Pak in no
Pak in no (adabiy taxallusi — noge) (1561.11.8 — Yonchxon viloyati — 1643.25.1) — koreys shoiri. Koreys adabietidagi kasa (Doston) va sijo (uch misra) kabi poetik janrlarda ijod qilgan. Yapon bosqinchilariga qarshi bo’lgan Imjin ozodlik urushi (1592— 98) qatnashchisi. Vatanparvarlik ruhidagi «tinchlik xaqida so’z» (1598), «Kemadagi o’ylar» (1605), «Yonnam haqida qo’shiq» (1635) kabi dostonlar muallifi. 1605 yildan harbiy xizmatni tashlab, yakka, xilvatda yashay boshlagan; bu holat uning tabiat manzaralari tasvirlangan eng yaxshi dostonlarida («ovloq ko’cha qaqida to’rtliklar», «noge manzili haqida qo’shiq», taxminan 1610-11) o’z ifodasini topgan. Xanmun (Xitoy adabiy tilining koreyslashgan shakli)da yaratilgan 7 kasa, 68 sijo va boshqa she’rlar «Nogelik o’qituvchining asarlar to’plami» (1—3-kitoblar, 1800 yilda nashr etilgan) ni tashkil etadi. 1961 yilda jahon tinchlik Kengashi qaroriga muvofiq shoir tavalludining 400 yilligi nishonlangan.