Puflama musiqa cholg’ulari

Puflama musiqa cholg’ulari, aerofonlar — musiqa cholg’u asboblari guruhi; tovush manbai vazifasini cholg’uning trubkasidagi havo bajaradi. Tovush chiqarish usuliga qarab naysimon, tilchali va mundshtukli toifalarga, ishlab chiqarish materialiga qarab mis (valtorna, karnay kabi) va yog’och (nay, fleyta, goboy) Puflama musiqa cholg’ulari turlariga ajratiladi.