32-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

3101. 36 yoshdagi onaning yoshi 4 ta bolalari yoshlari yig’indisidan 3 marta ortiq. Necha yildan keyin onaning yoshi bolalari yoshlarining yig’indisiga teng bo’ladi?
Javob: 8 yil
Izoh:
1+2+3+6=12
12•3=36
9+10+11+14=44
36+8=44
44=44

3102. Bu narsadan Italiyada OITS kasalligiga chaligan insonlargina foydalanishar ekan. Ammo bizda umuman boshqacha bizda bu narsadan moda sifatida foydalanish urfga kirdi. Qolgan joylarni bilmadimku ammo Toshkent shahrida juda urf bo’ldi bu narsadan foydalanish.(2-3 yil oldin)
Yana shuni aytishim mumkin meni bu narsadan foydalanganimni ko’rgan «uzbek tigers» sardori shunday degan edi huddi ularga o’xshaysizlar.
Diqqat savol nima o’xshashimizni emas gap nima haqida ketayotganini aniq ayting?

Javob: qora niqob ( maska)

3103. Musulmonchilikni da’vosini qilgan har bir banda, xoh yosh bo’lsin xoh qari bo’lsin, xoh ayol bo’lsin xoh erkak bo’lsin 4 ta narsani tarixini bilishi shart.
1. Qur’onni tarixi
2. Islomni tarixi
3. Kabani tarixi
4. Payg’ambar Muhammad s.a.v ning tarixini.
Uni bilgandek bilishi shart.
Diqqat savol uni deganda inson kimni bilgandek bilishi kerak?

Javob: Ota-onasini

3104. Bu davlat qanchalik qudratli bo’lmasin. Ammo XVIII asrgacha o’z bayrog‘iga ega bo’lmagan. Faqatgina XVIII asrga kelibgina o’z rasmiy bayrog‘iga ega bo‘lgan.
Diqqat savol bu qaysi davlat?

Javob: Rossiya (Sssr)

3105. Bu shaxs qanchalik mashhur bo’lmasin uning asl yuz ko’rinishini hech kim aniq ko‘rmagan. Sababi uning bizgacha hech qanday surati yetib kelmagan. Diqqat savol o’sha mashhurni toping?
Javob: Uiliyam Shekspir

3106. Bu shaxs u yerga birinchi qadam bosgan shaxs hisoblandi. Hayratlanarlisi shundaki u shaxs u yerdan qaytgach islom dini qabul qilgan.
Diqqat savol qaysi shaxs haqida gap ketmoqda?

Javob: Nil Armstrong

3107. Bu so’z yunonchadan olingan bolib «bosh shahar, poytaxt» ma’nolarini beradi. Dastlab Angliyada paydo bo’lgan. Keyinchalik boshqa davlatlarga tarqalgan. 1935 yildan Rossiyaga kirib kelgan. Bugungi kunda Angliyada inglizcha, Rossiya. Federatsiyasi va O‘zbekistonda esa bir xil aytiladi. Bu nima?
Javob: Metro
Izoh: inglizchada underground

3108. Muhammad Yusuf har bir davr fojeasini hayiqmay yozardi. Afg’on urushi musibatlarini shunday mahzun satrlarda ifoda qildi:
Yigit yo’li bo’lmas xatarsiz,
Biz o’ylardik, bir kelib qaytarsiz.
Temir tobut ichra qaqshab yotarsiz,
U yerda o’lib qaytgan bolalar.
Diqqat savol u yer qayer?

Javob: Askarlik (armiya javobi ham qabul)

3109. Obid Asomovni hazillaridan bir parcha.
G’iybat qilishmasku oldinlari O’zbekston paxta ishlab chiqarardi. Hozirgi kunda X ishlab chiqarmoqdan. Obid Asomov bu hazilda O’zbekston hozirgi kunda nima ishlab chiqarishini aytgan?

Javob: Artist ishlab chiqarmoqda degan edi.
Naqadar haq gap.
Ilohim joylari jannat bo’lsin

3110. Fitrat shunday degan edi:
«Haqiqat undan tug’iladi» Fitrat u deganda nimani ta’riflaganini emas. Balki u bilan shug’ullanuvchilarni biz kim deb atashimizni aniq ayting?

Javob: U tanqid. U bilan shug’ullanuvchilar esa Tanqidchilar hisoblanadi.

3111. Sensiz qolgan hayollarim ko’pirib
Nechuk uni sog’inch domi yutmaydi?
Axir endi darvozamda shoshilib
Oq ko’ylakli u kutmaydi.
Diqqat savol u kim?

Javob: Sinfdosh

3112. Qiziq fakt
Vino ustiga yozilgan sana bu vinoning qachon ishlab chiqarilganini bildirmas ekan. Diqaat savol unda bu sana nimani bildiradi?

Javob: Uzum yig’ib olingan vaqtni bildirar ekan

3113. 1950-yil FIFA aynan bir ish uchun ruxsat bermagani tufayli Hindiston terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok eta olmay qaytib ketishga majbur bo’lishadi.
Diqqat savol: FIFA aynan qanday ishga ruxsat bermagan?

Javob: FIFA Hindistonni maydonga oyoq kimsiz o’ynamaslikga ya’ni butsa kiyib tushishini talab qilgan.

3114. Savolda ajoyib so’z o’yini bor.
Armiyachilar Qirolni taxtdan ag’darishdi. Bir marta emas naxt ikki marta. Birinchi marta Qirol Armiyaga tashrif buyurganda ularni oldida yaxshigina to’siq turgani haqida ogohlantirilgan edi. Ammo Qirol bunga e’tibor bermadi. Keyin Armiya o’zi Qirol makoniga bostirib bordi. Bu safar Qirol ularni yaxshi kutib oldi ammo bosh vazirsiz. Qirol o’tgan safargi ogohlantirishdan yaxshi xulosa chiqarmay katta xatoga yo’l qo’ydi. Armiya bu safar qirolni chinakamiga taxtdan ag’dardi. Diqqat savol: Armiya va Qirolni aniq ayting?

Javob: Armiya- Sska
Qirol-Real Madrid.
Bosh vazir bu Ramos yani jamoa sardori. Osha oyinda u maydonga tushmagan edi

3115. 2014-yil U kulib shunday degan edi: Hozir dard bilan kurashayapman va 2:0 hisobida oldinda borayapman. Ammo o‘sha mag’lub bolib turgan dard uni mag’lub etadi. U Pele-Maradona qila olmagan ishlarni qilgani bilan mashhur. Uni ko‘rganlar aytishadi. U futbolga Maradona va Peledan ko‘ra ko‘proq narsa bera oldi.
Diqqat savol U kim?

Javob: Yohan Kruyf

3116. Qohiradagi Al-Azxar universiteti dunyoda eng yirik oliy o’quv yurtidir. Ushbu muassasada yigirma bir ming talaba tahsil oladi. Kirish imtixonida har bir kiruvchidan Qur’onni yoddan aytib berishni talab qilinadi. Bu kitobni ovoz chiqarib o’qishga 3 kun vaqt ketadi!
Arab talabalari ishonish qiyin bo’lgan ishni qanday uddalagan?

Javob: Yillar davomida qaytarib yurishgan

3117. Olim otasidan 32 yosh kichik. Otasi esa bobosidan shuncha yosh kichik. 3 yil avval ularning yoshlari yig‘indisi 111 ga teng bo’lgan bo’lsa. Hozir Olimning bobosi necha yoshda?
Javob: 72 yoshda

3118. Har bir davlat o’z aholisini bilimli bo’lishini xohlaydi. Bu davlatda shunday qonun bor ekan. Qamoqdagi maxbus har bir o’qigan kitobi uchun 4 kunlik qamoq jazosidan ozod etilar ekan.
Diqqat savol bu qaysi davlatda amalga oshiriladi?

Javob: Braziliya

3119. «Dengiz mushuklari» maxsus harbiy guruhi. Bu guruh haqida Gollivud filmlari orqali ma’lumotga ega bo’lsangiz kerak. Bu guruh tashkil etilishi va ularning mashhur bo’lishida 2 ta mashhur shaxsning katta o’rni bor. Birinchi shaxs bu guruhni tashkil etgan Amerikaning o’tib o’ldirilgan prezidenti Jon Kennedi bo‘lsa.
Ikkinchi shaxsni siz aytasiz.
Yordam tariqasida shuni aytishim mumkin bu ularning 2011-yil 2-mayda amalga oshirgan operatsiyasi bilan bog’liq.
Ikkinchi mashhur shaxsni aniq ayting?

Javob: Dunyoning birinchi raqamli teroristi hisoblangan Usama Ben Ladin

3120. Ushbu davlat tashkil etilganidan buyon. Bu davlat politsiyasi faqatgina bittagina jinoyatchiga qarata o’q uzishgan. Bu qaysi davlat?
Javob: Islandiya

3121. Bu davlat haqida eshitganimizda beixtiyor ko’z oldimizga mana shu diniy monument keladi. Qaysidir ma’noda davlatning ko‘rki ham hisoblanadi. Lekin buni qarangki bu davlatda rasmiy din mavjud emas ekan. Unda bu monument nima uchun kerak ekan-aa.
Savol siz bizga qaysi davlat haqida gap ketayotganini aniq ayting?

Javob: Braziliya

3122. Bu davlat siz mashinada bo‘lsangiz ammo spirtli ichimlik ichgan bo’lsangiz mashinangizni militsiya hodimlariga uyingizga olib borib berishni iltimos qilishingiz mumkin ekan. Bu qaysi davlatda?
Javob: Yaponiya

3123. Hindiston o’zini urf-odatlari bilan butun dunyoga mashhurligi barchamizga ma’lum,
Masalan hind qabilalari mo’l hosil olish uchun qizlarini sigirga nikohlab berishgan, ayrim hollarda ham qizlarini daraxtga nikohlab berishganini eshtganmiz.
Hindlar qurg’oqchilik paytida qizlarini xatto …… nikohlab berisharkan
Diqqat savol
Nuqtalar o’rnidagi so’zni toping?

Javob: Qurbaqaga

3124. U nima tez yurar lek joni yo’qdir
Kuladi og’zining nishoni yo’qdir
Doimiy shakli yo’q ammo yig’laydi
Kuyib nola chekar zaboni yo’qdir
Chiston javobini toping?

Javob: Bulut

3125. Savol oson bo’ladi. Chunki ko‘pchilik talaba.
Talabaning sumkasida 5 ta narsa bo’lishi shart ekan.
1-Kitob
2-Daftar
3-Ruchka
4-Yon daftarcha
5-?
Beshinchi ya’ni men aytamagan narsani 100 foiz aniqlikda sizlar aytansiz?
Pod qalam emas))

Javob: Talabalik Guvohnomasi

3126. Sanatshunoslar ularni ikki turga ajratib, birinchilarni qisqa masofaga yuguruvchilar, ikkinchi toifadagilarni esa uzoq masofaga yuguruvchilar deya atashadi? Aytingchi, qisqa masofaga va uzoq masofaga yuguruvchilar deganda sanatshunoslar kimlarni nazarda tutishgan?
Javob: Qisqa masofaga yuguruvchilar – kinoda rol o‘ynaydigan aktyorlar, ular juda ko‘p bir martalik rollarni ijro etishadi. Uzoq masofaga yuguruvchilar esa – teatr aktyorlari, ular bitta rolni, uzoq yillar qayta-qayta sahnada ijro etishadi.

3127. Janubiy Koreyada ularga turmush qurish qonunan ta’qiqlanadi.
Diqqat savol kimlarga?

Javob: Bir xil familiyadagilarga

3128. Eshiksiz bir xona — ichida har on
Yuzlari pardali go’zallar pinxon
La’li lablar uchun munosib la’ldir
Ko’rgan deydi: qarang! » ajoyib marjon «
Diqqat savol chistonni javobini toping?

Javob: Anor

3129. Mening ham bir olam orzularim bor
Otam onam shodon yashasin deyman
Dunyoga bir bora kelarkan inson
Sevganim X ga o’xshasa deyman
Diqqat savol X ni maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Onamga

3130. Qo’y boquvchilar qo’ylari barchasi bir xilda o’sishi uchun bu ishni bir kunda 2-3 marta amalga oshirishi talab etilar ekan. Diqqat savol mantiqan o’ylab ko’ringchi bu ish qanday ish?
Javob: Qo’ylarni o’rnini almashtirib turishi kerak

3131. Mingta igna ichida hayvonot bog’u, oshxona va uy mavjud.
Diqqat savol bu nima?

Javob: Archa

3132. Bu modda kislotali yomg’irning asosi. Gaz holatida og’ir kuyishga, bu moddaning oshqozonga ko’p miqdorda tushishi kuchli terlashga, juda ko’p dozada esa qayt qilishga olib kelishi mumkin. Mabodo nafas orqali ko’p kirsa o’limga olib keladi.
Diqqat savol: Bu qaysi modda?

Javob: Suv. H2O

3133. Abu Ali ibn Sino fikrini tinglang: ,,Inson qalbi-chiroqdir, fan-alanga, uni bilimlari esa-…». Nima bilan bo’lishi kerak?
Javob: Chiroq moyi

3134. Rus yozuvchisi Boris Akunin o’z romanlaridan birida Ularni kentavrlarga qiyoslagan. Xitoyda esa Ular 1949-yildan so’ng ta’qiqlangan. Ularni yaponchadan kirib kelgan so’z bilan yozib bering?
JAVOB: Riksha
Izoh: Xitoyda inqilobdan keyin, odamning odam tomonidan ekspluatatsiya qilinishi deb qaralib, rikshalar ta’qiqlangan.

3135. Bu hududning bayrog’ida yo’lbars tasvirlangan. Agarda uni nomini o’ngdan chapga tomon o’qisangiz, Afrikadagi bir davlat, keyin esa Amerikadagi bir poytaxt-shahar nomi hosil bo’ladi. Mazkur mamlakat va poytaxt-shaharni toping?
Javob: Davlat nomi — Mali, shahar esa Lima!
Izoh: Bu tan olinmagan davlat Shri-Lanka orolidagi Tamil Ilam hisoblanadi.

3136. Angliyada kitobsevarlar ko’pchilikni tashkil etadi. Biroq u yerda ko’plab kitoblar ham o’g’irlanar ekan. Diqqat savol eng ko’p o’g’irlanadigan kitob qaysi?
Javob: Ginnes Rekordlar kitobi

3137. Oyga birinchi bo’lib qadam qo‘ygan inson bu Nil Armstrong buni hamma biladi. U oyga ilk qadam qo’yganida aynan bir tovushni eshitgan ekan. Diqqat savol qanday tovush?
Balki bu tovush keyinchalik uning islomda dinini qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etgandir?

Javob: Azon ovozi

3138. Buyuk Britaniyada g‘alati g‘alati qonunlari bor. Shulardan biri insonning qayerda o’lishiga ham bog’liq. Qonunda shunday deyilgan Buyuk Britaniyada aynan o’sha yerda o‘lish mumkin emas. Diqqat savol qayerda?
Javob: Parlament Binosi

3139. Dunyoda juda ko’p narsalarning o’z ramzlari, timsollari bor. Ularning Germaniyadagilarining timsollarida samolyot parraklari, Ularning birodarligi, chaqmoq tezligi, eng ko’p o’g’irlangan timsol kabilarni tashkil etsa, Italiyadagilarniki Aslzoda oiladan, grafinyaning sovg’asi, Dafna daraxti, Yaponiyaliklarnikida samurayning salohiyati, Fransiyanikida arslon kabi kuchli, Amerikanikida naqshinkor yozuv kabi ma’nolarni anglatuvchi so’zlardan iborat ekanligini ko’rish mumkin. Savol bu qanday ramz va timsollar?
Javob: Avtomobil timsollari
Izoh: Audi – Avtomobil birodarligi, Alfa Romeo – Aslzoda oiladan, BMW – Samolet parraklari, Opel – Chaqmoq tezligi, Ferrari – Grafinyaning sovg’asi, Fiat – Dafna daraxti, Ford – Naqshinkor Yozuv, Jaguar – Sakrayotgan yaguar, Renault – Kubik, Mercedes – Eng ko’p o’g’irlangan timsol, Mitsubishi – Samurayning salohiyati, Peugeot – Arslon kabi kuchli, Volkswagen – Halq Avtomobili, Porsche – Betle ning yaratuvchisidan, Maserati – Dengiz tangrisiga…,

3140. Olimlarning ta’kidlashicha uning ichida ultraovoz va radar ishlamaydi, kirli suv uning ichida bir necha kun qolsa, suvni tozalangan holda ko’rish mumkin, sut bir necha kun buzilmaydi, buzilmasdan qatiq holiga keladi, U yerda o’simliklar juda ham tez o’sadi, yaralar vujuddagi yongan yerlar u yerda tez tuzaladi. Savol: Qayerda?
Javob. Misr Ehromlari

3141. “Argumenti I fakti” gazetasi “Dunyodagi eng yaxshi odam kim” deb o’o’tkazilgan so’rov o’tkazilib unda 2 mingta odam ishtirok etdi. Ishtirokchilar orasida Jon Lennon va Yuriy Nikulin kabi mashhurlar ham bor edi. Natijalarga ko’ra 25 foiz yig’gan Iusis Xristos ikkinchi o’rinni egalladi. Savol birinchi o’rinni 30 foiz yig’ib qo’lga kiritgan kim edi?
Javob: Ona

3142. Bu kasb egalari favqulodda ehtiyotkor va juda sekin harakat qiladilar. Chunki ularga berilgan 56 qadamni bosib o’tish uchun 3 soat vaqt ajratilgan.
Savol bu sekinqadam kasb egalarini kim?

Javob: Shaxmatchilar

3143. Kim- kimga quyidagi mashhur xatni jo’natgan? “Sen bilasan menda o’g’il farzandim bor, Men xudodan uning tug’uilgani uchun emas aynan sen bilan bir vaqtda va bir davrda tug’ilgani uchun minnatdorman va umid qilamanki sen uni o’z tarbiyanga olasan”?
Javob: Filip II Aristotelga

3144. Ma’lumotlarda keltirilishicha unga qadimda xavfli kasalliklarni muhofaza yetuvchi «sehrgar» sifatida qaralgan. Gippokrat yesa uni asalga qo‘shib bemorlarni davolagan. Sarkarda Ksennofont uni quvvat bag‘ishlovchi sifatida ko‘rib askarlariga yeb yurishni buyurgan. U nima?
Javob: Piyoz

3145. «Bo’lib tashla hukmronlik qil» bu mashhur iqtibos bir mashhur sarkardaga tegishli va bu iqtibosni uning o’limidan salkam ikki ming yil o’tib bir davlat boshqa bir davlatga nisbatan ishlatadi buning oqibatida qaysi hudud hozirgacha jabr ko’rmoqda?
Javob: Kashmir

3146. Deyarli barcha shoir yozuvchilar tarixdan xalq dardidan kelib chiqib asarlarini qandaydir tarzda unga bog’lab yozadilar.
Ushbu yozuvchi ham bu asarida zo’ravonlik ochko’zlik shubhalanish adolatsizlik va ingliz qirol saroyidagidek mojarolarni aks ettirib yozgan edi. Uchar orolga g’aroyib hayvonlar mamlakatlarga borib qolish orqali tasvirlagan.
DIQQAT savol bu qaysi asar?

Javob: Jonatan Sviftning
«Guliverning sayohatlari»

3147. Katta bir odam eslamoqda:
-men X ning Y sini hech qachon unutmaydigan bo’lib eslab qolganman. O’shanda o’qituvchim o’sha savolga javob berolmaganim uchun boshimga bir urgan edi. Boshim partaga tegib ketgandan keyin qayta turgan edim. Shu saboq bo’lgandiki men umr bo’yi X ning Y sini qanday bo’lishini judayam yaxshi tushunib olgandim?

Javob: Nyutonning Uchinchi qonuni jismning jismga nisbatan aks tasiri.
O’shanda boshim partaga tekkanda partadan aks tasir olgandim men ham bitta g’urracha bilan.

3148. Robert Kiosaki ularni shunday ta’riflaydi. « Alfa va Betta o’rtasida farq bor. Betta vaqtinchalik hodisa, alfa esa doimiydir » deb ta’riflaydi.
Diqqat savol: Alfa va betta nima ekanligini topib bering?

Javob: Alfa- kambag‘allik
Betta-kasod bo’lish

3149. Azonni hamma eshitgan bo’lsa kerak. Ammo azonning jumlalari namoz vaqtiga qarab o‘zgaradi.
Hamma vaqt bir xil faqat bomdod namozida ushbu jumla ishlatiladi.
Ushbu jumlani xoh arab tilida xoh o’zbek tilida yozib bering?

Javob: As-solatu xoyrum minan-navm
Namoz uyqudan afzaldir

3150. Rey Bredberining qahramoni o’lganidan so’ng, 400 yil o’tgach qayta tiriladi. U atrofdagi odamlarda o’zini nutqi shubha uyg‘otmasin deya, muvozanatni o’rganish uchun birinchi uchragan odamdan oddiy ammo mashhur savolni beradi. Demak savol : o’sha savolni yozib bering?
Javob: Kutubxonaga qanday borsam bo’ladi?

3151. U Jeyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegr katta, Madonna va Kleopatrada umuman bo’lmagan. Rim Papasida bor lekin, u ishlatmaydi. gap nima haqida ketayapti?
Javob: Familiya

3152. Uchta dugona uchta gulga aylanib, yomon jodugar tomonidan sehrlangan edi. Lekin har kuni qizlardan biri yana odamga aylanar va sevgan insoni oldiga qochib ketar ekan. Ertalab dalaga yana qaytib kelib yana gulga aylanar ekan. Bir kuni ertalab dalaga qaytib keladigan vaqt sevgilisiga: «Agar siz peshin vaqtigacha dalaga kelsangiz, meni dugonalarim orasida taniysiz va meni uzib tashlasangiz, men yana odamga aylanaman», — dedi. U esa bu ishni qildi va qizni qutqardi.
Savol: Uchta bir xil gul ichidan sevgilisi qanday qilib uni taniydi?

Javob: Shudring tufayli

3153. Koreys xalq topishmog’ini eshiting.
10 ga 10 ni qo’shdim 10 chiqdi.
10 dan 10 ni ayirsam ham baribr 10 chiqdi.
Topishmoq javobini toping?

Javob: Qo’lqop.

3154. U juda arzon, lekin ko’p narsa beradi.
Kim uni olsa, uni boy qiladi, hadya etganlar esa kambag’al bo’lib qolmaydi.
Shunga qaramasdan uni sotib olib bo’lmaydi, tilanib ham bo’lmaydi. Qarzga berib bo’lmaydi , o’g’irlab ham bo’lmaydi, uni berishmasa, u o’z o’zidan hech narsaga arzimaydi.
Diqqat savol gap nima haqida ketyapti?

Javob: Kulgu tabassum

3155. X-ning eng qimmat ekzemplyari 1500 000 dollar turar ekan, X-larning shu kungacha chiqqanlarini yig’ilsa uzunligi shimoliiy qutbdan janubiygacha yetarkan, ma’lumotlarga qaraganda X-ni Sssr litsenziyalashtirish uchun 3 mln$ sarflagan ekan, X-Nima?
Javob: Kubik Rubik

3156. Hazil savol
Bir qizni yig‘latib vijdoni qiynalib o‘zini olovga otgan mard faqat X bo’larkan.
X-?

Javob: Piyoz

3157. Togʻay Murodning «Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi» asarida shunday oʻxshatish bor: » … Ziyolilar oʻzini yoʻqotdi. Oʻzini ziyoliman deb yuruvchilar olomon boʻlib qoldi. Oʻzini olim deya koʻkrak keruvchilar soyaga oʻxshab qoldi. Oʻzini arbob deya, ko’kragiga uruvchilar X boʻlib qoldi.»
X- ni toping

Javob: qo’g’irchoq

3158. Ko’plariz uni tanavul qilgansiz. Ayni paytda uni tayyorlanadigan manbasi pishgan va sotilmoqda bozolarda. Siz uni ko’pinca taomlar yonida qo’shib berilganda yeysiz. Ha aytganca uni tarixini bilasmi bunaqa bo’lgan ekan 1853- yili 24-avgustda haridor bir maxsulotni yaxshi pishmagan va yo’g’on degan shikoyatiga javoban hazil tariqasida pishirib berishgan. Savol gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Chips
Kartoshkali

3159. Britaniyaning «The Guardian» nashri 2019 yilda har bir sayyoh borishi shart bo’lgan joylari ro’yhatiga Alfani ham qo‘yishibdi. «Alfaga yo’l olib, Bettani ko’rmay o’tish xato bo’ladi deb ham qo’shib qo’yishgan nashr muharrirlari».
Aslida biz bu ikkala shaharni bu ro’yhatda ko‘rish bu uchun quvonarli albatta.
Diqqat savol Alfa va Bettani aniq ayting?

Javob: Alfa — Samarqand Betta — Toshkent

3160. Fors tilida yozilgan she’rning tarjimasini tinglang:
«Savol javob vaqti keldi.
Men osmonlarga ketaman, abadiy.
Bu go’zallikdan hayratdaman va ko’zimdan chiqayotgan yosh emas qondir,
Afsus endi men bu go’zallikni hech qachon ko’rmayman».
Savol: XVII asr mo’jizasini 16 yil kutgan shaxs kim?

Javob: Bu Toj Mahalga bag’ishlagan Mumtoz Mahalning o’lim talvasasidagi oyatlari

3161. «Men qatnaydigan fitness klubni administratorlari meni haftasiga 6 kun zalga kelishimdan xayratdalar. Shu zalni instruktor-murabbiylari esa meni har kuni boshqa-boshqa mashqlarimni qilishimdan hayron. Men esa miyig’ida kulib qolaman.» Diqqat savol: Nega menga ularni xayratlari kulguli?
Javob: Exx, ular 1 ta oylik abonent bilan zalga men va egizak ukam qatnashlaridan bexabardirlarda.

3162. Bir qo’l soati ishlab chiqaruvchi firma o’z mahsuloti ya’ni soatlarini reklama qilishning, noodatiy va antiqa usulini o’ylab topdi. Bu uchun firma jamoat transportlaridan biri bo’lgan-avtobuslar salonidan foydalandi. Diqqat savol. Firma o’z reklamasini avtobusning aynan qayeriga joylashtirganini maksimal aniqlikda yozib bering?
Javob: Avtobus tutkichlarida (ushlagichlar)da!

3163. Angliya o’ziga xosligi bilan butun dunyoda ajralib turadi, masalan Angliya pivolari ham o’zgacha tamga ega, oldinlari Angliya pivaxonalarida bir qiziq holatgaga duch kelishingiz mumkin bo’lgan. Agar siz pivo buyurtma bersangiz pivoga qo’shib X ham olib kelishgan, aniqroq aytganda X pivo bokalida joylashgan va X ularga ortiqcha harakatlarsiz yana pivo buyurtirishni taminlagan. Diqqat savol Angliya pivoxonalaridagi pivo bokalida qo’shimcha nima joylashgan?
Javob: hushtak! Pivo bokallarida hushtaklar bo’lgan va odamlar hushtak chalib, qo’shimcha pivo buyurtirishgan.

3164. Toshkentda harakatlanuvchi Mersades-benz avtobuslari deyarli barchamizga yaxshi tanish. Ushbu firma avtobuslari XX asrning 90-yillaridan boshlab O’zbekistonga kirib kelgan. Avtobuslari ikkiga bo’linadi: katta va mikro avtobuslariga. Katta yoki boshqacha qilib aytganda uzun avtobuslarda bir ko’rsatkichga duch kelishimiz mumkin. Ko’rsatkich 3 ga bo’lingan, birinchi bo’limda: 26 raqami, ikkinchi bo’limda 79 raqami, uchinchi ustunda esa 0 raqamini ko’rish mumkin. Diqqat savol sizlar gap qanday ko’rsatkichlar haqida ketayotganini topgan bo’lsangiz, menga aynan uchinchi ustundagi 0 raqami nimani anglatishini toping?
Javob: Avtobusda birinchi ustunda o’tirgan inson rasmi va 26 raqami. Ikkinchi ustunda tik turgan inson va 79 raqami. Uchinchi ya’ni nol raqami qo’yilgan ustunda esa nogironlik aravachasi rasmini ko’rish mumkin. Aniq javob nogironlar uchun maxsus joy yo’q

3165. Zlatan Ibrohimovich «Inter» da o’ynab yurgan paytlari, bir o’yin-oldi mashg’uloti payti muhlislar ko’z oldida o’zidagi X ni oyoqlari yordamida mohirlik bilan jonglyorlik (to’p kabi oyoqlarda o’ynatish) qilib, oxirida X ni o’z joyiga mohirlik bilan qo’lsiz qaytarib qo’yadi! Bu tryukni ko’rgan jurnalistlar ertasi kuni gazetalarda bu ish suratini chop etishadi, TV dan esa o’sha lavha takror berilaveradi. Diqqat savol — X ni aniq yozib bering?
Javob: Saqich, jvachka, chaynagan Zlatan og’zidagi saqichni oyoqlari yordamida mohirlik bilan jonglyorlik qilib, oxirida saqichni o’z og’ziga qo’lsiz qaytarib joylashtirib qo’yadi.

3166. Gerodotning Vavilondagi bu injenerlik konstruksiyasiga shunday ta’rif beriladi: «X»ni bunday qurishdan maqsad tunda odamlar sang’imaydi va eng muhimi o’g’irlikni ancha kamaytiradi.
«X» ni-Toping?

Javob: Ochilib yopiladigon ko’priklar haqida gap ketmoqda.

3167. X ni jahon krizisi payti 2009 yilda yaponiyalik S.N. ismli inson yaratdi. X ni qadri 2017 yilga kelib 5000$ dan oshib ketdi. X — kelajakda Y ni o’rnini xalqaro biznes arenalarda egallashi ravshan bo’lmoqda. X va Y aniq yozib bering? To’liq javob qabul!
Javob: X — BITCOIN, Y — Dollar $. Satoshi Nakomoto Bitkoyn yatatuvchisi

3168. Bizga ma’lumki ko’pgina mamlakatlarda qaysidir jonzot muqaddas hisoblanadi. Misol uchun xind xalqi keyingi hayotida sigir bo’lib tug’ilishiga ishonishadi va uni muqaddas deb bilishadi. Xitoyliklarda esa qoramushuk, boshqa xalqlarda turlicha. Shunday bir xalq borki ular o’zlarini sherga qiyoslashmasa ham, biz ularning xalqni sherlarga o’xshatishimiz mumkin va ular keyingi hayotida sher bo’lib tugilishsa kerak. Diqqat savol sizlar menga sherlarga o’xshatilgan xalq qanday atalishini ayting?
Javob: Lo’lilar
Ps: Sherlarda ham ovga Urg’ochilari chiqishadi!

3169. X ni ba’zilar kasalaxonaga o’xshatishadi, yana kimlardir teatrga. X ni algebraga tenglashtirish mumkin, agar sizning masala yo misolingiz X da osonlik bilan yechim topayatgan bo’lsa, demak qayeridadir xatolik ketgan. Yana kimlardir X ni B ga tengashtiradi. Chunki B da xam aynan shunday xohlaysanmi yo’qmi «yaxshisini» ham «yomonini» bosishing kerak. Garchi «yomoni» kamroq bo’lsa ham, uning ham o’z o’rni bor! Uning ham baland-pastligi bor!
Agar siz X nimaligi osonlikcha topgan bo’lsangiz, menga B nimaligini ayting?

Javob: B- pianino, fortapiano
X-Hayot

3170. Salim Rashid yozishicha, sovuq yanvar tongida ular muzlab qoldilar va shahar ustiga muqaddas qor sifatida yogʻildilar.
Savol. Ular nima?‌‌

Javob. Azon sadolari.
Izoh. Yozuvchi go‘zal tashbeh qilayapti. Yangi yil arafasida qor yog‘ishini kutib qolamiz.

3171. Gruzin xalq maqolini tinglang: U ovoz chiqarmaydi. Lekin uxlashga ham qo’ymaydi. Diqqat savol: UNI toping!
Javob: Qarz

3172. Aforizim
U ni o’rganish O’lmas Xudolarga yaqinlashtiradi?
✍️Platon

Javob: matematika

3173. U hammamizning uyimizda bor. Undan hammamiz har kuni foydalanamiz. Xatto u Germaniyada passiv qurollar sirasiga kiritilgan. Savol:U nima?
Javob: Yostiq

3174. Odatda metallardan idishlar yasalib xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida suv va boshqa suyuqliklarni saqlash uchun ishlatiladi. Savol:bu qaysi metall bo’lishi mumkin?
Javob: Kumush

3175. Qaysi yegulikning klassik ko’rinishi uchburchak shaklida, shlyapa ko’rinishida pishiriladi?
Javob: Napoleon Torti

3176. Yurtimizda Joylashgan Tosh turma deb atalgan eng og’ir va xavfli qamoqxonalardan Birida har 3 oyda maxbuslar bilan Seminar suhbati bo’lib o’tar ekan unda Maxbuslar holati va Ahloqi haqida suhbatlar o’tkazilar ekan Ularni yaxshi tomonga o’zgarishlari uchun Jazolash va qiynoqdan ko’ra ularni Yaxshi tomonga o’zgarishlariga Oddiy Bir alfa katta foyda berar ekan
Maxbuslar Alfa deganda Nimani Nazarda Tutmoqda?

Javob: Kitob

3177. Braziliya Davlatlarini qamoqxonalardan birida har bir maxbus uchun har zamonda bir yangi bir kitob berarkan Va kitobni o’qib bo’lganidan so’ng ularni kitobdagi ma’lumotlar va xulosa bo’yicha imtixon olar ekan. Ho’sh bu imtixon topshirishdan maxbuslar va qamoqxona zobitlariga qanday foyda va bundan ko’zlangan maqsad nima?
Javob: Qamoq muddati qisqaradi

3178. Bu futbolchi nisbatan yosh boʻlishiga qaramasdan, oʻz jamoasi sardori hisoblanadi. Oʻzining futboldagi ilk qadamlarini aynan hozirgi klubida qoʻygan. Orada bir klub safida ijarada ham oʻynab kelgan. transfermarkt.com saytida bu futbolchining narxi 40 mln €. Bu futbolchida ikki davlat fuqaroligi ham bor.
Diqqat savol: Hozirgi kunda koʻplab super klublarning nishoniga aylanib turgan bu futbolchi kim?

Javob: Grelish

3179. Armiyada askarlar, zobitlar, xatto qo’mondonlargacha qadamni tashlaganda chap oyoqdan boshlashadi. Lekin armiyada 1 xizmatchi bor, safda yurganda, uning uchun farqi yo’q qaysi oyoqdan yurishni. Savol bu qaysi harbiy xizmatchi?
Javob: Orkestr Drijori

3180. Mantiqiy savol: Bu aka-uka bir joyda tug‘ilgan.Yosh orasi ham uncha uzoq emas.Akasi 4 yil yashagan.Ukasi akasidan 2 yil ko‘proq yashagan. Bu g‘alati mashhur aka-ukalar nimalar?
Javob: Birinchi va ikkinchi jahon urushi.

3181. Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulb»da «O‘zi xunuk, gapi be’mani, ovozi yoqimsiz» odamni Unga o‘xshatgan.
Savol: U ni toping?

Javob: Qurbaqa

3182. Qadimgi Rimliklar fikricha eng shafqatsiz xo’jayinlar ular.
Savol: Ular kimlar?

Javob: Sobiq qullar

3183. Shunday bir tuyg‘u borki u oyoqlarga qanot berishi ham,oyoqlarni yerga kishanlashi ham mumkin.
Diqqat savol: Bu qanday tuyg‘u?

Javob: Qo’rquv

3184. Pushkinning «Kapitan qizi » asarida ajoyib bir iqtibos keltirib o‘tilgan:
«Modomiki gumondorning «X» i aybsizligini tasdiqlamas ekan, uning «Y» gi ham aybdorligini isbotlamasligi kerak?
Diqqat savol: X va Y nima?

Javob: X-Inkor Y-Iqror

3185. Ikki qurol bor, biri qora biri oq. Qora qurol doim birinchi bo’lib jangga kiradi,oq qurol esa uning mehnatini yo’qqa chiqaradi. Agar qora quroldan ehtiyotkorlik bilan foydalanmasa oq jangchidan foydalanish mumkin.
Savol: bu ikki qurolning nomini toping?

Javob: Qalam va o’chirgich

3186. U eng arzon va eng qimmat mulk.Undan to‘g‘ri foydalanilsa dahoga aylanish mumkin.
U nima?

Javob: Vaqt

3187. X ning paydo bo’lishi judayam qiziq ekan. X yer qarining qariyb 200 km dan ko’proq pastki qismida, yarim milliard yildan kam bo’lmagan paytda xosil bo’lar ekan! Vulqonlar esa ularni yer yuzasiga yaqinroq bo’lgan joyga olib chiqib qo’yar ekan. X deb nima nazarda tutilmoqda?
Javob: Olmos

3188. Sahoba va musofir suhbati
Musofir soradi:
-Alloga kim mahbubroq senmi yoki U mi
-Bu nima deganing albatta Uda
-U bir kunda bor mol-u davlatidan ayrilganda nima qilgan edi?
-Chiroyli sabr qilgan edi
-U bir kunda hamma farzandlaridan ayrilganda nima qilgan edi?
-Chiroyli sabr qilgan edi
-U hastalanib qolganida xalqi uni badarg‘a qilganida nima qilgan edi?
-U chiroyli sabr qilgan edi Allohga taqvo qilgan edi
-U kop yillar davomida to‘shakka mixlanib qolganida nima qilgan edi?
-U chiroyli sabr qilgan edi
Ha haqiqatda ham U inson butun islom ahli uchun sabr timsoli bo‘lib qolgan.
Diqqat savol U inson kim?

Javob: Ayub alayhissalom

3189. Bir yigitning otasi vafot etibdi. Yonida domla bo‘lganligi sababli o‘gil otasi bilan vidolashishga kirmabdi. Domla farzand oldiga chiqib otangiz vafot etdi oldiga yuring sovumasdan kiyimlarini yechib jag’larini bog‘lab qoyaylik deganda farzand yo’q qo’rqaman deb kirmabdi. Domla bunga ham rozi bo’lib hammasini o’zi bajaribdi. Hammasini qilib bo’lib domla chiqib ketayotsa o‘gil domladan bir ishni iltimos qilibdi. Bu gapni eshitgan domla farzandga qarab «Tog‘ni talqon qilsang topolmaydigan tillodan ayrilding, 7 qavat yerni kovlab chiqara olmaydigan oltindan ayrilding» ko’nglingga shu narsa sig’dimi deb chiqib ketadi. Diqqat savol farzand domladan qanday ishni iltimos qilgan edi?
Javob: Otamni og‘zida 4 ta tilla tishi bor edi shuni olib bera olmaysizmi degan

3190. U insonning asl ismi Imom Muslim al Kalaviy edi. Uni hamma Imom muslim deb chaqirar edi. Bu inson yoshligidan ichkilikka ruju qo’ygan inson edi. Kunlardan bir kuni u mast holatda edi va bir muhaddis unga «Allohdan uyalmasang bilganingni qilaver» degan hadisni aytadi. Aynan mana shu hadis uning butun hayotni o’zgartirib yuboradi. U Bag’doddan Makkaga borib Imom Molikka shogird tushadi. Qisqa vaqtlar ichida Imom Molikning eng katta shogirdlaridan biri bo’ladi(Muhaddis bolish uchun 7 11 yil talab etilar edi)
Diqqat savol Ibn Muslimning ummatga Islom ahliga qilgan eng oddiy ishlaridan birini ayting?

Javob: U Imom Buxoriy, Imom Muslimning ustozi bo‘ldi.
U ummatga mana shunday ilmli shogirdlarni yetishtirib berdi

3191. Xitoyliklar ishonishganki, «Bu ish» paytida inson o’zini-o’zi rivojlantirish jarayonini bosib o’tgan va ahloqiy xislatlarni tug’dirgan. Lekin «Bu ish» bilan faqat boy odamlargina ya’ni hukmdorlar yoki baland tabaqali odamlar shug‘ullana olgan deyishadi. «Bu ish»ni toping?
JAVOB: Ieroglif yozish
Izoh. Kalligrafiya

3192. 2013 yilning dekabrida bir musiqa guruhi Antarktidada konsert o’tkazdi. Konsert maxsus himoya gumbazi ostida o’tdi, undan tashqari musiqa ovozining baland chiqmasligi usuli ham, tashkilotchilar tomonidan puxta o’ylanib topildi. Bunday qilinishiga sabab nima edi ?
Javob: Mahalliy hayvonlarni bezovta qilmaslik.

3193. 2013 yilning dekabrida bir musiqa guruhi Antarktidada konsert o’tkazdi, konsert maxsus himoya gumbazi ostida o’tdi, undan tashqari musiqa ovozining baland chiqmasligi usuli ham, tashkilotchilar tomondan puxta o’ylanib topildi. Musiqa ovozi baland chiqmaligi uchun tomoshabinlarga esa maxsus u tarqatilgan ekan. Uni ayting ?
Javob: Quloqchin, Naushnik

3194. Saqich reklamalaridagi «Shu tarzda»da saqich chaynash tufayli ishlab chiqaruvchilar savdolarini ancha ko‘paytirishkan ekan. Bu reklama tufayli oddiy odamlar ham xuddi reklamada ko‘rsatilganidek «Shu tarz»da saqichni chaynashni boshlashgan ekan. Qanday tarzda chaynash haqida gap bormoqda?

Javob: Ikki saqich yostiqchasini birdaniga chaynash (2 ta saqichni birga chaynash)

3195. Ushbu futbol jamoasi haqidagi ma’lumotlar uncha ham ko’p emas. Demak bu jamoa 1982-yilda tashkil topgan. Jamoa unchalik ham muvaffaqiyatli o’yin olib borib, sovrinlar yutmagan bo’lsa ham bu jamoani hamma birdek qo’llab-quvvatlagan. Jamoa faoliyati davomida ko’pincha tartibsiz va qo’pol o’yini uchun jazolangan, jarimaga tortilgan. Aynan bir voqeadan so’ng esa, ushbu jamoa faoliyatiga yakun yasaldi. Sizlar menga jamoaning faoliyat yasashiga sababchi bo’lgan voqea qandayligi yoki jamoa qanday atalishini emas, balki menga jamoaning ilk va oxirgi bosh murabbiyi qanday nom bilan atalishini ayting?
Javob: Shermat!
Gap «Suyunchi» filmi haqida borayatgan edi. «Oyim qiz tug’dilar!» Bu voqea esa «professional» klubimizning yopilishiga olib keldi?✌️

3196. Futbol Zamonaviy elektron tablolari paydo bo‘lganiga ko‘p bo’lmagan. Oldinlari tablolar o‘rniga o‘yinda qanday hisob qayd etilsa jamoalar nomi pastiga raqamlar osib qo‘yilgan. El-Klassiko o‘yinlariga nazar solsak eng katta 11-2 (ayrim manbalarda 11-1) hisobi qayd etilgan degan ma’lumotlar bor. O‘sha davrda ham tablo o‘rnida raqamlar bo‘lgan. Qizig‘i shundaki bunday hisobni hech kim kutmagan raqamlar ham 11 tagacha bo‘lmagan. Tablo esa — ko‘rinishida bo‘lgan. Shunda Ispan gazetalarida “va nihoyat “X” “U”lar ustidan g‘alaba qozondi” degan maqola chiqadi! Tarixga nazar solsak X U ustida ko‘p janglar bo’ladi ammo baribir Uliklar tomonidan yo‘q qilinadi. Savol: Hisobdagi bog‘liqlik bilan X va U ni toping?
Javob: X — Spartak U – Rimliklar!
Bilamizki buyuk qo‘zg‘alonchi Spartak Rimliklarga qarshi ko‘p janglar qiladi. Ispaniya nashriyoti esa “Frakiyalik(Spartak) Rimliklar ustidan g‘alaba qozondi” deya maqola chiqaradi! Tablodagi 11-2 raqami rim raqamida ||(2) xam maqolani jonlanishiga bejizga emas edi!

3197. Antarktikada bir vaqtlar aql tishlari va «U» olib tashlanmaganlar ishlashi mumkin emas edi. Antarktida stantsiyalarida jarrohlik operatsiyalari amalga oshirilmasligi sababli tananing bu qismlarini oldindan, xatto mukammal sog’lom bo’lsalar ham, voz kechish kerak edi. Diqqat savol, gap aynan qaysi a’zo haqida bormoqda?
Javob: Ko’richak

3198. Amerikada joylashgan bu haykalni yilda ikki marotaba tozalashadi. Buning uchun sanoat shlanglarini qo’llaydi, suvni katta bosimda jo’natadigan va hattoki ulkan paxta cho’plaridan ham. Paxta cho’plari yordamida haykalni yetishga qiyin bo’lgan joylarini qushlar ahlatidan tozalaydi. Gap kimning haykali xaqida bormoqda?
Javob: Linkoln Haykali

3199. Amerikada joylashgan ushbu haykalni yilda ikki marotaba tozalashadi. Buning uchun sanoat shlanglarini qo’llaydi, suvni katta bosimda jo’natadi va hattoki ulkan paxta cho’plari yordamida haykalga yetish qiyin bo’lgan joylarini qushlar ahlatidan tozalaydi.Qushlar ahlatini aynan haykalning qayeridan tozalashadi ?
Javob: «Linkoln» Qulog‘idan

3200. XX asr oxirgi yillarida Angliyada g’aroyib avtohalokat (avariya) ro’y berdi. Avtohalokat natijasida ikki haydovchi hayotdan ko’z yumdi. Avtohalokatni g’aroyib tomoni shuki Ikkala avtomobilga ham umumman shikast yetmagan.
Savol: Haydovchilar qanday halok bo’lishdi?

Javob: Haydovchilar quyuq tuman tufayli yo’lni kurishmagan, va boshlarini chiqarib olishgan edi, va boshini bir biriga urib bo’yinlari sinib halok bo’lishadi