Voronej

Voronej — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Voronej viloyatining markazi (1934 yildan). Yirik temir yo’l tuguni, Voronej daryosining Don daryosiga quyilish joyidagi pristan. Aholisi 905 ming kishi (1999). Voronej Markaziy qoratuproq iktisodiy rayonining asosiy industrial markazi va Rossiyaning yirik sanoat markazlaridan biri. Voronejda mashinasozlik (vagon tuzatish zavodi, ekskavator, temirchilik-press uskunalari, foydali qazilmalarni saralash uskunalari, stanoksozlik, televizor va radiopriyomnik, radiodetal, qishloq xo’jalik mashinasozligi), kimyo (sintetik kauchuk, farmasevtika zavodlari), qurilish materiallari zavodlari, oziq-ovqat (yog’-moy, un-yorma, sut kombinatlari, konditer, makaron fabrikalari va boshqalar), yog’ocheozlik, yengil sanoat (poyabzal, tikuvchilik) rivojlangan. Voronejda 9 oliy o’quv yurti (shu jumladan universitet),o’lkashunoslik, badiiy, tasviriy san’at muzeylari, 4 teatr, telemarkaz bor. 17-18-asrlarning me’moriy yodgorliklari saqlangan. Voronejga 1585 yil qal’a sifatida asos solingan va keyinchalik rus davlati chegaralarini Janub tomonga jadal kengaytirishda tayanch punkti bo’lgan.