Prigojin (Prigogine) Ilya

Prigojin (Prigogine) Ilya (1917.25.1, Moskva) — belgiyalik fizik va fizikkimyogar. Belgiya Kirollik akademiyasi a’zosi (1953) va prezidenti (1969 yildan). Fizika va kimyo xalqaro instituti (Solve, Belgiya, 1962 yildan), Texas universiteti (AQSh)dagi statik mexanika va termodinamika ilmiy tadqiqot markazi (1967 yildan) direktori. Ilmiy ishlari nomutanosib jarayonlar termodinamikasi va statistik mexanikasiga oid. Nomutanosib jarayonlar nazariyasining asosiy teoremalaridan biri (Prigojiy teoremasi) ni ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1977).