Paroksizm

Paroksizm (Yunoncha paroxysmos — ta’sirlanish) — kasallikning vaqt-vaqti bilan to’satdan kuchayishi; masalan, og’riqning birdan zo’rayishi (stenokardiyada), yurakning tez ura boshlashi (taxikardiyada), yo’tal tutishi (ko’kyo’talda), isitma tutishi (bezgakda) va boshqalar. Paroksizm termini kuchli emotsional holat (ya’ni g’azab Paroksizmi, umidsizlik Paroksizmi)ni ham anglatadi.