«Vostok»

«Vostok» — 1) yer atrofidagi orbitada uchish uchun sobiq Ittifoqda yaratilgan bir kishilik kosmik kema (kosmikk) larning nomi. «Vostok»da 1961 yil 12 apr.da kosmonavt-uchuvchi Yu. A. Gagarin dunyoda birinchi marta kosmosga parvoz qildi. Kk Boyqonur kosmodromidan uchirildi. Yer atrofini bir marta aylanib, erga qo’ndirildi. Orbita perigeyi balandligi 181 kilometr, apogeyi balandligi 327 kilometr. «Vostok» Kosmikksi sfera shakldagi qo’ndiriladigan apparat (bu qism ayni vaqtda kosmonavt kabinasi ham hisoblanadi), bort apparatlari va tormozlaydigan harakat qurilmasi joylashtirilgan qismlardan iborat. Kosmikk oxirgi bosqichining uchiruvchi raketa bilan birga umumiy og’irligi 6,17 tonna, uzunligi 7,35 metr, uchiruvchi raketasiz sof og’irligi 4,73 tonna, qo’ndiriladigan apparatning og’irligi 2,4 tonna va diametri 2,3 metr. 1961 — 1963 yillarda 6 ta «Vostok» 6 kosmonavtni kosmosga olib chiqdi; 2) sobiq Ittifoqda Kosmiklarni uchiradigan 3 pog’onali eltuvchi raketa; uchala pog’onada ham suyuq yonilg’i ishlatiladi.