43-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

4201. Spenser fikricha bu hissiyotga to‘lgan nutq ohangi, Darvin fikricha qushlarning sayrashi va hayvonlarning o‘z juftlarini chaqirishi, Byuxer fikricha ibtidoiy odamlarning mehnat usullari, Shtumpf fikricha ibtidoiy odamlarning chaqiriq tovushlari, Kombare fikricha esa jodu sehrlash marosimlari uning ilk manbalari hisoblanadi. U nima?
Javob: Musiqa

4202. Manbalarda keltirilishicha, u yerga odamlar «tushib qolish»ining asosiy sababi mehrga muhtojlik ekan. Bukgakovning «Usta va Margarita» asarida esa, Margarita ustadan:-Hozir qayerdan keldinggiz, deganda,-Hasrat uyidan, deb javob bergan. Qayer nazarda tutilyapti?
Javob: Jinnixona

4203. X ga xitoyliklar shunday shoirona nom berganlar: «Sevadigan tosh»(tshu shi) , Fransuzlar esa uni «aimant»(sevadigan) so’zidan kelib chiqqan deyishadi, Greklarda esa uni «Gerkules toshi » deyishadi .
Savol : bu qaysi tosh?

Javob: magnit toshi

4204. Alisher Navoiy «Hamsa» sining beshinchi dostoni «Saddi Iskandariy»da Iskandarga ZULQARNAYN nomi berilgan, bu nomning ikki ma’nosi mavjud! Savol shundan iboratki Zulqarnayn so’zi ma’nolari nima?
Javob: 1. shoxli (boshida muguzi bor) 2. Kun chiqish va kun botish hukmdori.

4205. Pirlo bir necha yillardan beri suratkashlik qiladi. Bir qaraganda Pirlo sizu biz uchun tajribasiz suratkashdek ko’rinishi mumkin. U olgan ko’pgina suratlar bizda shunday fikrni uyg’otadi. Odatda tajribasiz suratkashlar suratni egri olishadi yoki masshtab tanlashda xato qilishadi Pirloda masshtab borasida muammo yo’q. Aslida esa Pirlo tajribali suratkash. Olgan fotosuratlari ‘egri’ chiqishida Pirloning aybi yoq. Bunga faqat X sababchi.
Diqqat savol X ni toping?

Javob: Piza Minorasi.
Pirlo Italyancha ism pod sifatida edi

4206. Qadimgi Gretsiyada risoladagidek pullar muomalada bo’lganiga qaramay Spartada pul sifatida atayin qo’pol va o’xshovsiz x dan foydalanilgan. Bu spartaliklar boylikka intilmasligi, kamroq o’g’rilik qilishi va kamroq pora berishi uchun o’ylab topilgan. savol x nima?
Javob : Temir xivchinlardan

4207. Bir faylasuf U haqida quyidagicha yozadi….
«U UYATDAN QIZARA OLMAYDI»
Bu juda to’g’ri ta’rif. Insonlar bir birlaridan uyat yoki andisha hissini tuyishganda aynan Unga murojaat qilishlarini bilgan holda aytingchi U nima?
Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki «U» ning belgisi ayni daqiqada sizning telefoningiz ekranida ham bo’lishi mumkin?

Javob: XAT. SMS. Maktub yoki noma javoblari ham qabul)

4208. Ko’pgina ertaklarda bu jonzot jahldor jonivor sifatida namoyish etiladi. Aslida bunday emas. Ular juda quvnoq jonivor bo’lib ular o’zlari uchun o’yin maydonchalari yasab, u erda soatlab kurash tushishadi, quvlashmachoq o’ynashadi. Ularning quvnoq o’yingohidan xuddi bolalarning ovozidek quvnoq hitoblar eshitilib turadi.savol bu jonzot nima ?
Javob: Bo’rsiq

4209. Bir yozuvchining aytishi-cha, X bu doim berkinib yuradigan, ho’l, yalang’och va ko’r hayvondir. O’tgan asrning o’rtalarida chiqqan bir asarda esa, X umuman berkinmagan.
Diqqat savol X nima?

Javob : TIL. Takidlangan asar esa Eynshteynning tilini chiqargan kartinasi

4210. Ko’pchiligimiz yaxshi bilamizki «Uch og’a ini botirlar» va shunga o’xshagan ko’plab hikoya va asarlarda aka-ukalardan kenjasi doimo aqlli,dono qilib aks ettiriladi. Bunga esa ko’plab axloqiy izohlar keltirilgan.
Diqqat savol; siz menga bu izohni aynan o’zini aytishingiz shart emas. Asarlardagi kenja farzandlar aqlli dono bo’lishiga berilgan izoh mohiyatini qisqacha tushuntiring?

Javob: Bunga shunday ahloqiy izoh keltirilgan.
Kenja farzand oilada akalari qilgan xato ishlarda ota onasining tanqidlarni kuzatadi va ular yo’l qo’ygan xatolarni takrorlamay kerakli xulosalar chiqarib boradi.

4211. XVI asrda tabiat falsafasi sifatida qaysi fan o’rganilgan?
Javob: Fizika

4212. Layzi Smitda yil oxiriga kelib allergiya paydo bo’lar ekan. U doktorga murojat qiladi. Doktor U ni alamashtirishni maslaxat beradi va U ni almashtirgach allergiya yo’qoladi.
Savol: doktor nimani almashtirishni maslaxat bergan?

Javob: ARCHA.
IZOH:Savolda yil oxirida deyilgan yil oxiri esa albatta yangi yil arafasiga to’g’ri keladi. Bu paytda albatta hammaning uyida archa bo’ladi. Doktor unga tabiiy archani sun’iysiga almashtirishni aytgan!

4213. Zamonaviy faylasuflardan biri U ni suvga o’xshatadi.
Faylasuf aytadiki:-«U xuddi suvga o’xshaydi. Odamlar suvsiz yashay olishmaganidek U siz ham yashay olishmaydi.»
Yana bir aforizmda esa Unga quydagicha ta’rif beriladi. «U juda xavfli bomba-U do’stlikni,mehrni, ishonchni,rishtani o’ldiradi. «
Diqqat savol U ni toping?

Javob: Pul

4214. Faylasuf Imom G’azzoliyning fikricha «X farishta va hayvon orasidagi maxluqdir. Hayvon rivojlanmaydi chunki uning kamolot quvvati (tuyg’u irodasi) yo’q. Farishta ham rivojlanmaydi, chunki uning o’zi pok ilohiy nurdan iborat. Faqat Xda ruhiy yuksalish hislati mavjud»
X ni toping?

Javob: Inson

4215. Boxum Universiteti olimlari aniqlashlaricha bu ishni qilish uchun ayollar erkaklarga nisbatan 20 sekund ko‘p vaqt sarflashar ekan.
Savol: Qaysi ishga ayollar erkaklarga nisbatan 20 sekund ko‘p vaqt sarflashadi?

Javob: Avtomobil parkovkasiga ayollar erkaklardan ko’ra 20 sekund ko’p vaqt sarflashar ekan.

4216. Qadimgi Misrliklar, sahroda bir ajoyib narsani topib olishgan, uni nimaga hizmat qilishini bilishmagan lekin uni mo’jiza, narxi yo’q deb hisoblashgan. Uni yana ko’plab topishgan va shox saroylarida undan foydalanishgan. Keyinchalik insoniyat uni sun’iy ravishda ishlab chiqarishni o’rgandi. Natijada u qadr qimmatini ilgarigiga qaraganda anchagina yo’qotdi. Uni turlari ko’p. Orasida qimmatbaxo hisoblanadiganlariyam bor, aksincha juda arzon va bir chaqaga qimmatlariyam bor. Gap nima haqida?
Javob: shisha bo’laklari

4217. Yevropalik faylasuf O Shpengler shunday deydi » har qanday X insondek hayot kechiradi. Ularning o’z bolaligi, o’smirligi, o’rta yoshligi va qariligi bo’ladi ko’p narsalarning guvohi bo’ladi» deydi savol faylasuf X deb nimani ta’kidlagan?
Javob: Madaniyat

4218. 50 yoshlar chamasidagi bir turist Afrikadagi zooparklardan birida aylanib yurib hamyonini yo’qotdi. Shundan so’ng u sudga hamyoni o’g’irlangani haqida murojaat qildi. O’g’ri ham tezda topildi va u hech ham yashirinishni o’ylab ko’rmadi. Qiziq tomoni o’g’ri javobgarlikka tortilmadi. Nega?
Javob: Hamyonni maymun o’g’irlagan.

4219. XX asrda ko’pgina harbiy Akademiyalarda u fan sifatida majburan o’qitilgan edi. U bo’lg’usi zobit uchun nihoyatda zarur ekan.
Savol: Harbiy Akademiyalarga nima majburiy fan sifatida kiritilgan?

Javob: SHAXMAT O’YINI
Izoh: jang strategiyasini tuzishda bu o’yin juda foydali deb hisoblashgan

4220. Avvaliga bu kashfiyot ko’pchilikka ma’qul kelmadi — erkaklar kuchimiz yetarli deyishdi, ayollarga esa bu bolalar bilan uzoq sayrni eslatdi. Bu qanday kashfiyot?
Javob: Kolyaska

4221. Bu ikkala multfilm ham deyarli bir xil mavzu va bir xil g’oyada ishlangan. Ularning ikkalasini ham hammamiz yosh bolaligimizda va xattoki hozirgi kunda ham sevib tomosha qilamiz. Bu mazmuni jihatdan bir biriga o’xshaydigan ikki multfilm nomlarini toping?
Javob: Tom and Jerry ↔️ Ну погади.

4222. Balzak ular haqida shunday degan: «Ularni yomon ko’raman — o’rtasi noqulay, chetlari xavfli. Boshlanishi qiyshiq. Odamlar unga shunchalik berilishganiga hayron qolaman». Savol Balzak nimani xush ko’rmagan?
Javob: Otni

4223. Zamondosh yosh shoirimiz — Shohrux Najot qalamiga mansub «Ta’rif» she’rini tinglang:
Yuzi qora,qalbi ham shunday,
Umri uzoq bir tirik murda.
La’natlangan yashaydi o’lmay ,
Asli yurak o’lgandir unda.
Dunyo kezar daydi itdayin,
Akillashi buzar olamni.
Yana qanday ta’rif qilayin?!
Uni

Ushbu she’rda qanday insonlarga ta’rif berilgan?
Javob: Vatandan kechganlar

4224. Aforizmga ko’ra, urush – bu siyosatchilar “ULAR” orqali bo’g’ilgan tugunni yechishga urinishidir. Boris Vasilevning yozishicha, “U” har doim dushman. Odamlar U tufayli o’zlariga muammo orttirishlari yoki aksincha muammolarini hal etishlari ham mumkin. Diqqat savol U nima?
Javob: Til.

4225. Gitlerning gapini bo’lgan va unga ovozini ko’tara olganlardan biri Knut Gamsun bo’lgan.
Bu yozuvchining xotinining yozishicha, uning chiroyli va kelishgan eri X dan voz kechgan ekan.
Savol: X ni 2 so’z bilan yozib bering?

Javob: Eshitish apparati

4226. «Poytaxt»ning aytishicha kitobning qalinrog’i 2 karra afzal bo’larkan.
Birinchidan, uzoq vaqt mutolaa qilinadi.
Ikkinchidan esa, …….
«Poytaxt»ni topgan bo’lsangiz, qalin kitobning ikkinchi afzalligini ayting?

Javob: 2-Afzallik shundaki Qalin kitobni bosh ostiga qo’yib uxlash mumkin.
Izoh:Poytaxt bu Chili poytaxti Santyago edi. Bu so’zlar esa «Alkimyogar» asari bosh qahramoni santyagoga tegishli

4227. Erib bitdi hovuzda muzlar.
Birga-birga yashay boshladi
Suv bilan U qadrdon.
Diqqat savol yapon hokkusida takidlangan U ni toping?

Javob: Suv

4228. Varrak sotib oldilar unga,
Kichkintoyning qovog‘i soliq,
Chunki Savalardi X dunyoni.
X nima?

Javob: yomg’ir

4229. Olimlar bu sport turini pioninaga o’xshatishgan. Pioninaning faqat 1notasini bossangiz ovozi buzilib ketadi. Bu sport turi juda zerikarli.
Diqqat Savol: Bu qaysi sport turi?

Javob: Shashka

4230. U go’yoki ohanrabo ya’ni magnitga o’xshaydi. Shu sababli u atrof-muhitga moslashadi. Bilamizki,magnit zanglagan mixmi yerda yotgan simmi, temir bo’lakchalarimi ularning barchasini o’ziga tortib olaveradi. Oxir-oqibat kattakon to’qmoqqa, sovuq qurolga aylantiradi. Biz sizdan so’ramoqchi bo’lgan narsa ham xuddi shu usulda kattalashib boraveradi. Magnitga o’xshatilgan sovuq qurol o’z kuchini ko’proq maqsadsizlikdan orttiradi. DIQQAT SAVOL:Aslida bu «qurol»ning nomi nima?
Javob: G’iybat

4231. Qizil yoki yashil rang. Siz va bizda har kuni bu ranglardan birini tanlash vaziyati bo’ladi. Biz esa vaziyatga qarab ulardan birini tanlaymiz. Sizda ayni daqiqada ham bu tanlov paydo bo’lib qolishi mumkin.
Diqqat savol gap nima haqida ketmoqda?

JAVOB : Qo’ng’iroqni qabul qilish YASHIL rang, bekor qilish QIZIL rang

4232. Yana YAPON HOKKUSI
Qo’llarimda olcha guli,
Hapriqaman, U bilan
Qutlay deyman eski do’stlarni.
U -?

Javob: Yangi yil

4233. Eng qizg’anchiq inson kim?
Eng qizg’anchiq inson shunday insonki u xattoki Y ni ham qizg’anadi.
Arastuning ushbu fikrida takidlangan Y ni toping?

Javob: Hech narsa

4234. Agar U gapira olganida edi o’zi haqida shunday der edi.
Menga zarurat sezgan odamlar uchun hafta davomida eng kerakli buyumman. Lekin haftaning oxirgi kuni yakshanbada esa eng keraksiz buyumga aylanaman. Odamlar menga 6 kun vazifamni bajarib 1 kunlik ‘dam olish’ imkonini beradi. Men esa qolgan 6 kunda ulardan alamimni olaman. Nima u?

Javob: Budulnik.

4235. Agar sizda 2 ta «X» bo’lsa siz oddiy insonsiz. Agar sizda 3 ta «X»bo’lsa siz qarib qopsiz. Agar sizda 4 ta «X» bo’lsa yig’loqisiz.
Savolda o’xshatish manosida takidlangan «X»nima?

Javob: Oyoqlar

4236. Kamerunlik bir futbolchi futbol tarixida penaltini antiqa usulda bajarib futbol tarixida birinchi marta bu holatda gol urgan futbolchi deb futbol tarixida qolgan.
Diqqat savol Futbolchi penaltini qanday amalga oshirgan?

JAVOB : Harakat yo’nalishidan 180 gradusga aylanib tepgan. Ya’ni davozaga orqasi bilan turgan holda

4237. Muhammad Ali hayoti davomida ko‘plab nomdor bokschilar bilan janglar olib borgan va ko‘p hollarda g‘alaba qozongan. Ammo o‘zining ta’kidlashicha, hayotidagi eng qiyin jang aynan shu inson bilan bo‘lgan ekan. Savol: kim bilan?
Javob: Xotini bilan

4238. Dastlab 1816 yil Hindistonning Gang daryosi bo’yida paydo bo’lgan. Keyinchalik esa aholini ko’chish natijasida Birma Yava orollari Yaponiya va Rossiyada ham keng rivojlana boshlaydi.
Savol. Gap nima haqida ketyapti?

Javob: Vabo kasaligi

4239. Sirojiddin Sayyidning bir she’ridan parcha:
“Uch nuqta”, aylanay nomingdan sening,
Gapga lim-lim to‘lug‘ jomingdan sening.
Bugun bu dunyoning egasi sensan,
Poyonsiz olamning erkasi sensan.
Sekin Yer yuzini aylading ishg‘ol,
Bir ishing yaxshiyu, bir ishing – ishkal.
Sen so‘nmay, so‘limay yoz-qish yashaysan,
Qit’adan qit’aga mish-mish tashiysan
Zangor ko‘zlaringda hamma narsa bor,
Kim ishdan ketdiyu, kim esa – bemor.
Tunlar yoritasan kuldonlarni ham,
Bir zum tinch qo‘ymaysan sultonlarni ham.
Ishing bor podshoyu cho‘ponga qadar,
Darrov yetkazasan yaponga qadar.
Savol: “Uch nuqta” o‘rnidagi bitta so‘zni toping?

Javob: Internet

4240. Siz uni olganingizda u to’rtburchak shaklda bo’ladi. Keyin esa uni aylana shaklda ko’rasiz va o’zingiz oxirgi bosqichda uni uchburchak shaklga keltirasiz. Nima u?
Javob: Pitsa

4241. Bir Ingliz yozuvchisida shunday bir o’xshatish bor.
«To’rtta qo’riqchi to’rt tomonidan qo’riqlab turgan bu go’zal xazina sevgi muhabbat ramzi hisoblanadi. «
Diqqat savol yozuvchi nimani xazinaga o’xshatgan?

Javob: Tojmahal

4242. Uni ko’p davlatlarda olma deb atashadi. Masalan, Franiyada “Sevgi olmasi”, Nemislar “jannat olmasi”, Italyanlar esa xuddi biz ataydigandek “oltin olma” deydi. Atsteklar hammadan ham aniqroq qilib, unga “yirik meva” deb nom berishgan. Haqiqatdan ham, botanika fani nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo’lsak, unga shunday noma bersa bo’ladi.
Diqqat savol gap nima haqida ketyapti?

Javob: Pomidor

4243. Statistika shuni ko’rsatadiki inson ko’z yosh to’kishiga asosiy 3 ta sabab bor ekan
1.Og’riq
2.Ayriliq judolik
3……………….
3-sababni siz toping?

Javob: Hursandchilik

4244. Bu mahsulotning tarixi besh ming yilga borib taqaladi,Butun dunyoga ommalashishiga «Marko Polo»ning xizmati katta ekan. U Xitoy safaridan uni Yevropaga keltirib,butun dunyoga ommalashishga yordam
bergan. Vaholanki bu shirinlik qadimgi Gretsiya va Rimdayoq insonlarga ma’lum edi, lekin oqsuyaklar dori sifatida foydalanishgan. Savol bu qaysi shirinlik bo’lishi mumkin?

Javob: Muzqaymoq

4245. Rasmda XX asr o’rtalarida o’ylab topilgan «maska»lar tasvirlangan.
Aytingchi odamlar bu maskani qachon taqishgan va nima uchun?

Javob: Yomg’ir yog’ganda

4246. Bizda 2 misralik she’rlar bo’lib, masnaviy deb yuritilgan.
Yaponlarda 3 misralik she’rlar hokkular mavjud.
Hozirda bir qatorlik she’rlar ham ko’plab ishlatilyapdi.
Ulardan birini tinglang:

X aldamchi ozodalikdir.
X nima?

Javob: Qor❄️

4247. Angliya ko’chalarida sayr qilsangiz turli qiziq narsalarga guvoh bo’lasiz!. Masalan Angliyada London ko’chalarida gultuvaklarda o’sgan chiroyli manzarali gullarni ko’rish mumkin. Lekin negadir bu tuvakli gullar yerdan bir yarim yoki ikki metr balandlikdagi ustunlar ustiga qo’yilgan.Yerdan ketayotgan yo’lovchi ularni yaxshi ko’rolmaydi. Diqqat savol bu gullar kimlar uchun tepada qo’yilgan?
Javob: Sayyohlar uchun.
Sayyohlar 2 qavatli avtobuslarda shahar bo’ylab sayr qilishgan.

4248. Mavlono Rumiy hikmatlaridan :U yomonliklarning odatidir. Sen unga yaxshilik qildingmi? U senga yomonlik qiladi. Sabr bilan nafsning belini buk.
Savol : U nima?

Javob: Pastkashlik

4249. Angliyadan kelgan turist gid bo’lib ishlayotgan Matmusadan bu nima deb so’rabdi.Matmusa uning inglizchasini bilmasa ham uddaburonlik qilibdi.U so’zning o’zbekchasini inglizcha aksentda aytibdi.Turist esa «Hechqisi yo’q hijolat bo’lmang»deb javob beribdi.Turist nimani ko’rsatgan?
Javob: SO’RI.. (inglizcha SORRY o’qilishi Sorri uzr so’rash)

4250. Biz insonlar nafas olish va nafas chiqarish vaqtimizda bunga uncha e’tibor bermaymiz. Lekin shunday bir ishni boshlash vaqtimizda oldin nafas olamiz va keyin nafas chiqaramiz. Oqibat esa birinchi ko‘rish qobiliyatimizni keyin esa sezgimizni yo’qotamiz.
Savol: Bu qaydan ish?

Javob: Shamni puflab o’chirish

4251. Fillar doimo o’z bolasini yonida olib yuradi. Ularni turli xavf xatarlardan himoya qiladi. Kuzatishlarga qaraqanda onasidan ayrilgan yosh fillar ko’p vaqt o’tmasdan kasallanib halok bo’lishar ekan. Diqqat savol yosh fillarning kasallanishini asosiy sababi nima bo’lgan?
Javob: Quyosh nuri
Ona fillar yosh filchalarni quyosh nuridan himoya qilgan

4252. Duplet
1⃣Topishmoq
Qaramasdan yoshingga
Ko’tararsan boshingga.

2⃣Boylikdan so’rashibdi:
Senga nima yetishmayabdi?
Diqqat savol Boylik nima deb javob bergan?

Javob: 1⃣DO’PPI
2⃣HOTIRJAMLIK

4253. Oldinlari tegirmonlarni ishlatishda chorva hayvonlari mehnatidan foydalanilgan.(tegirmonni aylantirishda). Bug’ mashinalari davriga kelib bunga hojat qolmagan.Bu esa bir o’lchov birligi paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.Diqqat savol mantiqan o’ylab ko’rib aytingchi bu qanday o’lchov birligi?
Javob: Ot kuchi

4254. Mo’g’iliston avvaliga bu jonzotlarni ikkisidan ham foydalandi. Keyinchalik esa ularni biridan voz kechdi. Bu esa 1952 yilda sodir bo’ldi.
Bu jonzot Ot va Chavandoz.
Savol. Bu davlat ikki jonzotdan nima maqsadda foydalangan?

Javob: Davlat gerbida

4255. Rossiyada bog’cha bolalari o’rtasida ajoyib so’rovnoma o’tkazildi. Hamma hayvonlar nimadan qo’rqadi degan savolga bolalar «Otashkurak»dan deb javob berishdi.
Diqqat savol: «Otashkurak» o’rnidagi so’zni toping?

Javob: Masha (Multfilm qahramoni)

4256. “Yuventus” jamoasi a’zosi Patris Evra o‘z instagramida bu hayvonning kiyimini kiyib olib, insonlarni rasizmga qarshi kurashga chorlaydi. Videoga sharhda quyidagi so‘zlar bor edi: men qoraman, men oqman va men osiyolikman. Qaysi hayvon haqida gap ketmoqda?
Javob: Panda

4257. Tohir Malikning ‘Nafs kishanlari’ kitobida.
Nimani o’limning qilmishi uchun tiriklarga berilgan ayanchli in’om deb ta’riflaydi?

Javob: Xotira

4258. Hisoblash elektron jadvalning dastlabki dasturi 1979-yil SOFTWARE ART firmasi tomonidan qaysi nom bilan yaratilgan?
Javob: VISICALS

4259. Statistik ma’lumotlarga ko’ra siz topishingiz kerak bo’lgan joyga ko’p borib turadigan insonlarning juda ko’pchiligi aynan bo’yin og’rig’i bilan shifokorlar huzuriga tashrif buyurishar ekan.
Diqqat savol bu bemorlar qayerga ko’p borib turishini yoki qanday mashg’ulot bilan band bo’lishini ayting?

Javob: Tennis tomosha qilish

4260. Hamma yog’i teshik bo’lishiga qaramay suvni yaxshi ushlab turadigan «idish» nima deb nomlanadi.?
Javob: GUPKA (MACHALKA)

4261. Taxta qutiga shunday narsa to’ldirilyaptiki, natijada qutining vazni borgan sari kamayib bormoqda. quti nima bilan to’ldirilmoqda.(boshida quti bo’sh edi)?
Javob: Teshiklar ( qutidagi teshiklar)

4262. Salvador Dalining fikricha: ular xasis, tezkor, besaranjom, intiluvchan, va xatto bir xildagi bo’lishi mumkin ekan. Salvador Dali rassom ekanidan kelib chiqib aytingchi u Ular deb nimani nazarda tutgan?
Javob: Ranglar

4263. Duplet
1.Tarixchilar fikricha, faqatgina ular vaqtdan «qo’rqishmas» ekan. Ular nimalar?
2. Xalqimiz qaysi o’simlikni «dala malikasi» deb ataydi?

Javob:
1. Piramidalar
2. Makkajo’xori

4264. Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror » dostonida ular barcha falak ziyoratchilari , ular nafsning barcha chirkinlaridan pokdirlar deb aytadi. Diqqat savol: Navoiy nima haqida fikr yuritgan?

Javob: Farishtalar

4265. Moskvada bir nechta kenguru nomli magazinlar bor. Ularni aynan kimlar uchun ekanligini aniq ayting?
Javob: Homilador ayollar uchun

4266. Platonning aytishicha , u xudolarning sevimli moddasi bo’lgan. Rimlik legionerlarga u bilan haq to’langan. U ikkinchi jahon urushigacha ayrim davlatlarda ichki pul vazifasini bajargan , masalan Efiopiyada. Bu nima ?
Javob: Tuz

4267. Uni birinchi marta o’ynashganda xuddi hozir yosh bolalar qilganligi kabi kitobdan foydalanishgan . Uning xalqaro federatsiyasi 1903-yil tashkil etilgan . Bu qaysi sport turi?
Javob: Stol tennis Ping pong

4268. Bir sportga bag’ishlangan hind filmida bosh qahramonning so’nggi final o’ynida g’olib chiqishiga bir narsaning ovozi to’sqinlik qilayotganini sharhlovchi takidlab o’tadi. o’sha paytda Bosh qahramon bu o’yinda yutqazayotganini inobatga olib aytingchi bu nimaning ovozi bo’lishi mumkin?
Javob: Soatning chiqqilagan ovozi
Izoh: sharhlovchi vaqt juda kam qolganini va vaqt sportchining zarariga ishkayotganini shu talqinda bayon etgan

4269. Bu yorug’ olam 4 ta unsurdan tashkil topgan. Olov, tuproq, havo va suv. Pifagor ularni 1, 2, 3, 4 raqamlari bilan belgilagan.
Diqqat savol: aytingchi, Pifagor butun dunyoni qaysi raqam bilan belgilagan?

Javob: 10
1+2+3+4=10

4270. Konvert ochilib uning ichidagi qog’ozdagi matn o’qilishi kerak.Konvert ustida «QO’NG’IRTOG’ » deb yozilgan. Va nihoyat konvert ochildi.Diqqat savol konvert ichida nimaning yozma ko’rinishi borligini 3 so’z bilan ayting.
Javob: O’zbekiston Respublikasi madhiyasi.
Madhiya muallifi A.Oripov (Qashqadaryo) Qo’ng’irtog’da tug’ilib o’sgan

4271. Tijoratda raqobatga qarshi 3 ta qudratli qurol bor :
1.Sifat
2.Narx
3.-?

Javob: Reklama

4272. Ko’p filmlarda bu holatni kuzatgansiz. Hayajonli holat. Film qahramoni oldida shunday majburiy tanlov paydo bo’ladiki u bu tanlovni aniq amalga oshirishi uchun qaror qabul qilishi kerak. Ko’k rangmi yoki qizil bulardan birini tanlash qahramonni o’ziga bog’liq. Diqqat savol qaror qabul qilingach uning qiladigan ishi nimadan iborat bo’ladi?
Javob: SIMNI KESISH (BOMBANI ZARARSIZLANTIRISH SAHNALARIDA)

4273. Ushbu karikaturaga diqqat qiling. Qofiyani buzmagan holda otaning iborasini aniq 2 so’zda yozib bering!. (Inglizcha so’zlar)?

Javob: iPAID

4274. Bu uyga men faqat uxlash uchun kirardim uyqu vaqtida qo’y ham sanaganimni aytib o’tishim kerak shu qisqa vaqt mobaynida hamma do’stlarimdan ayrilar, keyin esa telbalarcha har tomon yugurardim. Qaytganimda uyim tarsakilar qurshovida qolardi. Hammasi ajoyib edi. Hurmatli bilimdonlar sizda ham shunday «uy» bo’lganiga hech shubxa yo’q, endi savol bu uyni hamma provinsiyada har xil aytishlarini hisobga olgan holda siz uni nomini topib ko’ringchi?
Javob: Bekinmachoq

4275. Faylasuf Suqrotning fikriga ko’ra taomni X bilan yesa odam tez to’yar ekan. Bu fikr biz o’zbeklarga ham juda mos tushadi.
Diqqat savol X ni bir so’zda ifodalang?

Javob: Non

4276. Styuardessalar samolyotga chiqayotgan yo’lovchilarni kutib olishda negadir bir qo’llarini orqada yashirgan holda kutib olishar ekan.
Diqqat savol nega styuardessalar yo’lovchilarni bu tarzda kutib olishadi?

Javob: Yo’lovchilarni sanash uchun
Qo’llarida sanaydigan moslama bo’ladi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/4652?comment=19621)

4277. Bir Hazilga ko’ra agar siz o’ng qo’l va chap qo’lingizni ajrata olmasangiz kundalik hayotda tez tez qilib turadigan bir ishni takrorlab ko’rish maslaxat beriladi.Shunda o’ng va chap qo’lni aniq bilib olasiz.Diqqat savol bu hazilda biz tez tez bajarib turadigan qaysi ish nazarda tutilgan?
Javob: Salomlashish

4278. Xotin erini telefonini tekshirayotib uyerda, yangi qushcha, qo’shni qushcha, eski qushcha, tepa qavatdagu qushcha, supermarketdagi qushcha , ishdagi qushcha deb saqlangan raqamlarga ko’zi tushadi va birdan o’zini raqamini ular orasida uchratadi, eri xotinini raqamini qanday nomda saqlaganini siz ikki so’z bilan ayting?
Javob: Angry Bird. Jahldor qushcha

4279. Biz uni » poliglot» sifatida ham bilamiz. Ozarlarni bir topishmog’ida esa u bir qush nizomi bilan bir qatorda keladi. Yapon jumboqlarida esa bumerang bilan bir safda uchratamiz. Yana shunisi ma’lumki u bilan tortishish befoyda. Uni nimaligini o’zbek tilidagi ikki so’zda ayting?
Javob: AKS-SADO
Izoh: Aytishlaricha u hamma tilda gapira oladi;
Ozar topishmog’ida to’tilar aks-sado qushi deydilar;
Aks sado bilan tortishish befoyda oxirgi so’zni baribir u aytadi.

4280. Diqqat savol: Mark Tvendan maslahat so’radi bir tanishi: Men qanday tinch uxlashim mumkin. Endi krovatga yotsam krovat tagida kimdir borga o’xshaydi, turib krovat tagiga qarayman. O’shanda u krovat ustiga chiqib olganday tuyuladi. Krovat tagiga bir qarab, ustiga bir qarab ishqilib tongni otiraman, debdi. Mark Tvenning maslahati tufayli u yaxshi uxlaydigan bo’libdi.
Nimani maslahat bergan?

Javob: Karovatni oyoqlarini olib tashlash

4281. Stendal: Unga «u tabassumning oliy darajasi”,
Oskar Uayld «u chiroyli bo’lmagan ayollar uchun boshpana, chiroylilari uchun fojea”,
Marchello Mastroyani «u boshqalar bilan muloqotning vositasi» deb ta’rif bergan ekan. Diqqat savol: U nima?

Javob: Ko’z yoshi

4282. I.Gyoteni fikricha vaqtni boy berish ayniqsa unday odamlarga juda qimmatga tushar ekan.
Diqqat savol Gyote qanday odamlarni nazarda tutgan?

Javob: Bilimdon insonlar

4283. Uning boshi va oxiri qayerdaligini hechkim aniq aytib berolmaydi. Lekin uning paydo bo’lish vaqtini ko’p hollarda xatosiz taxmin qilish mumkin. Diqqat savol uni nima ekanini topgan bo’lsangiz aytingchi u paydo bo’lishiga asosiy sababchi nima?
Javob: U kamalak edi.
Uning asosiy sababchisi yomg’ir

4284. Bu narsani biz deyarli har kuni o’z uyimizda, balki o’zimizga tegishli buyumda ham ko’rishimiz mumkin. Bu narsani lotinchadan tarjima qilsa, «hasharot mo’ylovi» degan ma’noni bildiradi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Antenna

4285. Dunyo bo‘yicha ko‘pgina nuroniylar uyida qariyalarning qochib ketish holati kuzatiladi. Shundan bo‘lsa kerak aynan shunday qariyalar uyi yaqiniga yolg‘ontakam bir narsa qurilar ekan. Bu nima?
Javob: bekat.
Yasama bekat avtobus bu bekatda umuman to’xtamaydi

4286. Lotin va krill alifbosida harflar A harfidan boshlanadi. Xattoki arab alifbosida ham A (alif) dan boshlanadi aytingchi, qaysi alifbo Ш harfidan boshlanadi?
Javob: Golovin Jadvali

4287. Yevropadagi katta trassalarda ayrim hollarda «… Kofe» degan yozuvni ko’ib qolamiz. Savol 3 ta nuqta o’rnidagi so’z va e’londan ko’zlangan maqsadni toping?
Javob: Bepul kofe. yo’lda haydovchilar uxlab qolmasligi uchun bepul kofe berishgan.

4288. Topishmoq
Borishda qorni och, quvnab qo‘shiq aytar.
Kelishda qorni to‘q, yig‘lab qaytar?

Javob: Chelak (paqir)
Suv olish uchun ketayotganizda chelak o’zidan ovoz chiqaradi. Suv olganizdan keyin, unga tekkan va toshgan suvlar tomadi

4289. Etnograflar fikricha lotin amerikasi davlatlari avval sariq oltin, keyin oq oltin, so’ngra esa qora oltin hisobiga boyishdi deb hisoblashadi. Bular nimalar?
Javob: oltin tilla
Shakar.
Qahva

4290. Mug’ullar bu ichimlikka guruch yoki bug’doy, Tibetliklar yog’ va tuz, Qalmiqlar lavr yaprog’ini qo’shib iste’mol qilishadi. Bu ichimlik haqida men ham qiziqib topdim. Lekin menga unga hech nima qo’shmasdan iste’mol qilish ko’proq yoqdi. bu qaysi ichimlik?
Javob: Choy

4291. Meni yurist do’stim bor. Bir kuni gapdan gap chiqib, bir gap aytdi. Agar odamlar haqiqatni gapirishganda, ularni keragi yo’q edi dedi.
Savol. Ularni deganda, nimani yoki kimni nazarda tutdi.?

Javob: Guvoh

4292. Biz bilamizki, boylar pullar haqida ko’p o’ylaydi. Ko’p ertaklarda ularni xasis va ochko’z qilib ko’rsatishadi. Savol: Boylardan ko’ra yana, pulni kimlar ko’p o’ylashi mumkin?
Javob: Kambag’al

4293. Bu ixtiro insonlar orasida «erinchoqlar ovunchog’i» deb talqin qilinishi ayni haqiqat. U qaysi ixtiro ekanini siz ayting?
Javob: Pult

4294. Non, uzum, qaymoq, asal, choy, keks,……… diqqat savol bu ro’yhatni mantiqan yakunlab oxirgi mahsulotni toping?
Javob: Murabbo. qo’lbola murabbo
Hammamizga tanish filmdan

4295. Agar inson talantini bo’lmag’ur ishlarga sarf qilib yursa unga nisbatan bir ibora ishlatamiz. «Talantini yerga ko’mibdi» deymiz. Ammo Qadimgi Yunonistondagi qullar o’z «talantlarini» o’z qo’llari bilan yerga ko’mishardi. Qullar aynan qaysi «talantlarini» yerga ko’mishardi?
Javob: Pullarini
Qadimgi Yunoniston pul birligi talant

4296. Ularni uchalasini doim birga uchratamiz. Biri bor joyda qolgan ikkalasi ham albatta bo’ladi. Lekin ularning hurmati bir xil emas. Rangi ham turlicha. Ular mazali emas. Lekin ko’pchilik ularni tishlab «mazasini» bilishmoqchi bo’lishadi. Ularni toping?
Javob: Medallar.
Oltin kumush bronza

4297. Ma’lumotlarga qaraganda Bu sport turi sportchilari musobaqalar davomida eng ko’p texnik xatoliklarga yo’l qo’yishar ekan.
Bu qaysi sport turi?

Javob: Uzunlikka sakrash

4298. Braziliyada shunday gap bor «Agar sen mazmunli hayot kechirishni istasang albatta u bilan do’st tutinishing kerak «
Kim bilan?

Javob: Xotining

4299. Yevropa xaritasi bo’linishining bir qancha yo’llari taklif etilgan. Takliflarning bittasida Yevropaning shimoliy qismi malla rangga, janubiy tomoni esa qizil rangga bo’yalgan. Siz ushbu qismlar qanday inglizcha ikki qofiyadosh so’z bilan nomlanganini ayting?
Javob: Potato( kartoshka)
Tomato(pomidor)

4300. X-bu aslida eng shovqinli baqiriqdir! Farqi shuki u quloqlarni emas yuraklarni «ezishga» qodir.
X ni aniq ayting?

Javob: Sukunat