7 dekabr kun tarixi

?? Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Eron — Talabalar kuni.
?? Ukraina — Ukraina roʻmoli kuni.
?? Rossiya, Sankt-Peterburg — Ermitaj kuni.
?? Tojikiston — Moliya xodimlari kuni.
?? Hindiston — Qurolli kuchlar bayrog‘i kuni.
?? Armaniston — 1988-yilgi Spitak zilzilasini xotirlash kuni.
?? Ukraina — Mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari kuni
?? Sharqiy Timor — Xotira kuni.
?? Myanma — Milliy kun.
?? AQSh — Pyorl-Xarlborga hujumni xotirlash milliy kuni (1941).

? VOQEALAR:

  • mil.av. 43-yil — Mark Tulliy Sitseron Formiyada Mark Antoniyning buyrug‘i bilan o‘ldirildi.
  • 1678 — Lui Enpen Niagara sharsharasini topgan birinchi yevropalik bo‘ldi.
  • 1703 — Angliyada Buyuk bo’ron, Britaniya janubida qayd etilgan eng katta bo’ron. Shamol tezligi soatiga 120 milyaga yetdi, 10 000 ga yaqin odam halok bo’ldi va 100 ta kema cho’kib ketdi.
  • 1724 — Torunidagi qonli qirg‘in: mahalliy mer boshchiligidagi protestant amaldorlarining Polsha rasmiylari tomonidan shahardagi diniy tartibsizliklardan so’ng qatl etilishi.
  • 1732 — Londonda Qirollik teatri — Kovent-Garden ochildi.
  • 1769 — Rossiya imperatori Yekaterina II «Muqaddas Buyuk shahid va Georgiy Pobedonosets harbiy ordeni» ni ta’sis etdi.
  • 1918 — Ozarbayjon Demokratik Respublikasi parlamentining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
  • 1941 — II jahon urushi: Yaponiya Pyorl-Xarlborga hujum qildi. AQSh urushga kirdi.
  • 1944 — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to’g’risidagi konvensiya imzolandi.
  • 1949 — Xitoy poytaxti Nankindan Taypeyga koʻchdi.
  • 1972 — «Apollon-17» kosmik kemasi The Blue Marble»ning tasvirini olishga erishdi.
  • 1975 — Indoneziya Sharqiy Timorga bostirib kirdi.
  • 1982 — Texasda birinchi marta inyeksiya yordamida o‘lim jazosi amalga oshirildi.
  • 1984 — Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy”, “O‘zbekiston” va “Toshkent” bekatlari foydalanishga topshirildi.
  • 1988 — Armanistonda dahshatli zilzila sodir bo’ldi. 25000 qurbon.
  • 1988 — Xitoyda “Buyuk yurish” (“Chanchjen-Bi”, Long March) tashuvchi raketasi kosmosga uchirildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 903 — Abdurahmon as-So‘fiy (986) — fors astronomi va matematigi.
  • 1598 — Jovanni Lorenzo Bernini (1680) — italiyalik me’mor va haykaltarosh.
  • 1805 — Jan Ejen Robert-Hudin (1871) — shveytsariyalik illyuzionist, «zamonaviy sehrning otasi».
  • 1863 — Pyetro Maskani (1945) — italyan bastakori.
  • 1855 — Dibayev Abdubakr (1933) — turkiyshunos, etnograf, folklorshunos. 
  • 1905 — Jerar Piter Koyper (1973) — golland va amerika astronomi.
  • 1913 — Xalima Nosirova (2003) — ozbek san`atining yirik namoyondasi, Opera xonandasi, Ozbekiston xalq artisti.
  • 1916 — Yekaterina Budanova — Sovet qiruvchi uchuvchisi, Rossiya Qahramoni.
  • 1949 — Tom Vayts — amerikalik qo’shiqchi, qo’shiqlar muallifi, bastakor, aktyor.
  • 1958 — Mari-Luiz Koleyro Preka — Malta prezidenti (2014-yildan).
  • 1971 — Vladimir Akopyan — sovet va arman shaxmatchisi, grossmeystr.
  • 1980 — Jon Terri — ingliz futbolchisi.
  • 1990 — Ursula Radvanska — polshalik tennischi.
  • 1994 — Yudzuru Xanyu — yapon figurali uchish ustasi, olimpiya 2014, 2018) va jahon (2014, 2017) chempioni.
  • 2003 — Katarina-Amaliya — niderland malikasi.