Pave de kurtey

Pave de kurtey (L) (Pavet de Courteille) (1821 — Parij — 1889) — frantsuz lug’atshunosi. Parij oliy o’quv yurtlarida turkiy tillar kafedrasini boshqargan. «Boburnoma» (1871-73), «Merojnoma» (1882), «Tazkirai avliyo» (1889) asarlarini nashr kilgan. Pave de kurtey ilmiy faoliyatida «Chig’atoycha — Fransuzcha lug’at» alohida ahamiyatga ega. Mazkur lug’at so’zligi Alisher Navoiy asarlari asosida tuzilgan. Misollar ichida Bobur, Abulg’ozixon asarlaridan olingan bayt va parchalar ham bor. Lug’atda eski o’zbek tilidagi so’zlar frantsuzchaga ixcham va lo’nda ag’darilgan, shuningdek, o’zbeklarning urf-odatlariga oid so’zlarga keng izoxlar berilgan. Pave de kurteyning ushbu lug’ati eski o’zbek tilini o’rganishda muhim manba hisoblanadi.