Paleoantropologiya

Paleoantropologiya (Paleo… va antropologiya) — antropologiyaniig qadimgi qazilma odamlarning (pitekantrop, sinantrop va boshqalar) tiplarini o’rganuvchi sohasi. Paleoantropologiya qazilma odamlar va odamning yaqin o’tmishdoshlari — oliy primatlar suyak qoldiqlarini o’rganadi. Shuningdek, Paleoantropologiya qiyosiy anatomiya va embriologiya bilan birga odamning kelib chiqishi va uning evolyutsiyasi muammolarini aniqlashga xizmat qiladi. Shu sababli Paleoantropologiya ham antropogenez to’g’risidagi ta’limot tarkibiga kiradi.