29 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT — Xalqaro yadro sinovlariga qarshi kurash kuni
🌏 Mototsikl tug’ilgan kun

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇳 Hindiston — Milliy sport kuni, “Onam” hosil bayrami.
🇰🇿 Qozog’iston — Semipalatinsk yadro poligonining yopilish kuni.
🇷🇺 Rossiya — Rossiya IIV ichki ishlar qo’shinlari maxsus bo‘linmalari kuni.
🇺🇸 AQSh — Inson huquqlari kuni.
🇸🇰 Slovakiya — Slovakiya milliy qo‘zg‘oloni kuni.
🇺🇦 Ukraina — Halok bo’lgan Ukraina himoyachilarini xotirlash kuni.
🇯🇵 Yaponiya — Qovurilgan go‘sht kuni.
🇦🇷 Argentina — Advokatlar kuni, Daraxt ekish kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1030 — Boku yaqinida ruslar Shirvan shohi Manuchix I ibn Yazidning lashkarini mag‘lubiyatga uchratishdi.
  • 1191 — Angliya qiroli Richard I ning buyrug‘i bilan  Akre shahrida (Falastin) salibchilar asirlikda bo‘lgan uch ming musulmonni qatl qildilar.
  • 1526 — Turklar Vengriyani bosib oldilar.
  • 1533 — Ispanlar oxirgi Inka imperatori Atahualpani bo‘g‘ib o‘ldirdilar.
  • 1698 — Buyuk Pyotr o‘z fuqarolariga soqollarini olishni va Yevropa kiyimlarini kiyishni buyurdi.
  • 1756 — Buyuk Fridrix Saksoniyaga bostirib kirdi.
  • 1758 — Nyu-Jersida birinchi hindu rezervatsiyasi tashkil etildi.
  • 1793 — Santo-Domingoda qullik bekor qilindi.
  • 1825 — Portugaliya qiroli Djon VI Braziliyaning mustaqilligini tan oldi.
  • 1831 — Ingliz fizigi Maykl Faradey elektromagnit induksiya hodisasini kashf etdi.
  • 1842 — Nankin shartnomasi
    Birinchi afyun urushini yakunlab berdi.
  • 1883 — kanadalik ixtirochi va tadbirkor Tomas Ahern Ottavada birinchi elektroplitani namoyish qildi.
  • 1885 — Gotlib Daymler mototsikl uchun patent oldi
  • 1905 — Portsmut shartnomasi imzolandi (1904-1905 yillardagi Rus-Yapon urushi tugadi).
  • 1907 — Kvebek koʻprigi qulab tushdi.
  • 1910 — Koreya yapon koloniyasiga aylandi.
  • 1926 — Nepalda qullik bekor qilindi.
  • 1946 — Shvetsiya, Afg‘oniston va Islandiya BMTga qabul qilindi.
  • 1949 — SSSRda atom bombasi sinovi.
  • 1967 — 150 ga yaqin misrlik ofitserlar Misr prezidenti Nosirni ag‘darishga tayyorlanishda ayblanib hibsga olindi.
  • 1975 — Oqqush yulduz turkumida yangi supeyulduz paydo bo‘ldi.
  • 1982 — Darmshtadt (G‘arbiy Germaniya) olimlari Mendeleyev davriy sistemasining 109-elementi — meytneriy topilganligi haqida xabar berishdi.
  • 1991 — Qozog‘istondagi Semipalatinsk yadro poligoni yopildi.
  • 1996 — «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi.
  • 2003 — «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1632 — Jon Lokk (1704) — ingliz faylasufi va ma’rifatparvari, bilimning empirik nazariyasi muallifi.
  • 1780 — Jan Avgust Dominik Engr (1867) — fransuz rassomi.
  • 1862 — Mauris Maeterlink (1949) — belgiyalik yozuvchi, dramaturg, Nobel mukofoti sovrindori (1911).
  • 1876 ​​- Charlz Kettering (1958) — amerikalik muhandis, ixtirochi va tadbirkor.
  • 1904 — Verner Forsmann (1979) — nemis jarrohi va urologi, yurak kateterizatsiyasi usuli mualliflaridan biri, Nobel mukofoti sovrindori (1956).
  • 1907 — Lyudmila Glazova (1981) — sovet kinoaktrisasi.
  • 1915 — Ingrid Bergman (1982) — shved kinoaktrisasi, uchta Oskar mukofoti sovrindori.
  • 1934 — Joʻldosbek Quttimurodov — haykaltarosh, qoraqalpoq haykaltaroshligi asoschisi, Oʻzbekistonda (1982) va Qoraqalpogʻistonda (1970) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi.
  • 1958 — Maykl Jekson (2009) — amerikalik qo’shiqchi, raqqos, bastakor, «pop qiroli».
  • 1958 — Olga Zarubina — rus sovet qo’shiqchisi va aktrisasi.
  • 1971 — Karla Gudjino — amerikalik aktrisa.
  • 1976 — Abduqodir Toshqulov — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri.
  • 1982 — Marina Aleksandrova — rus teatr va kino aktrisasi.
  • 1989 — Rustam Sultonov — yunon-rum kurashchisi, 82 kg gacha vazn toifasida.
  • 1994 — Firuza Sharipova — qozogʻistonlik professional bokschi, WIBA chempioni (2019).
  • 2000 — Nilufar Yoqubboeva — oʻzbekistonlik shaxmatchi. Xalqaro darajadagi ayol master (2020).