Viriat

Viriat (Viriathus) (? — miloddan avvalgi 139)— Ispaniyada Rim imperiyasi istibdodiga qarshi miloddan avvalgi 147-139 yillarda ko’tarilgan qo’zg’olon rahbari, sarkarda, luzitanlar qabilasi cho’poni. Rim Pretori Galba tomonidan (o’zaro tuzilgan sulhga xilof ravishda) qurolsiz luzitanlarni qatl etish va qullikka olish haqidagi farmon qo’zg’olonga sabab bo’lgan. 141 yil Viriat Rimda mustaqil hokim sifatida tan olingan. 139 yil Viriatning Rim konsuli Kvint Serviliy Tsepionga sotilgan yaqin safdoshlari Viriatni o’ldirishgan. Faqat shundan keyingina Luzitaniya rimliklar tomonidan uzil- kesil bo’ysundirilgan.