuni.
?? Tunis — Respublika kuni.
?? Kosta-Rika — Guanakastiya kuni.
?? Puerto-Riko — Konstitutsiya kuni.
?? Daniya — Isted jangi kuni.
?? Ispaniya — Galitsiya milliy kuni.

? VOQEALAR:

  • 326 — Rim imperatori Konstantin bayram paytida birinchi marta butparastlik sanamlarini olib chiqishdan bosh tortdi.
  • 1139 — Portugaliyalik Graf Alfonso o’zini qirol deb e’lon qildi. Portugaliya qirollikka aylandi.
  • 1139 — Ourike jangi.
  • 1261 — Mixail VIII Paleolog Vizantiya imperiyasini qayta tikladi.
  • 1587 — Yaponiyada nasroniylik taqiqlangan, iezuitlarga 20 kun ichida mamlakatni tark etish buyurilgan.
  • 1593 — Genri Navarrskiy oshkora katolik diniga o‘tdi.
  • 1799 — Napoleon I Abukir jangida turklarga zarba berdi.
  • 1812 — 1812 yilgi Vatan urushi: Ostrovno yaqinidagi jangning boshlanishi (27 iyulgacha).
  • 1814 — Ingliz ixtirochisi Jorj Stivenson bug’ lokomotivining birinchi sinovini o’tkazdi.
  • 1826 — besh nafar dekabristlar qatl etildi.
  • 1909 — Louie Blériot La-Mansh boʻgʻozini 37 daqiqiada bosib oʻtdi.
  • 1930 — SSSRda “Umumiy oʻrta taʻlim” toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
  • 1941 — Fashistlar Vitebskda Getto tashkil qildilar.
  • 1946 — Qo’shma Shtatlar Bikini Atollida suvosti atom qurilmasining sinov portlashini o’tkazdi.
  • 1947 — Pragada 1-Butunjahon yoshlar va talabalar festivali boshlandi.
  • 1957 — Tunisda monarxiya bekor qilindi.
  • 1963 — Buyuk Britaniya, SSSR va AQSh havoda, ochiq kosmosda va suv ostida yadro sinovlarini taqiqlovchi shartnomani imzoladilar.
  • 1973 — “Mars-5” sayyoralararo sovet stansiyasi Baykonur kosmodromidan uchirildi.
  • 1984 — Birinchi ayol kosmonavtning ochiq kosmosga chiqishi. Svetlana Evgenievna Savitskaya «Salyut-7» orbital kosmik stansiyasidan  ochiq kosmosga chiqdi.
  • 1994 — Vashingtonda Iordaniya va Isroil urushining tugaganligi tug’risida Deklaratsiya imzolandi.
  • 2000 — Parij-Sharl de Goll aeroportidan havoga ko’tarilayotgan “Konkord” samolyotining qulashi.
  • 2007 — Pratibha Patil tarixda Hindiston prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol bo’ldi.
  • 2018 — Suriya janubidagi Al-Suvayda shahridagi teraktlar, 200 dan ortiq kishi halok bo’ldi. Mas’uliyatni «Islom davlati» o’z zimmasiga oldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1109 — Alfons I Enrikish (1185) — Portugaliyaning birinchi qiroli (1139-1185).
  • 1734 — Ueda Akinari (1809) — yapon shoiri va yozuvchisi.
  • 1794 — Nikolay Muravyov-Karskiy (1866) — rus harbiy zobiti, diplomat va sayohatchi, imperatorning Kavkazdagi noibi (1854-1856).
  • 1841 — Emil Teodor Kocher (1917) — shveysariyalik xirurg, Nobel mukofoti sohibi (1909).
  • 1855 — Yulian Kulakovskiy (1919) — rus filologi, tarixchi, arxeolog, Qadimgi Rim va Vizantiya tarixi bilimdoni.
  • 1884 — Devidson Blek (1934) — Sinantropning qoldiqlarini topib olgan kanadalik paleontolog.
  • 1894 — Gavrilo Printsip (1918) — Avstriya taxti merosxo’riga suiqasd qilgan serb millatchisi.
  • 1905 — Elias Kanetti (1994) — Avstriyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1981).
  • 1905 — Komil Aliyev (1939) — jurnalist, o’zbek matbuotida fel’etonchilik asoschilaridan bo’lgan.
  • 1912 — Rahmonqul Qurbonov (2012) — SSSR davlat arbobi, O‘zSSR Ministrlar Soveti raisi (1961-1971).
  • 1919 — Xosiyat Azimova — aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1981). 
  • 1929 — Vasiliy Shukshin (1974) — sovet rejissyori, aktyor, ssenariynavis, yozuvchi.
  • 1938 — Oʻktam Usmonov (1990) — yozuvchi, jurnalist.
  • 1950 — Rustam Saʼdullaev — oʻzbek va sovet aktyori, rejissyor.
  • 1956 — Frances Hamilton Arnold — amerikalik kimyo muhandisi va Nobel mukofoti sohibi. (2018)
  • 1967 — Matt Leblan — amerikalik aktyor.
  • 1975 — Yevgeniy Nabokov — rossiyalik xokkeychi (darvozabon), jahon chempioni (2008).