Polimikt jinslar

Polimikt jinslar — bo’lakli materiallari turli tog’jinslaridan (cho’kindi, magmatik, metamorfik) va mineral donalardan tarkib topgan cho’kindi jinslar. Masalan, granit, ohaktosh, slanes va qumtosh g’o’laklaridan tuzilgan ba’zi konglomeratlar, g’o’laktoshlar, shag’allar, favelitlar; kvars, slyudalar, dala shpatlari, tog’ jinslari bo’laklari va boshqalardan iborat qum va qumtoshlar.