Pueblo

Pueblo — indeys xalqlari guruhi (xopi, zuni, keres, tano). AQShning Janubi-g’arbida (Nyu-Meksiko va Arizona Shtatlari) yashaydi. 32 ming kishi (1987). Yuta-astek til oilasiga mansub tillarda so’zlashadi, kereslarniki xokaltek tillariga yaqin. Pueblo nomi (ispancha — «qishloq») o’ziga xos qishloqlar — xom g’ishtdan yoki kumlokdan ishlangan, ichki maydoni (sahni) va yalang devori bo’lgan ko’p xonalik uyqal’alar (Pueblo) nomidan olingan. Bunday uyning (1 -3 ming kishini sig’dirgan) qavatlari (5-6 gacha) terrasalar bilan balandga bo’y cho’zgan.