ARAQ

ARAQ (Arabcha — ter, bug’lanish) — spirtli ichimlik; tozalangan etil spirti (hajmi 40 — 50%) ning aktivlashtirilgan ko’mir bilan ishlov berilgan suvli aralashmasi. Don, kartoshka va boshqa mahsulotlarni qayta ishlab olinadi. Yuqori sifatli Araq bir necha marta tozalanadi. Araqga arpabodiyon, qalampir, murch, yalpiz va shu kabi o’simliklar qo’shib «maxsus araq»lar tayyorlanadi.