Parez

Parez (Yunoncha paresis — bo’shashish, zaiflashish) — erkin harakatlarning zaiflashuvi; chala falaj. Bunda, tananing falajlangan qismida harakat bir oz saqlanib qoladi. Parez sabablari falajdagi kabi Parez og’ir kasallik belgilaridan bo’lgani uchun darhol vrachga murojaat qilish kerak. Parezni ilk bosqichida davolansa, jarayonni to’xtatib, falajning oldini olish mumkin.