Prorektor

Prorektor (lotincha pro — o’rniga va rektor) — oliy o’quv yurti yoki malaka oshirish institutida rektor o’rinbosari. Oliy o’quv yurti shakli va ta’lim oluvchilarning sonidan kelib chiqib o’quv ishlari bo’yicha, ilmiy ishlar va ma’muriy- xo’jalik ishlari bo’yicha, sirtqi ta’lim bo’yicha va boshqa sohalardan Prorektor lavozimi belgilanadi. O’zbekistondagi oliy o’quv yurtlari va malaka oshirish institutlarida ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha Prorektor lavozimi ham mavjud. Unga 1-prorektor maqomi berilgan. O’zbekistondagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutlarida ham 3 yo’nalish bo’yicha Prorektor lavozimlari mavjud.