28 oktabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro animatsiya kuni.
🌏 Butunjahon dzyudo kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇲🇾 Malayziya — Bolalar kuni.
🇮🇩 Indoneziya — Yoshlar qasamyodi kuni.
🇺🇸 AQSh — Milliy birinchi tibbiy yordam ko‘rsatuvchilar kuni.
🇻🇪 Venesuela — Muhandislar kuni.
🇺🇦 Ukraina — Ukraina fashist bosqinchilaridan ozod qilingan kun.
🇧🇷 Braziliya — Davlat xizmatchilari kuni.
🇬🇷 Gretsiya — Ohi kuni.
🇨🇿 Chexiya — Mustaqillik kuni.
🇷🇺 Rossiya — Bobojonlar va buvijonlar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 312 — Maksensiyning Konstantin bilan jangi, Mulviyan ko’prigi yonidagi  jang sifatida tanilgan.
  • 1237 — Berlin haqida birinchi eslatma, shaharning tug’ilgan kuni.
  • 1636 — Garvard universiteti tashkil topdi.
  • 1644 — Shotlandiyadagi fuqarolar urushi: Fiva jangi.
  • 1747 — zilzila Perudagi Lima va Kallao shaharlarini vayron qildi.
  • 1886 — AQShda Ozodlik haykali ochildi.
  • 1900 — Parijda Ikkinchi Olimpiya o’yinlari yakunlandi.
  • 1918 — Avstro-Vengriyaning tarqalishi, Chexoslovakiyaning tashkil topishi.
  • 1928 — Turkiya bilan Serbiya-Xorvatiya va Sloveniya davlati o’rtasida Do’stlik bitimi imzolandi.
  • 1929 — birinchi bora chaqaloq samolyot bortida dunyoga keldi.
  • 1944 — Ukraina fashist bosqinchilaridan ozod qilingan kun.
  • 1968 — O’zbek drama teatri tashkil topgan.
  • 1971 — Buyuk Britaniya o’zining birinchi sun’iy yo’ldoshini uchirdi.
  • 1971 — Sirdaryo shahriga asos solindi.
  • 1995 — Bokuda metro elektropoezdidagi yong’in 289 kishini hayotdan olib ketdi.
  • 2007 — Argentinadagi prezidentlik saylovlarida ilk bora ayol kishi — Kristina Kirshner g’alaba qozondi.
  • 2009 — Kobulda (Afg’oniston) va Peshovarda (Pokiston) teraktlar.
  • 2011 — 6 yillik rekonstruksiyadan so’ng Moskvada Bolshoy teatri ochildi.

     👉 TAVALLUDLAR:
  • 1469 — Erazmus Rotterdamskiy  (1536) —  golland faylasufi, gumanist, Shimoliy Uyg’onish davrining eng yirik olimi.
  • 1818 — Turgenev Ivan Sergeevich (1883) – rus yozuvchisi.
  • 1886 — Isakava Takuboku — Yapon shoiri, yozuvchi.
  • 1909 — Frensis Bekon (1992) — ingliz avangard rassomi.
  • 1914 — Richard Lourens Millington Sing (1994) — ingliz biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1952).
  • 1914 — Jonas Edvard Solk (1995) —  poliomiyelitga qarshi emlashni ishlab chiqqan amerikalik shifokor.
  • 1930 — Berni Ekklstoun — biznesmen, Formula-1 poygalari egasi.
  • 1933 — Garrincha (1983) — Braziliyalik afsonaviy futbolchi, ikki karra jahon chempioni.
  • 1955 — Murodov Mansurjon — ganchkor, O’zbekiston xalq ustasi (2001)
  • 1955 — Bill Geyts — Microsoft bosh direktori, ko’p yillar davomida sayyoradagi eng boy odam.
  • 1956 — Mahmud Ahmadinajod — Eron prezidenti (2005-2013).
  • 1963 — Eros Ramazzotti — italiyalik qo’shiqchi.
  • 1967 — Julia Roberts — amerikalik kinoaktrisa.
  • 1972 — Xoja (Choriev Norxo’ja) — shoir va faylasuf.
  • 1979 — Joved Karim — German-Amerikalik internet-tadbirkor, hamda, YouTube asoschisi. U YouTube sahifasiga video yozuv yuklagan birinchi odam hisoblanadi.