Propilen, propen
Propilen, propen, SN2=SN- SN3— kuchsiz hidli, rangsiz yonuvchi gaz. Molekulyar moddasi 42,078. Suyuqlanish temperaturasi — 185,25°, qaynash temperaturasi — 47,7°, Alangalanish temperaturasi 455°. Neftni qayta ishlash gazlarida, sintetik kauchuk zavodlari gazida bo’ladi. Reaktsiyaga kirishish xususiyati o’ta yuqori. Polipropilen, etilen-propilen kauchuklar, gliserin, akrilonitril va boshqa ko’pgina muhim kimyoviy xom ashyolar, shuningdek, motor yonilg’ilari olishda qo’llanadi.