Perforatsiyalar

Perforatsiyalar (lotincha perforatio — teshish, kirib olish) — 1) o’simliklarda o’tkazuvchi va to’rsimon naylar devoridagi teshiklar. Perforatsiyalar orqali oziq eritmalar bemalol o’tadi. Perforatsiyalar qirqquloqlarda ko’p, ko’pchilik gulli o’simliklarda oddiy (o’tkazuvchi nay bo’g’imida bitta umumiy teshik) bo’lishi mumkin. Ayrim lishayniklarda Perforatsiyalar — tallom po’stlog’i bir qismining halok bo’lishi tufayli vujudga keladigan teshikdan iborat bo’lib, gaz almashinuv vazifasini bajaradi. 2) tibbiyotda — kovak a’zolar devorining teshilishi. Patologik jarayonlar natijasida, masalan, me’da va o’n ikki barmoq ichak yarasi yoki ingichka va yo’g’on ichaklardagi yaraning teshilishi; 3) xirurgik yo’l bilan suyakda teshik ochish.