Pegas

Pegas (lotincha Pegasus) — osmon sferasining shimoliy yarim sharidagi yulduz turkumi. Eng yorug’ yulduzlari 2,4; 2,4; 2,5; 2,8; 3,0 vizual yulduz kattaligida. Kaltakesak, Oqqush, Delfin, kichik ot, Dale, Xut, Andromeda yulduz turkumlari oralig’ida joylashgan. Pegasning uchta yorug’ yulduzi bilan Andromedaning a yulduzi kvadrat hosil qiladi. Pegas avgust va sentabr oylarida yaxshi ko’rinadi.