Varikond
Varikond (inglizcha vari (able) — o’zgaruvchan va cond (enser) — kondensator) — tashqi elektr maydoni ta’sirida sig’imi o’zgaradigan kondensator. Varikond segneto-elektriklarning dielektrik Singdiruvchanligi tashqi elektr maydoniga bog’liqligiga asoslangan. Varikond tayyorlanadigan material (masalan, bariy titanat)ga turli aralashmalar qo’shib, uning xususiyatini o’zgartirish mumkin. Varikond dielektrik kuchaytirgichlarda vakuum lampalar o’rnida ishlatiladi. Uzoq, muddat ishlaydi, yengil, zarbalarga chidamli. Varikondning quvvatni kuchaytirish koeffisienti katta. Varikond elektr signallarni o’zgartiradi va kuchaytiradi, tok va kuchlanishni bir me’yorda ushlab turadi, quvvatni oshiradi va boshqalar. Avtomatika, elektronika, hisoblash texnikasi, radioelektronika qurilmalarida qo’llaniladi.