Pedi

Pedi (bapedi, sev, suto) — JARdagi, shuningdek, qo’shni Zimbabve va Botsvanada yashovchi bantu guruhiga kiruvchi xalq. 2,85 million kishi (1987), shu jumladan, JARda 2,76 million kishiga yaqin. Sepedi tilida so’zlashadi. Dindorlari — xristianlar (protestantlar), an’anaviy dinga e’tiqod qilishadi. Pedi dehqonchilik, chorvachilik va kulollik bilan shug’ullanadi.