Pereyra
Pereyra — Kolumbiyaning g’arbiy qismidagi shahar. Kauka daryosi vodiysida. Risaralda departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 353 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Kofe va chorvachilik mahsulotlari yetishtiriladigan qishloq xo’jalik rayonining savdo markazi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, ko’n-teri korxonalari bor. Shaharga 1836 yilda asos solingan.