6 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT — Xalqaro taraqqiyot va tinchlik uchun sport kuni.
? Butunjahon stol tennisi kuni.
? Bohring-Opitz sindromi haqida xabardorlik kuni

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Indoneziya  — Baliqchilar kuni.
?? AQSh — Milliy Siam mushuklari kuni.
?? AQSh — Milliy talaba-sportchilar kuni.
?? Qirg’iziston — Atletika murabbiylari, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kuni.
?? Kongo DR — Kimbangu kuni.
?? Kokos orollari — O’z taqdirini o’zi belgilash kuni.
?? Burundi — Prezident Ntaryamira kuni.
?? Tailand — Chakri sulolasi kuni.

? VOQEALAR:

  • 943 — Somoniylar davlati hukmdori Nasr ibn Ahmad vafot etdi.
  • 1199 — Fransiya bilan urushda ingliz qiroli Richard Sheryurak halok bo‘ldi.
  • 1327 — Franchekco Petrarka oʻz ilhom parisini uchratdi.
  • 1362 — Yuz yillik urush: Brinye jangi.
  • 1384 — Portugaliya qirolliklar davri: Atoleyrush jangi portugal qo’shinlarining g’alabasi bilan yakunlandi.
  • 1580 — Britaniyada yer silkinishi ba’zi London ibodatxonalarini, shu jumladan eski Avliyo Pavel soborini vayron qildi.
  • 1652 — Jan van Ribek Keyptaunga asos soldi.
  • 1712 — Nyu-Yorkda qullar qo‘zg‘oloni boshlandi.
  • 1748 — Pompey (Italiya) xarobalari topildi.
  • 1793 — Fransiyada jamoat xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etildi.
  • 1814 — Fransiyada Burbonlar sulolasi qayta tiklandi.
  • 1818 — Parijda baron Karl Drez ilk bor ikki g‘ildirakli velosipedni namoyish qildi.
  • 1897 — Zanzibarda qullik taqiqlandi.
  • 1899 — Moskvada birinchi elektr tramvay ishga tushirildi.
  • 1903 — Kishinyov qirg‘ini boshlandi.
  • 1909 — Rossiya va Turkiya o‘rtasida Bolgariya mustaqilligi to‘g‘risida bitim imzolandi.
  • 1917 — AQSH Birinchi jahon urushiga kirdi.
  • 1924 — Italiyadagi saylovlarda fashistlar mutlaq g’alaba qozondi.
  • 1930 — SSSR MIK ning farmoni bilan “Lenin” ordeni va “Qizil Yulduz” ordeni ta’sis etildi.
  • 1938 — Kimyogar Roy Plunkett politetrafloroetilen yoki teflonni kashf etdi.
    -1945 — Koenigsberg operatsiyasi boshlandi.
  • 1965 — AQShda geostatsionar orbitada ishlaydigan dunyodagi birinchi tijorat aloqa sun’iy yo’ldoshi — «Early Bird» uchirildi.
  • 1984 — Kokos orollari aholisi Avstraliyaga to’liq qo’shilish uchun ovoz berdi.
  • 1985 — Amerikalik Uilyam Shryoder sun’iy yurak bilan kasalxonadan chiqarilgan birinchi odam bo‘ldi.
  • 1994 — Ruanda va Uganda prezidentlarining aviahalokati: Ruandadagi genotsidning boshlanishi.
  • 1999 — Aleksisda (Yugoslaviya) NATO bombalari tufayli tinch aholi kvartali vayron bo’ldi.
  • 2010 — Qirg’izistonda davlat to’ntarishining boshlanishi. Aprel voqealari. Sababi: Qurmanbek Bakiyev rejimining qarindosh-urug‘chilik boshqaruvi.
  • 2012 — Azavad o‘z mustaqilligini e’lon qildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1483 — Rafael Santi (1520) — mashhur Italiyalik rassom va me’mor. (26 yoki 28-mart ham bo‘lishi mumkin)
  • 1671 — Jan-Batist Russo (1741) — taniqli fransuz hajvchi-shoiri.
  • 1810 — Filip Genri Gosse (1888) — ingliz tabiatshunosi, akvarium ixtirochisi.
  • 1812 — Aleksandr Gertsen (1870) — rus jamoat arbobi va yozuvchisi, faylasuf, inqilobchi.
  • 1836 — Nikolay Sklifosovskiy (1904) — rus shifokori, jarroh, professor, pedagog.
  • 1892 — Donald Uills Duglas (kattasi) (1981) — amerikalik aviamuhandis, yo‘lovchi, yuk va harbiy samolyotlar quruvchisi.
  • 1911 — Feodor Feliks Konrad Linen (1979) — nemis biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1964).
  • 1928 — Jeyms Uatson (1928) — amerakalik biokimyogar,  molekulyar biologiya asoschilaridan, Nobel mukofoti sohibi (1962).
  • 1969 — Pol Rad — amerikalik aktyor, komediyachi, ssenariy muallifi va film prodyusseri. 
  • 1973 — Rumiana Neykova — bolgariyalik eshkak eshuvchi, Olimpiya chempioni (2008).
  • 1975 — Otabek Murodov — Oʻzbekiston Respublikasi 5-Bosh prokurori (2018-2019).
  • 1975 — Zak Braff — amerikalik aktyor, rejissyor, ssenariy muallifi, produsyer. 
  • 1978 — Tatyana Naynik — rossiyalik qoʻshiqchi, aktrisa, model va produser.
  • 1987 — Nilufar Usmonova — oʻzbek qoʻshiqchisi vaaktrisasi.
  • 1992 — Asal Shodiyeva — oʻzbek kino aktrisasi va qoʻshiqchisi.
  • 1998 — Peyton Roy List — amerikalik aktrisa.