Poloves yeri

Poloves yeri — Volga va Dunay darelari oralig’idagi dashtlarning qadimgi ruscha atalishi. Bu yerlarda 11 — 13-asrlarda poloveslar (qipchoqlar) ko’chmanchilik bilan mashg’ul bo’lishgan; Dashti qipchoqning g’arbiy qismi.