Voltmilliampermetr

Voltmilliampermetr — tok zanjiridagi kuchlanish va tok kuchini o’lchaydigan elektr asbobi. Magnitoelektr, elektromagnit, elektrodinamik, issiqlik, to’g’rilagich va boshqa universal Voltmilliampermetrlar bor. Magnitoelektr Voltmilliampermetrlar o’zgarmas tok kuchi va kuchlanishni, boshqalari esa o’zgarmas va o’zgaruvchan tok va kuchlanishni o’lchaydi. Voltmilliampermetr kuchlanishni volt (V)da, tok kuchini milliamper (ma)da ko’rsatadi. Voltmilliampermetrlar kundalik turmushda va ishlab chiqarishda qo’llaniladi.