Vitol Yazep

Vitol Yazep (Vitol Iosif Ivanovich) [1863.14(26). 7, Valmiera — 1948.24.4, Lyubek) — latish kompozitori, musiqashunosi va pedagog; latish milliy kompozitorlik musiqasi asoschilaridan. 1886 yilda Peterburg konservatoriyasini tamomlab shu yerda 1918 yilgacha dars bergan (1901 yildan professor). 1919 yilda Latviya konservatoriyasiga asos solgan (1944 yilgacha shu konservatoriyaning rektori va professor bo’lgan). Vitolning xor asarlari, romans va qo’shiqlari, fortepiano pyesalari, «LIGO bayrami» (1889), «dramatik uvertyura»si (1895), «qimmatbaho toshlar» (1924), «kuz qo’shig’i» (1928) kabi simfonik asarlari mashhur.